Odatda, epiderma qavati qalin ko‘rinishdagi hujayralardan tashkil topadi, biroq ayrim o ‘simlik turlarida epiderma qavati hujayralari muhim funksiya bajaruvchi havo ildizlarini hosil qiladi. Masalan, orxideya o'simligida epiderma hujayralari birmuncha qalinlashgan hujayralar bilan birga, tashqi tomondan tom-tepa qismini eslatuvchi shakldagi po‘kaksimon hujayralardan tashkil topadi. Ayrim o'simliklarda epiderma qavati hujayralarida tashqi mexanik ta’sir kuchini kamaytiruvchi mumsimon moddalar sintezlanadi. Bu tipdagi hujayralar tashqi himoya qatlami -kutikulani hosil qiladi. Kutikula qavatini hosil qiluvchi hujayralar tarkibida mavjud bo'Igan mumsimon moddalar organizmdan ortiqcha suv bug'lanishiga qarshilik ko'rsatadi. Shuningdek, kutikula qavati patogen bakteriyalar va boshqa zararli mikroorganizmlarni o'simlik tanasiga kirishiga to'sqinlik qiladi.