28
Industrial siyosatning negizi hisoblanmish Yaponiya moliya tizimi juda tang
vaziyatga tushib qoldi: ko’p sonly banklar qayta moliyalashtirishga muxtojlik
sezdilar, katta qismi esa yopilish holatiga tushib qoldi.
Eng muhimi yapon
xalqining o’z-o’ziga bo’lgan ishonchi asta-sekin yo’qolib bordi, bu ayniqsa,
siyosat olib borishda qat’iylikning yo’qligi va iste’molchi
hamda investorlar
tomonidan ishonchning yuetarli darajada emasligida namoyon bo’ldi. Yaqin
vaqtlarda barchani qoyil qoldirgan, g’ayrlik va taqlid predmeti bo’lgan Yaponiya
tizimi XXI asrning boshidayoq ochiq tarzda shubxa
ostiga olindi va tubdan
islohotlarni talab eta boshladi. Bu birinchi navbatda,
tuzilmaviy muammolar
dolzarbligining o’sib borishi va istiqbolda rivojlanish strategiyasini izlash bilan
bog’liq.
Yaponiya
hukumati iqtisodiyotni tiklash, jahon iqtisodiyotidagi
mavqeini ko’tarish maqsadida global iqtisodiy strategiya
va yangi iqtisodiy
o’sish strategiyasini qabul qildi. Ushbu strategiyaning muallifi so’nggi 40 yil
davomida Yaponiya dunyoning ikkinchi iqtisodiyoti bo’lib kelganligi tez orada
bu mavqeini yo’qotishini ko’zda tutgan.
Ushbu strategiya “Yaponiya dunyoning yetakchi va kuchli iqtisodiyoti
mavqeini saqlab qolish uchun nima qilish kerak?”, degan savolga javob
berilgan. Buning uchun quyidagi maqsadlar qo’yilgan:
I. Yangi iqtisodiy o’sish maqsadlariga erishish;
Dostları ilə paylaş: