Bajardi: S2-KT-21 guruh talabasi _____________________
Qabul qildi: Nurova H.N.
BUXORO – 2023 Mavzu: Kompyuter grafikasida kameralar. Reja: Kompyuter grafikasi
Kombinatsiyalangan kadr
Kadrma-kadr tasvirga olish usuli.
Rir-proeksiya usuli.
Ikki o‘lchamli 2D kompyuter grafikasi
Kompyuter grafikasi (mashina grafikasi) – kompyuter texnologiyalaridan, turli tasvirlarni yaratishda, ularni boshqa shu turdagi grafik tasvir bilan, film kadrlari bilan birlashtirishda hamda boshqa turli vizual informatsiyalarni sintez qilish yo‘li bilan birlashtirishda foydalaniladigan faoliyat turidir. Yana, mana shu faoliyat natijasida yaratilgan tasvirlarni ham komyuter grafikasi deb ataladi.
Tryuk – komedik usul bo‘lib, undan kino san’atining ilk vakillari foydalanishgan. Ularni amalga oshirish uchun murakkab asbob-uskunalar talab qilinadi. Tryuklarni amalga oshirish uchun bundan tashqari maxsus tasvirga olish usullaridan – tezlashtirilgan, sekinlashtirilgan, teskari xarakatlanuvchi va albatta “stop-kamera” usulidan foydalanilgan.
Kombinatsiyalangan kadr – optik (kinematografik) usulda yaratilgan effektlar kiradi. Optik effektlar o‘ziga biroz sodda (zatemnenie, shtorka, napliv, stop-kamera kabi) effektlardan tashqari biroz murakkab bo‘lgan (oynada dorisovka, kadrma-kadr tasvirga olish, rirproeksiya, frontproeksiya, tezlashtirilgan va sekinlashtirilgan, ikki karra va ko‘p karra ekspozitsiyalash, “xarakatlanuvchi maska (niqob)” va boshqa) usullarni o‘z ichiga oladi. Ularning aksariyat qismi XX asr boshida o‘ylab topilgan bo‘lib, hozirgi kunda ham ularning ba’zilaridan foydalaniladi.