O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə43/119
tarix07.01.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#205479
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   119
O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua

MDH dashtlari.Dasht zonasinyng iklimi ilik, kuruk va kontinentaldir. yozi issik va kuruk, kishi sovuk bo`lib, Garbdan sharkka tomon borgan sari kiskarib boradi. Masalan, Janubiy Ukraina va Kozogiston dashtlarida yoz 170-190 kun, Shimoliy Kozogiston va Garbiy Sibir dashtlarida esa 105-120 kun davom etadi. Iyul oyining o`rtacha temperaturasi 21-23°S, yillik o`rtacha temperatura 3, 0Q7, 5°S, janubrokda Q10. Yog’ingarchilik uning shimoliy chegarasida 500-600 mm, janubida 250-300 mm, Baykal ko`li atrofida xatto 150 mm ga tushib koladi.
Dasht zonasida o`suvchi o`simliklar xayotiga yozda va kishda esadigan shamollarning ta'siri katta. Chunki, bunday shamollar, avvalo, o`eimliklarning ko`p miqdorda suvni buglantirishiga olib keladi. Shuning uchun xam bu yerlarda. buglanish 700-850 mm ni tashkil etadi. V.V. Alexin, dasht zonasini ikkita kichik zonaga, ya'ni shimoliy va janubiy dashtlarga bo`lib ko`rsatdi. Shimoliy dasht bilan janubiy dasht o`rtasidagi chegara taxminan kuyidagi chiziklar orgalibelgalanadi: Kishinev - Xarkov-Saratovning shimoli, Kuybishev-Ufa, Chelyabinsk-Petropavlovsk-Omskning janubi orqali Barnaul va Zabaykalga yetib boradi. Tabiiy holdagi o`simliklar qoplami asosan uzoq vegetatsiya qiluvchi ko`p yillik o`tlardan chim xosil qiluvdi chalov, betaga, Kelyerya jitnyak yoki kumerkak kabi boshokdoshlar oilasining vakillaridan tashkil topgan. Ularning kalin chimlari yer ostI da va qisman yer ustiga bo`rtib chiqadi va diametri 10-12 sm keladigan do`nglik hosil qiladi. Bu do`ng chimlar erigan qor suvlari va yomg`ir suvlarini shimib olib, uzoq vaktgacha o`zida saklab turady. Chalov va boshka boshoklilarning bargi ancha ensiz va ingichka (1, 5-2 mm dan oshmaydi) bo`lib, xavo quruq va issiq bo`lgan paytlarda ular nay shaklida buraladi va natijada satxi yana 2 marta kiskarib, suvni juda kam buglantirish imkonini byeradi. Bu xildagi sharoitga moslanish belgilarini boshqa o`simliklarda xam ko`rish mumkin. Masalan, qumrio`t, tog’chitir, txmyan, arenariya, zo`rcha, cherkes kabilarning barg plastinkasi juda kichraygan; suvuro’t, pion kabilarning bargi esa bir necha marta kirkilgandir; boshka gruppa o`simliklar (kizilcha, asparagus kabilar)nint barg plastinkasi reduktsiyalangan; bo`tako`z, vyeronika, mavrak, astragal kabilarning bargi va poyasi kalin tuklar bilan koplangan. Erta baxorgi o`simliklarni xisobgaolmaganda dasht o`simliklarining deyarli xammasini barglari juda xira yashil rangli bo`lib, bu xususiyat shu o`simliklarni kuyosh nurining kuchli ta'siridan ximoya kilishga moslashgan belgi bo`lib xisoblanadi. Erta baxorda o`sib rivojlanayotgan ko`p yillik o`simliklar (efemeroidlar) issik yoz mavsumi boshlanishi bilan o`z tarakkiyotini tugallaydi. Ularning yer ostki organlari - piyozlari, tugunaklari, ildizpoyalari yoz, kuz va kish mavsumlari davomida tinim davrini o`tab, erta baxorda yana yo`karib chikadi. Bu xildagi efemeroidlardan eng ko`p uchraydyganlari lola, boychechak, za'far, ko`zigul, nezabudka kabi turkumlarining bir necha turlaridir.
Efemer o`simliklardan vesnyanka yoki momosirka, veronika, yaskolka, momaqaldiroq kabilar ko`p uchraydi. Boshqa bir gruppa o`t o`simliklarda yovvoyi sariq beda, sebarga, ayrim boshoqli o`simliklarning ildizi yerga ancha chuqur kiradi. Dasht o`simliklari orasida semizak kabi vakillari xam bor. Ular namgarchilik yetarli bo`lgan (erta bahor va bahor) paytda suvni zaxira qilib olib, yoz davomida tejab sarflashga moslashgandir. Shuning uchun xam ularning bargi va tanasi semia bo`lib sukkulent deb ataluvchi gruppani tashkil qiladi. Xullas, nokulay sharoitga moslashib olib, o`z xayot protsesslarini normal o`tkazuvchi o`simliklarni juda ko`p gruppalarga bo`lib ko`rsatish mumkin. Yuqorida ko`rsatilgan o`simliklar fakat normal o`sib rivojlanibgina qolmasdan, balki o`z naslini saqlab qolish va kengroq tarqalish uchun ham intiladi. Masalan, murakkabguldoshlar oilasining deyarli hamma vakillari, boshokdoshlardan chalovlar uchma urug’lar hosil qilishga moslashgan bo`lib, bu urug’lar nixoyatda yongil, . tukli bo`lib, shamol yordamida oson uchib tarkaladi. Boshqa katta bir gruppani tashkil qiluvchi o`simliklar urug’ va mevalari pishib yetilgach, o`simlikning shoxchalari bukilib oladi va shar shaklini olgan bu o`simliklar ildiz bo`ynidan osonlik bilan sinadi xamda shamol yordamida uzoq-uzoq masofalarga tarkaladi. Bu xildagi o`skmliklarni «dumalab tarqaluvchi» o`simliklar deyiladi.
Bularga katron, ko`ktikan, kochim, goniolimon, tuyakorin, tikanli ko`zikulok, bo`tako`z kabi juda ko`pgina o`simliklar kiradi. Dashtning floristik tarkibi boy, ya'ni turlar soni juda ko`p va xilmaxildir. Shimoliy dasht kichik zonasida o`suvchi o`simliklar ancha mezofit o`simliklar xisoblanadi. Kursk oblastining janubidagi Streletsk dashti turlarga boy bo`lgan dashtlardan xisoblanadi. U yerning xar bir kvadrat kilometrida 60-80 turni, Xarkov oblastidagi Starobelsk dashtida 25 turni, janubiy dashtlarda esa 17-18 turni (masalan, Askaniya Novada) kayd kilish mumkin. Umuman MDH dasht zonasida 500 yuksak o`simlik turi qayd qilingan.
Dasht zonasida asosan ko`p yillik o`tlar uchraydi. Bir yillik o`tlar ancha kam, daraxtlar mutlako yo`k, butasimonlardan esa tyeri yoki dasht olchasi, dasht chiyasi, rakitnik, dasht bodomi, tobulgi kabi vakillar uchraydi.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan barcha o`simliklarni, asosan, 4 ta katta ekologik gruppaga bo`yaish mumkin. Birinchi gruppani boshokdoshlar oilasining vakillari tashkil qiladi. Ulardan shimoliy dashtlarda oddiy chalov eng ko`p uchraydigan vakillardan bo`lib, boshogidagi kiltiklarining uzunligi 40-50 sm ga yetadi. Bu dashtlarda yana ingichka bargli chalov, betaga va kelyeriya ko`p uchraydi. Janubiy dashtlarda esa lessinga chalovi, tukli chalov va betaga ko`p uchraydi. Yuqorida ko`rsatilganlardan tashkari boshokdoshlardan yana ajrikbosh, qora qiyok, yaltirbosh, bug`doyik kabilar uchraydi. Ikkinchi gruppani iloqdoshlar oilasining vakillari tashkil qiladi. Eng ko`p uchraydigan iloklardan pakana iloq (Sagex humilis), ertangi ilok (Sagex rgaesox) va rus ilori (Sagex ruthenica) kabilarni ko`rsatish mumkin. Uchinchi gruppani duyukakdoshlar oilasining vakillari tashkil qiladi. Ulardan o`tlok sebargasi (Trifolium pratense), tof sebargasi, alp sebargasi, espartset, astragallar, vika, burchok, yovvoyi beda kabilar ko`p uchraydi. To`rtinchi gruppaga xar xil o`tlar kiradi. Bu gruppaga kiruvchi o`simliklar xilmaxil moslanishlarga ega ekanligiga yuqorida to`xtagan edik. gozpanja, tobulgi va peschanka kabi xar xil o`tlar gruppasi. Bu gruppaga quddus, qo`ngiroqgul, isparak, ondiz, nonneya kabilar xam kiradi, Shunday kilib, to`rtinchi gruppa vakillari efemerlar, efemeroidlar, sukkulentlar, o`k ildizli, dagal tukli, yumshok tukli, kichik bargli o`simliklar kabi bir. necha kichik gruppa vakillaridan tashkiltopgan.Dasht zonasi uchun xaraktyerli xususiyatlardan biri bu. yerdagi o`simliklar xayotining yil davomida so`nmasligidir. Manzaralar xar 10-15-20 kunda almashinib turadi. Dasht zonasida 16-15 marta manzara o`zgarishini Streletsk dashti misolida yakkol ko`rish mumkin. Bunday o`zgarishlar u yoki bu o`simlikning ayni kiygos gullay boshlashi bilan yoki so`ngan manzarani vujudga kelishiga ko`ra «davr» (faza)lar deb nomlangan. Dasht zonasi uchun xaraktyerli xususiyatlardan biri bu yer dagi o`simliklar xayotining yil davomida so`nmasligidir. Manzaralar xar 10-15-20 kunda almashinib turadi. Dasht zonasida 16-15 marta manzara o`zgarishini Streletsk dashti misolida yakkol ko`rish mumkin. Bunday o`zgarishlar u yoki bu o`simlikning ayni kiygos gullay boshlashi bilan yoki so`ngan manzarani vujudga kelishiga ko`ra «davr» (faza)lar deb nomlangan.Shimoliy dashtlarda xam rangbarang manzaralar birbiri : bilan almashinib turadi. Rus olimlari V. V. Dokuchaev, G. N. Visotskiy, P. A. Kostichev, V. R. Vilyams kabilar dasht zonasining dexkonchilik kilinadigan joylarida kurgokchilikni salbiy ta'sirini pasaytirish uchun kator tadbirchoralarni ko`llash kyerakligini ko`rsatib byerishdi. Bunday tadbirlar dasht zonasi (dexkonchilik kilinadtsgan yerlar) da ixota daraxtzorlarni ba'zi joylarda esa sun'iy o`rmonlar barpo kilishdan iborat. Kelgusida bu ishlarni yanada keng ko`lamda avj oldirilishi ko`zda tutilgan.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin