13-Mavzu: O’rmon dasht kichik zonasi. Dasht zonasi o`simliklari. Reja:
O’simliklar qoplamini o’rganish, nomlash, tashqi muhit sharoitiga ko’ra zonalarga bulish.
Dasht zonasi o`simliklari.
MDH dashtlari.
Tayanch so’z va iboralar: Dasht zonasi o`simliklari. MDH dashtlari. Shimoliy Amerika pryeriyalari. Janubiy Amerika pampaslari
Keng bargli o`rmonlar o`zining janubiy chegarasida dasht zonasi bilan tutashar ekan shu oraligda eman va boshqa keng bargli daraxtlar (arguvon, zarang, shumtol, qayragoch) kamroq uchraydi. Ulardan eng ko`p uchraydigani eman bo`lib, torn (Pmurus sanguinea), dasht chiyasi (Cerasus fruticosa), dern (Cornus sanguinea) kabi bir necha xil butalar xam uchray boshlaydi. Bunday maydonlar MDH da Karpat tog’oldi tekisliklaridan boshlanib, Sibirgacha boradi va 50-100 km kenglikni tashkil qiladi. O`rmon-dasht kichik zona Shimoliy Amerikada xam mavjud. Bu xildagi maydonlar ba'zan o`rmondasht deb ataluvchi kichik zonaga ajratiladi. O`rmondasht kichik zonasida daraxtlar qiladi. Lekin daraxtlarning tanasi kingirkiyshik va past bo`yli bo`ladi. O`rmondasht kichik zonasida o`rmonlar daryo vodiylarida juda ko`p uchraydi va. asosan qirqilganda, ularning to`nkasidan bachkilar o`sib chiqib ikkilamchi o`rmonlarni xosil qiladi, eman daraxti o`rmonlaridan tashkil topadi. Dasht zonasi uchun xos bo`lgan tyern (Prunus spinosa), ko`pincha dasht chiyasi (Cerasus fruticosa), dyern (Cornns : sangainea) kabi bir necha xil butalar bilan aralash xolda o`sa boshlaydi. Ukraina o`rmondashtlaridagi keng bargli o`rmonlarda eman daraxti bilan birga qoraqyin, grab kabi daraxtlar xam uchraydi. O’rta rus tekisligida va Orta Volga o`rmondashtlarida eman bilan birga ko`pincha arg’uvon, zarang, qayrag’och kaby turkumlarning vakillari uchrasa, Garbiy Sibir o`rmondashtdarida esa eman mutlako yo`koladi va uning o`rnini kayin daraxtlari (Betula pubescens, V, Verrucosa) egallaydi. O’rta Sibir o`rmondashtlarida tilogoch va qarag`ay daraxtlari o`sadi.
Bu yerlarda ba'zan torf moxli koraqarag`ay o`rmonlarini chalovli eman o`rmonlari chegaraeiga yaqin’ joylashganligini ko`rish mumkin.
G. I. Tanfilev o`rmondashtni «dashtoldi» deb ataydi va uni emaili dashtoldi xamda kayinli dashtoldi gruppalariga, bo`lib ko`rsatadi. Emanli o`rmondashtlar Uraldan garbga tomon ketgan koratuprokli joylarni o`z ichiga oladi.
Kayinli o`rmondashtlar esa Uraldan sharkka tomon joylashgan qora-tuproq, sho`rtob va botkokli-tuprokli Garbiy Sibir yerlarida tarqalgan. O’rta Sibir yerlarida qayin, qarag`ay, tilogochdan tashkil topgan o`rmon-dashtlar mavjud.
Shunday qilib o`rmondasht zonachasining shimoliy chegarasida o`rmonlar q alin bo`lib, janubiy chegaralarida esa ancha siyrak xolda uchraydi.