Nazorat uchun savollar. 1. Urug‘ qanday tuzilishga ega?
2. Urug‘ unuvchanligi deganda nimani tushunasiz?
3. Turli konsentratsiyali eritmalar qanday farqlanadi?
Darsning maqsadi: O‘simliklarda kechadigan guttatsiya jarayonini aniqlashni tajribalar asosida о‘rganish.
Umumiy ma’lumot:Guttasiya hodisasi deb havo nam bo’lganda yoki uzoq davom etgan yog’ingarchilikdan keyin shikastlanmagan o’simlik barglari uchidan shira oqib chiqishiga aytiladi. O’simliklarda «yig’lash» hodisasi o’simliklar novdasi tashqi muhit ta’sirida shikastlanganda, shu joyidan shira tomchilab chiqa boshlaydi.
Ildiz yuqori bosimini hosil qiluvchi о‘simliklar kо‘pincha barg chetlarida sharbat tomchilarini ham hosil qiladi. Bu jarayon guttatsiya hodisasi deb ataladi. Ksilemaning ijobiy bosimi ksilema sharbatining gidatoda deb ataladigan maxsus teshikchalar orqali ekssudatsiya qilinishini ta’minlaydi. Bu barg chetlaridagi tomirchalar bilan bog‘liqdir. Bu hodisani erta tongda о‘simliklar chetlarida kuzatish mumkin. Bu guttatsiya tomchilari aslida maxsus teshikchalar orqali hosil bо‘ladi. Guttatsiya hodisasi transpiratsiya kamaygan paytda va nisbiy namlik baland bо‘lgan tungi sharoitlardada yaqqolroq namoyon bо‘ladi. Guttatsiya holati transpiratsiya jarayoniga yordam berib o‘simliklarda suvning harakatlanishiga va ildizlarga mineral tuzlarning yutilishiga yordam beradi. Bizning sharoitimizda, boshoqdoshlar oilasi vakillarida bahor va kuz oylarida yaqqol kuzatilishi mumkin.
Kerakli asbob va reaktivlar: Guttatsiya hodisasini aniqlash uchun g‘alla о‘simliklarining 3-5 kunlik maysalari, shisha qalpoq yoki stakan, filtr qog‘ozi.
Ishni bajarish tartibi: Guttatsiya hodisasini aniqlash uchun g‘alla о‘simliklar tuvakda о‘stiriladi. Tuvakchada kо‘karib turgan g‘alla о‘simliklarinig maysalari yaxshilab sug‘oriladi. Sо‘ngra bu sug‘orilgan maysalarning ustiga shisha qalpoqcha yoki stakan qoplanadi. Oradan 30-60 minut о‘tgach maysa barglarining uchlarida suv tomchilari paydo bо‘ladi. Agar filtr qog‘ozi bilan bu tomchilarni ehtiyot qilib shimdirib olib, maysalarning ustiga qaytadan shisha qalpoqcha yoki stakan qoplansa, yana maysa barglarining uchlarida suv tomchilari paydo bо‘ladi. Bunga guttatsiya hodisasi deyiladi. Guttatsiya hodisasi havo va tuproq tarkibida namlik oshib ketganida yuz beradi. Chunki, namlikning normadan kо‘p bо‘lishi suv bug‘lanishi jarayoniga qarshilik kо‘rsatadi.
О‘simlikdagi ortiqcha suv ildiz bosimi natijasida barg uchlaridan siqib chiqariladi. Shu yо‘l bilan ildiz bosimi о‘simlik tarkibidagi suvni normal saqlab turadi. Guttatsiya hodisasining borishini har xil namlik sharoitida va turli temperatura ta’sirida aniqlash mumkin.
Tuvakchada o’stirilayotgan maysalar yoniga xloroform shimdirilgan paxta qoyilsa, guttasiya hodisasi to’xtab qoladi. Agarda paxtani olib tashlansa guttasiya hodisasi yangidan boshlanadi. Bu hodisa xloroform o’simliklar ildiziga ta’sir etib, o’sish va rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Tuvakchada o’stirilayotgan maysalarda xloroform ta’sirida guttasiya hodisasi birdaniga emas, balki oradan bir qancha vaqt o’tgandan keyin to’xtaydi.