Qoplovchi to'qima o ‘simlikni tashqi muhitning noqulay ta’sirlaridan himoya qiladi, ichki to‘qimalarni qurish va shikastlanishdan saqlaydi. Qoplovchi to‘qimalar kelib chiqishiga ko‘ra, uch xil:
epiderma (birlamchi),
periderma (ikkilamchi) va po‘stloqdan
(uchlamchi qoplovchi to‘qimadan) iborat.
Epiderma.
O'simlik organizmidagi tashqi muhit bilan birlam
chi ta’sirlashuvchi hujayralar qavati - epiderma (epidermis) deb
nomlanadi. 0 ‘simlikning epiderma qavati yosh novda, barg va poyalaming ustki qismini qoplab turadi. Epiderma apikal meristemahing
tashqi qavatidan hosil bo'ladi. Bu hujayralarda sintezlanuvchi
mumsimon moddalar atrof-muhitning haroratiga bog‘liq holatda
o'simliklarda suv bug‘lanishini muvofiqlashtirishda muhim