Osiyo suptropik mintaqasining sharqiy okean bo`yi sektoridagi tekisliklarda va tog`larada 1000 m balandlikgacha musson aralash o`rmonlari tipik zonasida joylashgan vegetatsiya davrida temperaturaning yuqori bo`lishi va yog`in sochinning yil davomida ancha bir tekisda tushushi sariq va qizil tuproqlarining tarkib topishi o`simliklardan qalin mezofil o`rmonlarning o`sishiga imkon bergan. Bu o`rmonlarning tashqi ko`rinishi tropik o`lkalarning nam o`rmonlariga o`xshab ketadi. Xitoyning dengiz bo`yidagi rayonlari va Yapon orolllariga 360 shim. kenglikkacha iliq Kuro-sivo oqimi tasir etib turadi. Shu sababli geografik zonalar shu jumladan subtropik o`rmonlar zonasi ham bu rayonlarda ham ayniqsa orollarda shimol tomonga surilgandir. Zonaning orollarning qismiga materikdagi qismiga qaraganda yog`in sochin ko`proq tushadi. Yillik oqim bir tekis mumkin bo`lgan bug`lanish kam, o`rmonlar qalindir.
Osiyoda mo`tadil mintaqaning geografik zonalari unchalik katta maydoni ishg`ol etmaydi. Bu mintaqaning kontinental sektorida janubdan shimolga tomon cho`llar, chala cho`llari dasht va o`rmon dashtlar zonalari birin ketin joylashgan, Tinch okean bo`yi sektorida esa keng bargli aralash o`rmonlar zonalari mavjud.
Mintaqaning markaziy Osiyodagi qismi bilan Sharqiy Osiyodagi qismining vegitatsiya davridagi termik sharoit bir - biriga ancha o`xshash bo`lmagan holda, namlik darajasida kattagina faqat qiladi. Kontinental sektorning janubidagi Tatlamakon, Beshan, Alshan cho`llari joylashgan kengliklar eng qurg`oqchilikdir. Mumkin bo`lgan bug`lanish 2500 mm bo`lgan holda yillik yog`in miqdori 100 mm yetmaydi. Sharaqqa, Los platasiga va Mongoliyaning sharqiy tekisliklariga tomon namgarchilik biroz ko`payadi. Nam shu darajada tanqiski 100lab klometr yurilganda xam yuzaki qaraganda hayotda asar ham ko`rinmaydi: Na o`simlik, na hayvon, na chuchuk suv uchraydi. Faqat quruq daryo o`zanlari va qurib borayotgan ko`llar bor holos. Biroq bur quduqlari yordamida bazi joylarda yer osti suvlarining ancha katta sapazlari ko`rinadi.
Cho`l va chala cho`lar markazi Osiyoning janubiy yarimini to 41- 420 gradus shimoliy kengliklargacha, dasht va o`rmon dashtlari uning shimoliy yarmini ishg`ol qilgan. Markaziy Osiyo cho`llari o`simlik o`sishi uchun sharoit juda og`ir. Namlikni kam ekanligida tashqari, qishda ob-havoning keskin sovib ketish o`simliklarniing o`sishi va rivojlanishi uchun juda yomon sharoit vujudga keltiradi.
Markaziy Osiyo cho`l va chala cho`llari tuproqlari sarg`ish - qo`ng`ir va bazi buz qo`ng`ir tuproqlaridir. Tuproqlarining rangining o`zgarishi challa oksidlanish xisobiga ro`y beradi.
Cho`l va chala cho`llarining asosiy o`simliklari kserofit butalar hamda chala butalardir.
Gobining sharqiy qismida borbudurgan, baglur, tar o`sadigan sho`ralar formatsiyalari eng ko`p tarqalgan. Buta va kichik butalar saksavullar va efedralardan iborat. Reomyuriya chala butalar keng tarqalagan.
Dashtlar zonasi 41-420 gradus shimoliy kengliklardan shimolroqda tarkib topgan. Yog`in sochindan tog`lar bilan to`silgan joylarda – Jung`oriya (XXR) va ko`p (MXR) kotlovinalarida chala cho`llar dashtlar zonasining ayrim bo`lib yuborgan. Umuman, dashtlar zonasi g`arbda nisbatan kambarg, sharqi tomon kengayib boradi, katta Xingan tog`larigacha yetib boradi va bu yerda namlik miqdori ko`payishi sababli janubga va sharqqa, Shimoliy – Sharqiy Xitoy tekisliklariga o`tib ketadi. Katta Xingan shimoliy yon bag`ri tilyog`och tagas o`rmoni bilan qoplangan, janubiy yon bag`ri o`rmon – dashtlaridan iborat. Dashtlarning janubiy Tyanshan tizma tog`laridan o`tadi, bu tizimining tog` oldi yerlari tarxiy vaqtda o`rmon dashtlar bilan qoplangan bo`lgan, bu o`rmon dashtlar shimolida o`z platasiga qadar yetib borgan bo`lishi mumkin. Yevropa dashtlaridan farq qilib bu yerdagi dashtlarning zuno tuproqlari qora tuproqlari emas balki ishqori yuvilgan kashtan tuproqlari. Bu tuproqlari qum va chag`ir toshli ona jinslar ustida tashkil topgan hamda sho`rtoq emas. Ular kashtan, to`k tusli kashtan va och tusli kashtan turoqlarga bo`linadi. Bu tuproqlar rangi ulardagi gumus miqdoriga bog`liqdir. To`q tusli kashtan tuproqlarning ustki qatlamida 4%dan 6% gacha, och tusli kashtan tuproqlar esa 2% dan 4% gacha gumus bo`ladi.
Osiyo mo`tadil mintaqasining Tinch okeani sektorida keng va aralash bargli o`rmonlar zonasi mavjud. Aralash o`rmonlarda dubning mahalliy turlari, zarang, lipa, Koreya kedri, qora pixta kabilar ko`pchilikni tashkil etadi.
Shimoli-sharqiy Xitoy tekisliklarida preriyalar zonasi ajratiladi. Bu zona o`rmon-dashtlarning preriyaga o`xshagan formasidir. Tuproqlari tarkibida 5-9% gumus bor. Hozir bu yerlar madaniy landshaftga aylantirilgan.
Tayga zonasi Osiyoning okean bo`yi sektorida katta maydonni egallamaydi. Bu yerda o`rmonlar ostida qalin o`tlar o`sadi, tuprog`i podzol tuproqlardir.
\
XULOSA Osiyo geografik zonalarining kenglik bo`ylab yo`nalishini Old Osiyo tog`liklaridagi hamda Markaziy Osiyodagi kotlovinalar ancha murakkablashtirib yuboradi. Ana shu sababli materikning ichki qismidagi zonalar uzun cho`zilgan poloslar shaklida emas, balki tog`liklar qiyofasi hamda orografiyasiga mos ravishda markaziy qisimda cho`llar aniq namoyon bo`lgan cho`ziqroq aylana shaklida joylashgan .Tog`li va yassi tog`liklarning baland toglik chekka qismlarida namlikning oshishi munosabati bilan cho`llar chala cho`llar xamda Old Osiyoning o`ziga xos butazorli dashtlari bilan almashinadi. Bu dashtlar Janubiy Rossiya dashtlaridan ham, Mongoliya dashtlaridan ham aniq farq qiladi.
Osiyoning tropik kengliklarida ham zonalarning kenglik bo`yicha yo`nalishi ancha o`zgarib ketadi. Masalan, Hindiston va Hindixitoyda subekvatorial (musson) o`rmonlar hamda savannalar, siyrak o`rmonlar butazorlar zonalari Afrikadagi kabi janubdan shimolga tomon emas, balki g`arbdan sharqqa tomon birin ketin almashinib keladi. Bu tog` tizmalarining ko`proq meridian bo`ylab yo`nalganligiga hamda musson shamollarining yo`nalishiga bog`liqdir. Bu yerda ekvatorial havo shimolga tomon odatdagidan ko`ra uzoqroq kirib borganidan mazkur zonalar Afrikadagiga qaraganda shimolga davom etib to Himalay tog`larigacha yetib borgan.
Osiyoda keng tarqalgan tog`lik relyefi oblastlari kenglik zonalarini o`zida aks ettirib, balandlik mintaqalarining rivojlanishiga yordam beradi. Markaziy Osiyoning qurg`oqchil sharoitida balandlik mintaqalari differensiatsiyasi katta emas. Aksincha Himolay va Sichuan Alpi tog`larining Hindixitoydagi tog` tizmalarining shamolga ro`para yon bag`irlarida mintaqalar soni ancha ko`p. Shunday qilib balandlik mintaqalari strukturasiga bir tomondan tog`larning qanday geografik kengliklardan joylashganligi emas, balki ularning sektoral o`rni ham ikkinchi tomondan yon bag`irlar ekspozitsiyasi ham tasir ko`rsatar ekan. Tog`li mamlakat qanchalik quyi gegorafik kengliklarda joylashgan. Qanchalik baland va namgarchilik bo`lsa unda balandlik mintaqalari shunchalik to`liq tipga kirgan mintaqalarga ega bo`ladi. Balandlik mintaqalari ko`p bo`lgan joylarga Ximalay tog`larining janubiy yon bag`irlari ular kam bo`lgan joylarga esa Ximalay tog`larining shimoliy yon bag`irlari bilan Kunglun tog` bag`irlari misol bo`ladi.