O`simliklarda uchraydigan biologik faol moddalar



Yüklə 215,18 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü215,18 Kb.
#169995
1-mavzu. fitopreparatlar texnologiyasi


Mavzu: Fitopreparatlar texnologiyasini ishlab chiqishda zaruru bo’ladigan biologik faol moddalar hamda dori turlari tayyorlash manbai sifatida dorivor o’simliklarni o’rganish
O`simliklarda uchraydigan biologik faol moddalar.
 
O’simliklarning kimyoviy tarkibi murakkab va turlicha bo’ladi. Ular tarkibida uglevod, oqsil va moylardan tashqari, inson organizmi uchun foydali va muhim ahamiyatga ega bo’lgan vitaminlar, fermentlar, organik kislotalar, fenollar va ularning xosilalari, efir moyi, turli glikozidlar, alkoloidlar, oshlovchi moddalar, minerallar kabi biologik faol moddalar mavjud.Bu moddalar hayot faoliyatimizda juda muhim jarayonlarning borishida ishtirok etadi.
Biologik faol moddalar o’simliklar hujayrasida to’xtovsiz ravishda biokimyoviy o’zgarishlar yuz berib turishi natijasida yuzaga keladi. Ular ma’lum vaqt va sharoitda turli o’zgarishlarga uchraydi.
Buning natijasida ular boshqa birikmalarga aylanadi, murakkab molekulali moddalar sintezida ishtirok etadi yoki o’zidan energiya chiqarib, oddiy birikmalarga parchalanib ketadi.
Bunday birikmalar yengil hazm bo’ladi, yurak-qon tomirlari, asab sistemasi, me’da–ichak yo’li, jigar, buyrak, nafas yo’llari, modda almashinuvining buzilishi va boshqa kasalliklarning oldini olish hamda davolashda keng qo’llaniladi. Biologik faol moddalar hayot uchun zarur birikmalardir.
Ularning asosiy manbai o’simliklar hisoblanadi. Biologik faol moddalarning inson organizmiga ta’siri turlicha. Ular yosh bolalarning to’g’ri o’sishi va rivojlanishi hamda keksalarning organizmida borayotgan moddalar almashinuvi jarayonining faoliyatini kuchaytirish uchun foydali va ahamiyatlidir.
Yüklə 215,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin