O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə17/119
tarix07.01.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#205479
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   119
O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua

O’simlik Zonalari

Reja:
1.O’simliklar olamini klassifikatsiyalashning ahamiyati.
2.Asosiy taksonlar to’g’risida tushuncha.

3.Klassifikatsiyalash bo’yicha asosiy yo’nalishlar (turli ilmiy maktablarning qarashlari). Dominantlar bo’yicha klassifikatsiyalash.

4.Ekologo-floristik klassifikatsiyalash (Braun-Blanke sistemasi).

Tayanch so’z va iboralar: O’simlik Zonalari. Cho’l zonasining o’simliklar qoplami. Adir zonasining o’simliklar qoplami. Tog’ zonasi o’simliklar qoplami.
Markaziy Osiyo jumladan O’zbekistonning o’ziga xos iqlim sharoiti bu yerlarda turlari jihatidan boy va hayotiy shakllari bo’yicha xilma-xil flora va o’simliklar qoplamini tarqalashini taqazo etadi. Flora va o’simlik qoplamlari qadim zamonlardan boshlab olimlarni diqqatini o’ziga tortib keldi (Korjinskiy, 1898, Lipskiy, 1911, Fedchenko, 1915, 1925, Popov, 1922, Korovin, 1934, 1949, 1962, Zokirov, 1978, Melnikova 1971). O’simliklar olamini klassifikatsiyalash (yoki tipologik klassitsiya) bu murakkab ish bo’lib, ko’p ma’lumotlarga asoslaniladi. Buning uchun iqlim-sharoit, relefidan tashqari floraning tarixiy va ekologik holati, uning tarkibi, uni areali va boshqalarni bilish talab etiladi.
U yoki bu ob’ektlarni yoki hodisalarni klassifikatsiyalash (sistemaga solish) barcha fanlarning uslubiyotiga kiradi.
Oxirgi Yer yuzi o’simliklarini klassifikatsiyalashda A.P.Ilinskiy (1935) floradin tashqari, landshaftlarni ham hisobga olishi zarurligini taklif qiladi. Bu murakkab masala va qiyin jarayon bo’lgani uchun bu narsaga e’tibor ortib boraveradi. Jumladan 1978 yilda ota-bola Zokirovlar tomonidan Yer shari o’simliklarini O’rta Osiyo misolida klassifikatsiyalash tajribasi ilgari suriladi. Bu mualliflarga qadar har xil printsiplarga asoslangan klassifikatsiyalar taqdim etilgan. (Whittaker, 1962, Aleksandrova (1969)), qaysiki ularga ekologik, morfo-fiziologik, ekobiomorf, floristik, genetik printsiplar asos qilib olingan.
Shuningdek ilgari botanik geografiyaning klassiklari hisoblangan A.Gumbolt, A.Dendol va boshqalar o’simliklarni iqlimiga (sharoitga) asoslangan klassifikatsiyasini tuzadilar.
1969 yilda Zokirovlar tomonidan ilmiy maqola e’lon qilinib, unda o’simliklarlar klassifikatsiyasini printsiplari va tipologiyani nomenklaturalari berilgan. Unda tabiatning uchta elementi hisobga olingan, qaysiki ular o’simliklar qoplamini shakllanishida bevosita ishtirok etadilar. Ularga quyidagilar kiritilgan: iqlim, tuproq qatlamlari va o’simliklar, qaysi ular quyidagi taksonomik kategoriyalar hisoblanadi. Klimatip, edafotip va o’simliklar tipi (tsenotiplar).
Klimatiplar – o’simliklar tiplari qaysiki, iqlim bilan bevosita bog’langan holda, ya’ni harorat bilan namlikning o’zaro ta’siri ostida. Klimatiplar o’z navbatida gigrofit, mezofit, kserofit va eukserofitlarga bo’linadi.
Edafotiplar – o’simliklar jamoasi majmuasi bo’lib, ma’lum tuproq qatlamlarida kelib chiqqan va rivojlangan (ya’ni qumlar, gips, sho’rxok, to’qaylar, poyalar).
Edafotiplar senotiplardan tashkil topadi.
Shunday qilib klimatip, edafotip va senotiplar o’simliklar olamini tarixiy shakllanishini aks ettiradilar (filotsenogenez).
Quyida O’rta Osiyo o’simliklar qoplamini klassifikatsiyasidan namunalar keltiramiz.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin