31
hurmatga asoslangan do’stona aloqalarni rivojlantirish uchun mustahkam
poydevor yaratdi.
Mamlakatimiz Prezidentining 2002 yil iyul oyida Yaponiyaga uyushtirgan
ikkinchi tashrifi chog’ida O’zbekiston Respublikasi va Yaponiya o’rtasida
do’stlik, Strategik sheriklik va hamkorlik to’g’risida qo’shma bayonot imzolandi.
Hujjatda tomonlarning do’stona munosabatlar va
strategik sheriklikni tenglik,
o’zaro hamjihatlik tamoyillariga muvofiq va xalqaro huquqning umume'tirof
etilgan me'yorlari asosida rivojlantirishga tayyorligi o’z ifodasini topgan. Savdo-
sotiq, sarmoyalar, ta'lim va boshqa sohalardagi aloqalarni kengaytirish ustvor
vazifa sifatida belgilagan.
Iqtisodiy hamkorlikka doir 1994 yilda tuzilgan O’zbekiston-Yaponiya va
Yaponiya-O’zbekiston qo’mitalari iqtisodiy munosabatlarning rivojiga ulkan hissa
qo’shib kelmoqda. Ushbu ikki qo’mita tomonidan doimiy ravishda o’tkazib
kelinayotgan qo’shma tadbirlar doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikka doir keng
qamrovli masalalar muhokama etiladi hamda O’zbekiston bilan Yaponiyaning
ushbu yo’nalishlardagi aloqalarini chuqurlashtirishga oid aniq takliflar o’rtaga
tashlanadi. 1999-2001 yillar davomida Toshkentda
Yaponiyaning xalqaro
hamkorlik bo’yicha agentligi (LSA) va Yaponiya tashqi savdo tashkilotining
(JETRO) mintaqalararo vakolatxonalari hamda beg’araz texnik yordam ko’rsatish,
ikkala tomon ishbilarmon va ijtimoiy doiralar vakillari o’rtasida aloqalar o’rnatish
va gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish borasidagi loyihalarni amalga
oshirishga xizmat qiluvchi O’zbekiston-Yaponiya markazi ochildi.
O’zbekiston va Yaponiya turli xalqaro ahamiyatga molik vazifalarni hal etishda
yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda va dunyo siyosatining ko’plab masalalarida
o’xshash nuqtai-nazarga ega. O’zbekiston Yaponiyaning BMT Xavfsizlik
Kengashining doimiy a'zoligiga qabul qilinishini qo’llab-quvvatlaydi. Yaponiya
o’z navbatida Prezident Islom Karimovning O’rta Osiyoda yadro qurolidan xoli
hududni tashkil etishga oid taklifini ma'qullagan.
O’zbekistonda Yaponiya sarmoyasi ishtirokida ko’plab yirik loyihalar
hayotga tadbiq qilinmoqda. “Mitsui”, “Mitsubisi”, “Itochu”, “Marubeni” va
32
boshqa shu kabi yirik yapon korporatsiyalarining vakolatxonalari ochildi.
Iqtisodiyot yo’nalishidagi so’nggi muvafaqqiyatli hamkorlikning yorqin
misollaridan biri sifatida Samarqand avtomobil zavodida “Isuzu” rusumli avtobus
va yuk mashinalarining ishlab chiqarilayotganligini ko’rish mumkin.
Yaponiyalik mutaxasislar bilan hamkorlikda bir qator infratuzilma loyihalari
amalga oshirildi va foydalanishga topshirildi, xususan, bu boradagi ishlar qatorida
yaqinda qurib bitkazilgan “Toshguzar-Boysun-Qumqo’rg’on” yangi temir yo’l
yo’nalishini sanab o’tish o’rinlidir.
Ikki davlat o’rtasida sarmoyalar kiritish bo’yicha shartnomaviy-huquqiy
asosni mustahkamlash ishlari davom etmoqda. 2009
yil sentyabr oyida
“Sarmoyalarni liberalizatsiya va o’zaro himoya qilish hamda rag’batlantirish
to’g’risidagi” hukumatlararo kelishuv kuchga kirdi. O’zbekiston va Yaponiya
o’rtasida 2010 yil may oyida Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasini modernizatsiya
qilishni moliyalashtirishga mo’ljallangan 300 million AQSh dollari miqdoridagi
mablag’ ajratish borasidagi bitimning imzolanishi generatsiyaning samaradorligini
30 foizdan 50 foizgacha oshirish hamda uglerodlar emissiyasini qisqartirish
imkonini yaratadi.
Iqtisodiy taraqqiyotda muvafaqqiyatlarga erishgan ko’pgina mamlakatlarning
tajribasi bu yutuqlarga iqtisodiyotni erkinlashtirish
tufayli erishilganini
ko’rsatmoqda. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi ham jamiyat hayotining
barcha sohalari, shu jumladan, iqtisodiyotni erkinlashtirishga qaratilgan tadbirlar
amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov bu
tadbirlarning zarurligini qayta-qayta ta’kidlaydi: “Men oddiy bir haqiqatni barcha
tushunib olishini istayman: erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish - bu
bizning olg’a intilishimizning kafolati va asosi,
u nafaqat iqtisodi, balki ham
ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy shartidir”.
Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo’yicha amalga
oshirilayotgan oshirilayotgan choralar dunyoda iqtisodiyotning globallashuvi va
yagona jahon iqtisodini yaratish jarayonlari kechayotganini hisobga olib amalga
33
oshirilmoqda. Iqtisodiy taraqqiyotda muvafaqqiyatlarga erishgan ko’pgina
mamlakatlarning tajribasi bu yutuqlarga iqtisodiyotni erkinlashtirish tufayli
erishilganini ko’rsatmoqda. Shuning uchun ham O’zbekiston o’zining tashqi
iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirish va jahon iqtisodiyotining
tarkibiy qismiga
aylanishi zarur.
Dostları ilə paylaş: