34
rivojlanish yo’lini kuzatar ekanmiz Yaponiya hukumatining bu borada olib borgan
islohotlari o’z samarasini yaqqol ko’rsatdi. Albatta, mavjud sharoitda hukumatning
qa’tiy choralari tufayligina mamlakat dunyoning yetakchi davlatlar qatoriga kirib
oldi.Hukumatning
olib borgan siyosati, ayniqsa tashqi
iqtisodiy faoliyati olib
borgan ishlari tahsinga loyiqdir. Yaponiya milliy
iqtisodiyotni eksportga
yo’naltirdi. Buning uchun tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bo’yicha
alohida
vazirlik-Yaponiya Tashqi Savdo va Investitsiya vazirligi tuzildi(MITI). Ko’plab
xorijiy iqtisodchilarning fikricha aynan mazkur vazirlik Yaponiya iqtisodiyotining
“katalizatori” vazifasini bajarib berdi. Yaponiya
iqtisodiyoti eksportga
yo’naltirilganligi tufayli mamlakat asosiy e’tiborini eksportbop mahsulotlar ishlab
chiqarishga yo’naltirdi. O’z-o’zidan iqtisodiyot eksportga yo’naltirilgan ekan
Yaponiyaning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirokini talab qilardi. Bu
yerda albatta AQShning rolini alohida ajratib o’tish lozim.
Sababi uning
iqtisodiyoti AQSh iqtisodiyoti bilan chambarchas bog’liq edi.
Tashqi iqtisodiy
masalalarda AQSh bilan hamkorlikning kuchliligi
sababli Yaponiya uchun bir
qancha imtiyozlar yaratib berdi. Aynan xalqaro
maydonda tashqi iqtisodiy
masalalar bo’yicha faol ishtiroki tufayli mamlakat iqtisodiyoti kuchayib bordi.
Yapon mo’jizasining ro’y berishida eng muhim omi
liar dan biri ham tashqi
iqtisodiy aloqalar bo’yicha masalalardir.
Dostları ilə paylaş: