Nazorat uchun savollar. Barg pigmentlari necha xil va ularning turlari?
Pigmentlar Kraus usulida bir-biridan qanday ajratiladi?
Xlorofill fluoressensiyasi nima?
23-LABORATORIYA ISHI Yashil barg pigmentlariga ishqor va mineral kislotalarning ta’sirini о‘rganish
Darsning maqsadi: Yashil barg pigmentlarini ajratib olish va ularga ishqor va mineral kislotalarning ta’sirini o’rganish.
Kerakli asbob va reaktivlar: O‘simlikdan yangi uzib olingan yoki quritilgan barg, 96% li etil spirti, benzin, kristall holdagi yoki spirtda eritilgan ishqor (natriy va kaliy gidroksid), 10% li HCl eritmasi, sirka kislotasining misli yoki ruxli tuzi (Cu(CH3COO)2 yoki Zn(CH3COO)2), probirkalar, shtativ, pipetka, filtr qog‘oz, voronka, chinni kosacha, tarozi.
Ishni bajarish tartibi: 22-laboratoriya ishida berilgan usullarda filtrat tayyorlab olinadi. Tayyor filtratdan foydalanib yashil barg pigmentlariga ishqor va mineral kislotalarning ta’sirini quyidagi usullarda o’rganiladi.
1.Feofitin hosil bo’lishi va vodorod atomining metall bilan qayta o’rin almashinishi aniqlanadi. Buning uchun filtratdan 2-3 ml olib, unga 20% li HCl kislotadan 4 tomchi qo’shiladi. Bunga filtrat yashil rangdan qo’ng’ir rangga kiradi. Bu reaksiya vaqtida xlorofill tarkibidagi Mg metali ajratilib, kislotadagi H bilan o’rin almashinadi va feofitin hosil bo’ladi. Bu reaksiya quyidagicha bajariladi:
Agar qo’ng’ir rangli eritmaga sirka kislotaning mis tuzi Cu(CH3COO)2 yoki ruh tuzi Zn(CH3COO)2 kristallaridan asta-sekin qo’shilib qizdirilsa qo’ng’ir rangli eritma qaytadan yashil tusga kiradi. Bu reaksiya quyidagicha boradi:
Bu reaksiya vodorod o’rnini metall (Cu yoki Zn) oladi, ya’ni xlorofill molekulasi metall organik birikma ekanligi isbotlanadi. Bu sirka kislota katalizatorlik vazifasini bajaradi.