Kurs ishining maqsadi: Xalqaro moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar faoliyatini o’rganish, ularning jahon xo’jaligida tutgan o’rnini aniqlash va kelgusida rivojlanish istiqbollarini ko’rib chiqish, Islom taraqqiyot banki faoliyati bilan tanishishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:
Milliy iqtisodiyot rivojlanishida moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlarning rolini aniqlash;
Moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlarning jahon xo’jaligida tutgan o’rnini aniqlash;
Jahon taraqqiyot banki faoliyati bilan tanishish;
Moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar, xususan, Osiyo taraqqiyot bankining kelgusida rivojlanish istiqbollarini tahlil qilish.
Kurs ishining obyekti:xalqaro tashkilotlar va Osiyo taraqqiyot banki kurs ishining obekti bo’lib hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti: xalqaro tashkilotlar, ular tarkibiga kiruvchi moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar, alohida Osiyo taraqqiyot banki, ularning faoliyat yo’nalishlari va jahon xo’jaligidagi tutgan o’rni mazkur kurs ishining predmetidir.
1. Xalqaro tashkilotlarning turlari va vazifalari Xalqaro tashkilotlar - davlatlarning yoki hukumat qaramogʻida boʻlmagan milliy jamiyat (assotsiatsiya)larning siyosiy, iqisodiy, ijtimoiy, fan-texnika, madaniyat va shu kabi sohalarda umumiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan uyushmasi, davlatlar oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning eng muhim shakllaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda xalqaro tashkilotlarning soni 4 mingdan ortiq boʻlib, 300 tasi hukumatlararo tashkilotdir. Xalqaro tashkilotlar oʻziga xos bir qancha xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, xalqaro tashkilotlarning tuzilmasi, asosiy maqsad va tashkilot faoliyatining yoʻnalishlarini belgilab beruvchi taʼsis hujjati (ustavi) boʻladi. Bunday tashkilotlar doimiy yoki vaqti-vaqti bilan faoliyat yuritadi, koʻp tomonlama muzokaralar va muammolarni muhokama qilish ular faoliyatining asosiy usuli hisoblanadi. Qarorlar ovoz berish yoki konsensus yoʻli bilan qabul qilinadi va ular odatda, tavsiyaviy kuchga ega boʻladi. Hukumatlararo xalqaro tashkilotlar va nohukumat xalqaro tashkilotlar, shuningdek, umumjahon va mintaqaviy tashkilotlar farqlanadi.2 Xalqaro tashkilotlar tashkilot, ittifoq, jamgʻarma, bank, agentlik, markaz va va boshqa nomlar bilan ataladi.
Davlatlararo kelishuvlar asosida ishtirokchi davlatlarning yagona moliya va kredit siyosatlarini amalga oshirish uchun pul mablag’larining davlatlararo maqsadli fondlari tuziladi. Davlatlararo fondlar (tashkilotlar) daromadlarini shakllantirish usullari va moliyalashtirish tusiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi.