2.Subekvatorial mintaqa tabiat zonalari. Subekvatorlar mintaqasida yong`inlarning mavsumiy tushishi va territoriyada notekis taqsimlanganligi, shuningdek, yil davomidagi temperaturasi farqlarining kattaligi natijasida Hindiston, Hindixitoy tekisliklarida va Filippin orollarining shimoliy yarmida Subekvatorial o`rmonlari, shuningdek savannalar, siyrak o`rmon hamda butazorlar landshaftlari rivojaldandi. Domiy nam o`rmonlar Gang- Braxmaputra etaklaridagi, Hindixitoy va Filippin arxipelagining sohillaridagi yog`in 1500 mm dan kam tushmaydigan eng namgarchil rayonlarni ishg`ol qilgan. Yog`in miqdori 1000-800 mm dan oshmaydigon quruqroq tekislik va yassi tog`liklarda mavsumiy namgarchil musson o`rmonlari o`sadi. Bunday o`rmonlar bir vaqtlar Hindiston yarim orolida va Hindixitoyning janubida ancha katta maydonlarni egallagan. Yog`in miqdorining 800-600 mm ga kamayishi yomg`ir yog`adigan davrning 200 kunda 150-100 kungacha qisqarishi bilan o`rmonlar o`rnini savannalar siyrak o`rmonlar butazorlar egallaydi. Yog`in miqdorining yanada kamayishi cho`lga aylangan savannalarning masalan, rajast hamda Txar cho`li chegarasida rivojlangan savannalarning paydo bo`lishiga olib keladi. Aksincha tog`li rayonlar yog`in miqdorining ko`payishi va bug`lanishning kamayishi tog` o`rmonlarining rivojlanishiga sabab bo`lgan. Bunday o`rmonlarda doimiy yashil o`simlik turlari ko`pchilikni tashkil etadi.
Musson aralash o`rmonlar va savannalar landshaftlari bir-biridan farq qilishlariga qaramasdan bu landshaft tiplari bazi bir umumiy belgilariga ham egadir. Musson o`rmonlarida bu o`rmonlar qalinligining qandayligidan qattiy nazar o`t qoplami ustunlik qiladi. Savannalarda esa yozgi musson davrida yashil qurg`oqchil davirlar sariq tusdagi o`t qoplami asosiy fonni tashkil qiladi. Musson o`rmonlarida ham savannalarda ham daraxt va butalar turi bir xil. Bu o`rmonlarda palmalar, sal, tik, sandal daraxtlari, akatsiya, mimoza, o`tlardan turli xil boshoqlilar xarakterlidir. Tuproqlar qoplami qizil jigarrang-qizil va qizil qo`ng`ir tuproqlar eng keng tarqalgan. Tog`larning nisbatan namgarchil yon bag`irlarida ekvatorial mintaqaning laterit tuproqlariga o`xshash podzollashga laterit tuproqlar tarkib topgan.
Yil davomida namgarchi bir tekis bo`lib turadigan nam ekvatorial o`rmonlar zonasidan farq qilib musson o`rmonlari va savanna zonalarida yuqorida aytib o`tilgandek yog`inlar mavsumi bo`ladi, yillik oqim esa juda o`zgaruvchandir. Namgarchil mavsumda sersuv daryolarda juda ko`p miqdorda loyqa suv oqadi.
Musson o`rmonlari va savanna zonalarining hayvonot dunyosi turlari jixatidan ham, xayot kechirish jixatidan xam bir biriga yaqindir. Bu yerda o`rmon hayvonlari ham ochiq dasht hayvonlari ham yashaydi. Tuyoqli va chopqir hayvonlar ko`p. Gepard, chalka, sirtlon, bo`ri, turli xil g`izollar bu yerning harakterli hayvonlaridir. O`rmonlarda maymun va maymunsimon hayvonlar ko`p. Aholi siyrak joylarda karkidonlar, to`ng`izlar buyvollar tog`larda esa yovvoyi qo`y va echkilar xali ham uchrab turadi.
Geografik kenglik bo`ylab cho`zilgan zonalar yo`nalishini tog`lar relyefi ancha o`zgartirib yuboradi. G`arbiy Gxat tog`larning ayniqsa Ximalayning, Xindixitoy yarim orolidagi tog`larining yozgi musson namini ushlab qoladigan shamollar ro`para yon bag`irlari doimiy yashil daraxtlar lianalar va epefitlar ko`pchilikni tashkil etuvchi ko`p qavatli qalin o`rmonlar bilan qoplanib yotadi.
Balandlik mintaqalari Himalay tog`larining sernam va balandligining o`rta hisobda 6000 m gacha bo`lgan janubiy yon bag`irlarida boshqa joylardagiga qaraganda yaqqol namoyon bo`lgan. Tog` etaklarini qoplab yotgan nam subekvatorial o`rmonlardan yuqorida tog` suptropik va boreal tiplardagi nam sevar o`rmonlar tarqalgan, undan balandda esa subalp hamda alp o`tloqlari o`sib yotadi va abadiy muz va qorlar mintaqasi boshlanadi.
Qadimdan dehqonchilik rivojlangan rayonlarda musson aralash o`rmonlari o`rnida katta maydonlarda antropogen savannalar vujudga kelgan. O`rmonlarning tugatilishi oqim rejimi hamda tuproq qoplamini harakterining o`zgarishiga sabab bo`lgan. Bir vaqtlar nam o`rmonlar bilan qoplanib yotgan Gang-braxmaputra deltasida hozirgi vaqtda bog` park landshaftlari xukmrondir. Bazi bir joylarda tabiiy landshaft qiyofasini kishilarning ko`p asrlik mehnat faoliyati shu qadar o`zgartirib yuborganki hozirgi vaqtda ilgarigi tabiiy zonalar chegarasini tasavvur qilish juda mohol.
Tropik mintaqa. Txar cho`lidan boshlab Eron tog`ligining janubiy qismi Arabiston orqali Qizil dengizgacha tropik cho`l va chala cho`l zonalari cho`zilib ketgan. Ular Afrikadan ham o`tgan tropik cho`l mintaqasini Osiyo qismini ishg`ol qilgan. Platasimon relyef deyarli yil bo`yi to`xtovsiz o`sib turadigan passat shamollari va shu sababli namning juda tanqisligi doimiy daryolarning yo`qligi katta-katta maydonlarda qumlarning ko`chib yurishi bepoyon toshloqlar unda - bunda o`sgan o`simlik-bu zonalar tabiatiga xos xususiyatidir. Tropik cho`llarda quyosh radiatsiyasining yillik miqdori 200-220 kk al/sm2 ga teng. Binobarin u havo tez-tez bulut bo`lib turadigan ekvatorial mintaqadagiga qaraganda ortiqdir. Havoda bulut kam bo`lganligi sababli to`g`ri tushuvchi quyosh radiatsiyasi asosiy rol o`ynaydi. Biroq cho`llar yuzasi nurni ko`p qaytarganidan bu yerda radiatsiya balansi shu geografik kengliklarda joylashgan okean yuzasidan hamda o`rmonlardagidan ham pastdir. Temperaturaning sutka davomida keskin o`zgarib turishiga namlik hamda bulutning kamligi sababdir.
Yillik yog`in miqdorining nixoyatda kamligi va Arabistonning markaziy rayonlari hamda Txar cho`lida 3000 mm ortib ketadigan bug`lanish cho`l tipidagi o`simliklarning vujudga kelishiga sabab bo`ldi. Yer yuzasida tarqalgan jinslarga hamda ularning namning sig`imiga qarab efemerlar yoki galofitlar tashkil etadi. Yostiqsimon va buta chala o`ziga hos o`simliklardir. Yuzaki qaraganda o`simlik yo`qday ko`rinadigan hamma dalalar o`simlik qoplamiga egadir. Bu yerlarda lishayniklar o`sadi. Uzoqdan ularni ko`z ilg`amaydi, chunki bu o`simliklarni rangi ular o`sib yotgan joy rangiga o`xshaydi.
Ko`pincha tuproq butunlay bo`lmaydi va katta maydonlar o`simliksiz qumlar yoki chag`il mayda tosh hamda shag`al bilan qoplnib yotadi. Nam bir oz ko`proq joylarda cho`lning chirindi juda kam bo`lgan oddiy tuproqlari o`rnida bo`z tuproqlar tarkib topgan. Tuproq turlarining ko`pchiligi qizg`ish tusga ega. Bunga qoldiq temir marganetsli garizont sababdir. Temir marganetsli garizont aftidan namgarchilroq davirda tarkib topgan.
Cho`lning sarg`ish qumlari saxnida u yer-bu yerda xurmo o`sgan yam-yashil vohalar ko`zga tashlanadi. Vohalar grunt suvlari yer betiga yaqin bo`lgan joylarida uchraydi. Eng katta vohalar janubiy va janubiy-g`arbiy Arbiston daryo vodiylarida hamda Dajda va Frot daryolari etagida joylashgandir.
Tropik cho`l zonasining hayvonat dunyosi turli xil fauna oblaschalariga kiradi. Cho`lning qattiq ekologik sharoiti hayvonat dunyosining nisbatan kambag`al ekanligiga sabab bo`lgan. Fauna tog`larida yahni nam ko`proq bo`lgan o`t buta daraxt o`simliklari o`sadigan joylarda boyroqdir. Arabiston uchun turli xil g`izollar antilopalar yovvoyi eshak, yirtqichlardan esa chovgar sirtlon chiyabo`ri kemiruvchilardan qum sichqoni qo`sh oyoqlar va boshqalar xarakterlidir.