Antropogen omillar. Antropogen faktor tushunchasi o`simliklar hayotiga kishilarning ongli va ongsiz ravishda ko`rsatadigan bevosita hamda bilvosita ta'siri bilan ifodalanadi. Yuqorida ko`rsatilgan faktorlar orasida antropogen faktor o`simliklar hayotini o`zgartiruvchi ta'sirlar ichida eng kuchlisi hisoblanadi. Botqoqliklarning quritilishi, ulardan dehqonchilik maqsadlarida foydalanilnshi, bo`z va qo`riq yerlarni o`zlashtirshshshi, keng maydonlarda o`rmonlarning qirqilishi hamda ularning o`rnida yangi o`rmonlarning tashkil etilishi, shnmoliy rayonlarda dehqonchilikning rivojlanishi kabi xollarda insonning o`simliklar hayotiga ko`rsatgan ta'siri yaqqol gavdalanadi. Uzoq yillar davoiida madaniy o`simliklarning yuzage kelishi, ularning Yer sharida tarqalishi, shuningdek, bir necha xil begona o`tlarning tarqalishi kishilarning o`zaro munosabatlari (savdo-sotiq, urush va hokazolar)ning oqibatidir. Bundan tashqari, kishilarning faoliyati natijasida ba'zi bir o`simliklar iqlimlashtirildi. Bunda o`simliklar faqat iqlim sharoitigagina emas, balki barcha ekologik sharoitlarga moslashadi. Umuman o`simliklarni iqlimlashtirish - akklimatizatsiya yoki introduktsiya deb ataladi. Madaniy o`simliklar sun'iy akklimatizatsiya, yovvoyi holda o`sadigan o`simliklar bir rayon sharoitidan ikkinchisiga iqlimlashtirilsa tabiiy akklimatizatsiya deyiladi. Akklimatizatsiyadan tashqari, naturalizatsiyag` ishlari ham kishilar tomonidan amalga oshiriladi. Naturalizatsiya deganda bir xil yoki o`xshash sharoitga ega bo`lgan bir rayondan ikkinchi rayonga o`simliklarni keltirib o`stirilishiga aytiladi. Akklimatizatsiyada esa sharoit o`xshash bo`lmasdan, balki birbiridan tubdan farq qiladigan yangi sharoitda bir o`simlikni o`stirish tushuniladi. Bunday ishlar ko`pincha o`simlik urug`laripi botanika bog`lariga, intraduktsion pitom'niklarga keltirib o`stirish va parvarishlash natijasida amalga oshiriladi.
Ko`rsatilgan omillardan tashqari yana o`simliklarda uzoq vaqtlardan byeri sodir bo`lgan xilma-xil o`zgarishlar ham e'tiborga olinishi kerak. Yerda hayot paydo bo`lganiga taxminan 2,0 milliard yil bo`lgan bo`lsa, shu davr ichida juda ko`p o`zgarishlar sodir bo`lgan va ular butun tirik mavjudot hayotiga, shu jumladan,o`simliklar hayotiga ta'sir etib ularni o`zgartirgan. Shuning uchup ham Yer sharining barcha nuqtalarida istagano`symlikni uchratmaymiz. Ularniig ayrimlarini esa faqat qazilma xolida o`rganamiz. Bularning barchasi esa tarixiy faktor tushuichasini beradi. Shunday qilib, biz o`simliklar hayotiga ta'sir etuvchi faktorlar haqida alohida to`xtalib o`tdik. Lekin, ular aslida o`simliklar hayotiga yakka holda ta'sir etmay, balki kompleks ravishda yoki birgalikda ta'sir ko`rsatadi. Shu faktorlarshshg birortasi yetarli bo`lmasa yoki qatnashmasa o`simlikning o`sishi va rivojlanishi normal o`tmaydi. Lekin bu faktorlar o`simlik turlari yoki guruxlari uchun doimo bir xil me'yorda ta'sir etmaydi. Shunga ko`ra biz har bir ekologik faktorni minimal, optimal va maksimal holda ta'sir etishini ko`rishimiz mumkin. Eng qulay va normal holdagi ta'sir optimal nuqta hisoblanadi. Undan past yoki yuqori darajada bo`lganda esa o`simliklarning hayot protsessi susayadi yoki tezlashadi yoxud to`xtab qoladi.
5-MAVZU: O’simlik Jamoasi (Fitotsenoz)