Osiyoning iqlim mintaqalari va tabiat zonalari


Tropik mintaqa tabiat zonalari



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə4/6
tarix14.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#179052
1   2   3   4   5   6
OSIYONING IQLIM MINTAQALARI VA TABIAT ZONALARI

3.Tropik mintaqa tabiat zonalari.

Tropik cho`l zonasining bir oz namgarchil tog`li rayonlarida siyrak o`rmon hamda butazorlar ko`p. Yamanning sernam tog`larida Habashiston tog`larida uchraydigan daraxt va butalar tulari kishanqosh, molochaylar, akatsiyalar, anjirlar, archalar, muguz daraxti o`sadi. Qurg`oqchiroq tog`lar xar yerida yakka-yakka daraxt o`sgan siyrak butazorlar bilan qoplangan.


Suptropik mintaqada landshaftlar sektor - sektor bo`lib joylashadi. Kontenental sektor old Osiyo tog`larining suptropik chala cho`l va dashtlaridan iborat. Okean bo`yidagi sektorlar g`arbida o`rta dengiz bo`yi doimiy yashil o`rmon va butazorlar zonasidan sharqda esa musson aralash o`rmonlari zonasidan iboratdir. Radiatsiya sharoiti mintaqaning hamma qismiga bir-biriga yaqindir. Lekin yillik yog`in miqdori dengiz bo`yi rayonlaridan quruqlik ichkarisiga tomon kamayib boradi. G`arbiy sektori uchun yog`inlarning o`rta dengiz tipli rejimi bilan doimiy yashil o`simliklarning tipi xarekterlidir. Sharqiy okean uchun sektori esa yog`in yoz bo`yi ko`p yog`adigan musson rejimga va musson tipidagi aralash o`rmonlar landshaftlarga ega.
O`rta dengiz doimiy yashil o`rmon va butazorlar zonasi Yevropadagidan farq qilib Osiyodan ancha kichik maydonni ishg`ol qiladi. Bu zonaning eng tipik landshanti o`rta dengzning kichik Osiyo sohillaridagi ancha kambar yerlarida Livan va Antilivan tog` tizimalarida tarqalgan Osiyo va Yevropaning o`rta dengiz bo`yi landshaftlari iqlimi yer yuzasining tuzilishi daryolari rejimining tipik va tuproq o`simlik qoplamiga ko`ra bir - biriga o`xshash bo`lib qolsada ularning orasida kattagina farqlar ham bor. Bunga sabab asosan O`rta dengiz bo`yining sharqiy qismida iqlim kontinetlaligining ortishidir. Osiyoda teperaturalar yillik ampilitudasining katta ekanligi yog`in miqdorini kamligi albatta o`simlik qoplamini ko`proq kserofitlashiga sabab bo`lgan. Bu yerda o`ziga xos filora tarkibiga ega bo`lgan o`simlik formatsiyalari shakillanadi. Ularda Osiyo florasi turlari jumladan Old Osiyo florasi vakillari kattagina rol o`ynaydi.
Tarixiy davrlarda kesilib ketgan O`rta dengiz bo`yi dubi, buki, grabi hamda suv tropik ingna bargli o`rmonlari o`rnida turli xil butalar formatsiyalari keng tarqalgan chunonchi 700-800 balandlikda ko`pchilikni tashkil etadigan makvis formatsiyasiga bu yerda ham yevropadagi kabi anchagina doimiy yashil buta va pakana daraxt turlai kiradi. Osiyoda o`rta dengiz bo`yining Gretsiya qisimdagi matvislari oilasidan bo`lgan dub makvislari eng ko`p tarqalgan dub turlari orasida qalin mayda bargli doimiy yashil kermis dub tipik o`simliklikdir. Bu daraxat bo`yi ko`pincha bir ikki metr bo`ladi. Tog`larning shamoldan pana yon bag`irlarida makvis formatsiyasi o`rnini qug`oqchilikka va sovuqqa moslashganroq formatsiyalari fragana bilan shipled formatsiyalari oladi. Yon bag`irlar ekspozitsiyasiga muvoffiq ravishda tuproq qomlami ham o`zgaradi. Tog`larning pastgi zonasidagi qurg`ochi va butazorlar ostidadagi jigarang tuproqlar shamolga ro`para namgarchillroq yon bag`irlaridek asta sekin o`rmon tuproqlariga shamolga teskari yon bag`irlarida esa kashtan yoki dasht qo`ng`ir tuproqlariga almashinadi.
Osiyoning O`rta dengiz bo`yi yerlarida daraxt buta o`simliklaring keng maydonlarda qirqib yuborilishi eroziyaning rivojlanishiga yordam beradi. Katta - katta maydolardagi ekinzor va yaylovlar xo`jaligida foydalanishdan chiqib qoladi. Daraxtzor hamda butzorlarning oqimi tartibiga solib turishi sustlashib qolgan. Jalalardan keyin kuchli sel oqimlari vujudga kelib yo`llarning buzib yuboradi. Bog` tokzor va ekinzorlarni yakson qiladi. Eroziyaga qarshi kurash tadbirlari hozircha yetarli darajada tashkil etilmagan.
Hayvonot dunyosi g`oyat xilma-xil. G`oyat sharoiti xilma-xil tog` o`rmonlari va butazorlardan tortib cho`l hamda chala cho`llarga bo`lganligidan bu yerda tog`, dasht, cho`l hayvonlari areallari uchraydi va ular bir - biriga aralashib ketadi. Tuyoqlilar tog` qo`chqori, tog` takasi, g`izol va yovvoyi eshakning salmog`i kata. Kemiruvchilardan sug`ur, yumronqoziq qumsichqon, quyon, qo`shoyoqlar keng tarqalgan. Yirtqichlar gepart, qoplon, yo`lbarslardan iborat. Qushlar, sudralib yuruvchilarva baliqlar ko`p. Umirtqasizlardan falangi, qora qurt va chayon o`rmon ekinlariga juda katta zarar yetkazuvchi xashorat - chigirtka bor. Chigirtka Eronga Afrika-Arabiston va Xindistondagi ko`payishlar orqali uchib keladi.
Kasbiy dengizining janubiy sohilidagi nam subtropik landshaftlari alohida qayd qilib o`tmoq lozim. Namgarchilik ko`p bo`lganligidan Elbrusning shimoliy yon bag`ridagi potzorlashgan qo`ng`ir tuproqlarda qalin mezafil subtropik o`rmonlari o`sadi. Bu o`rmonlar Eron tog`ligining friganoid o`simliklaridan tamom ila boshqachadir.


Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin