Apikal (uchki) meristema -o ‘simlik organizmida ildiz uchki qismida yoki novdalaming uchki qismida joylashgan meristema to ‘qimasi hujayralaridan tashkil topgan bo'Iib, bu hujayralctming tinimsiz bo'linishi va yangi hujayralami hosil qilishi hisobiga ildiz va novdalar bo'yiga o'sadi. Birlamchi meristema asosida hosil bo'luvchi hujayralar- birlamchi hujayralar deb nomlanadi.
Lateral (yon) meristema. Kambiy, po'kak kambiysi (fellogen), peritsikl — yon meristema to'qimalari hisoblanadi. Yon meristema to'qimasi hujayralarining bo'linishi hisobiga o'simlik poyasi va ildizi eniga o'sadi.