Efemeroid o`simliklar. Bu gruppaga yozgi jazirama issiklar boshlanguncha vegetatsiyasini davom ettiruvchi ko`p yillik o`simliklar kiradi. Ilok, lola, boychechak, yovvoyi piyoz va ko`ngirbosh kabilar efemeroidlarga misol bo`la oladi.
Keyingi ikki gruppa o`simliklari mezoksyerofit o`simliklardir. Ular yozgi jazirama issiklar boshlanganda o`z xayotini anabioz xolda, ya'ni majburiy tinim xolatida o`tkazishga moslashgan. Psammsfitlar yoki Qumli mutsitda usuvchi o`simliklar gruppasi. Psammofitlarga ba'zi bir boshokli (seleu) va dukkakli (astragal) o`simliklar kiradi. Selin Qumli cho`l sharoitiga nixoyatda yaxshi moslashgan.
Deyarli barcha cho`l o`simliklarining bargi va tanasidagi xujayralarda suvni ortikcha buglanishdan saklovchi moddalar - efir moylar, yog’lar, oshlovchi (dubil) moddalar, suvda eruvchan tuzlar bor. Bu xildagi belgilar cho`lo`simliklarining tashki ko`rinishida yakkol ko`zga tashlanadi.
Odatda O`rta Osiyo cho`llarini shimoliy va janubiy cho`llarga bo`lib o`rganiladi. Shimoliy cho`llarga Ustyurtning kattagina qismi, Sirdaryo pasttekisligi, Betpak dala, Qorakum cho`lining Orol dengiziga yaqin’ joylari, Muyunkum va Balxash ko`li atrofidagi cho`llar kiradi. Ularning iklimi o`zgaruvchan bo`lib, kishi sovuq. Janubiy cho`llarga Orka Kaspiy, Korakum, Kizylkum, Ustyurtning janubiy qismi, Krasnovodsk platosi va KopetDogning tof oldi tekisliklari kiradi. Bu yerda kish ilik (korsiz), baxor syernam, yoz esa quruq va issiq bo`ladi.
Shimoliy cho`llar.Shuvoqli cho’llar-tuproqi sho’rlanmagan loy tuprok bo`lib, o`simliklardan asosan okshuvoq, izen, keyreuk, juda siyrak holda chalov va bir kancha efemerlar uchraydi. (Bular odshuvoq assotsiatsiyasini tashkil etadi.) Oqshuvoq assotsiatsiyasini tashkil etishda ba'zan korashuvoq ham ishtirok etadi.
Biyurgunli cho`llar. Bu xildagi cho`llarning tuproki sho`rlangan yoki gipsli bo`lib, biyurgun va toshbiyurgun kabilar uchrab, ular biyurgun - toshbiyurrun assotsiatsiyasini tashkil qiladi. Shuningdek, shimoliy cho`llarda ko`k-pekli, itsigekli, boyalishly cho`llarni xam uchratish mumkin. Cho`llarning nomi shu cho`l uchun eng xaraktyerli o`simlik nomi bilan ataladi. Cho`llardagi xar bir o`simlik tipi o`z maydonida maxsus assotsiatsiyani tashkil kilishdan o`zaro chegaralangan maydbnlarda gruppirovkalar xam xosil qiladi. Masalan, shuvoq - boyalish, shuvoq - biyurgun, jusan - boyalish - biyurgun kabilarni ko`rsatish mumkin. Demak, shimoliy cho`l o`simliklari uchun ksyerofit chala butalarning zdifikator (xukmron) ekanligi, siyrak (50% dan kam) koplam xosil kilishi, fakat kish faslida. tinim xolatiga o`tishi~va Qumli cho`llardan boshka shimoliy cho`llarda efemer (bir yillik) o`simliklarning kam miqdorda uchrashi xaraktyerlidir.