Osiyoning iqlimi va ichki suvlari


I BOB. O’LKADAGI IQLIM HOSIL QILUVCHI OMILLAR. HAVO MASSALARINING TURLARI VA SIRKULYASIYASI



Yüklə 46,23 Kb.
səhifə2/7
tarix13.12.2023
ölçüsü46,23 Kb.
#176349
1   2   3   4   5   6   7
O`RTA OSIYONING IQLIMI VA ICHKI SUVLARI

I BOB. O’LKADAGI IQLIM HOSIL QILUVCHI OMILLAR. HAVO MASSALARINING TURLARI VA SIRKULYASIYASI.
1.1. TEKISLIKLAR IQLIMI.
O’rta Osiyo geografik o`rni jihatidan asosan subtrobik zonadadir, aniqroq aytilganda esa o`rtacha mintaqadan subtropik mintaqaga utadigan o`tkinchi zonadadir. O’rta Osiyoning bunday geografik o`ziga xos iqlimlarning vujudga kelishiga sabab bo`lgan.
B.P Alisovning fikricha iqlimga ta`sir qiladigan omillarni va havo massalarining almashinishini e`tiborga olganda O’rta Osiyoni subtropik oblastlar qatoriga kiritish mumkin.
Umumiy atmosfera sirkulyasida hududning tutgan o`rni shundan iboratki, qishda bu o`lkaning shimoliy-sharqida Osiyo maksimum bosimi Sibir antisikloni yozda juda qizib turadigan cho’llar ustida termik dipressiya vujudga keladi. Cho’llar va tog’larning bir-biriga yondoshib turishi ham hududda iqlmni xilma xil bo`lishiga sabab bo’lgan. O’rta Osiyoda nihoyatda quruq cho`l iqlimi bilan umumiy xususiyatlari bir-birdan ancha farq qiladigan tog’ iqlimi va baland tog’ iqlimi bor. SHunday ekan, O’rta Osiyo o’lkasining iqlimi uning geografik o`rniga va u bilan bog’liq bo’lgan atmosfera sirkulyasiyasiga bu hududdagi tog’lik va tekisliklarning mavjudligiga bog’liqdir.
Ana shu omillar ta`sirida vujudga kelgan O’rta Osiyoning iqlimi juda kontinental va quruq iqlimdir. Juda kontinentallik va bir-biriga zidlik quyosh nurlari ko`pligi va havoning nihoyatda quruqligi bu iqlimga hos xususiyatlardir. Iqlimning juda ham kontinentalligi yillik va sutkalik harorati o’rtasida katta farq bo’lishida zidlik sovuq qishning jazirama issiq yoz bilan almashinuvidadir.
O’rta Osiyoning shimol- va g’arb tomoni ochiq bo’lganidan shimoldan, shimoli-g’arbdan va g’arbdan keladigan havo massalari hech qanday to’siqqa uchramaydi. Qishda shimoli-sharqdan Sibir antisikloni tomonidan sovuq Sibir havosi va shimoldan SHimoliy Muz okeanidan artika havo massasi kirib keladi va janubgacha yetib boradi. Bu vaqtda O’rta Osiyoda harorat pasayb, qattiq sovuq bir necha hafta cho`ziladi. Ammo bu havo massalari quruq bo’lganidan o’zidan ko’p nam ajratmaydi. SHimoli-sharqdan keladigan havo massalari esa hudud ustidan havo massalarini yuqoriga siqib chiqarib so’ngra yog’in yog’ishiga sabab bo’ladi. Yozda cho’llar ustida past bosim bo’lganidan artika havo massasi ba’zan yetib keladi va issiqni kamaytiradi, havoni nisbiy namligini bir oz yumshatadi, tog’larda esa yog’n yog’shiga sabab bo’ladi.
Qishda O’rta Osiyoning janubida qutbiy front paydo bo’ladi. Qutbiy front Eron hududidan iliq tropik havo massalarini O’rta Osiyo va undan shimolda bo’lgan rayonlarni o’z ichiga olgan sovuq o’rta mintaqa havosidan ajratib turadi. Bu front zonasida shiddatli siklon harakati yuzaga keladi.Siklonlarning iqlim sektorida nam tropik havo bo’ladi. Bu nam tropik havo O’rta Osiyoga kirib kelganda yengilligi sababli sovuq havo ustidan yuqoriga ko’tariladi va soviydi, uning nisbiy namligi oshadi, so’ngra yog’in yog’adi. Yuqoridagi sabablarga ko’ra O’rta Osiyoda eng ko’p yog’in siklon harakati kuchaygan fasllarda Qish va Bahor oylarida yog’adi.
Yozda O’rta Osiyoda past bosim vujudga keladi. Bu davrda Atlantika va O’rta dengizdan g’arbiy havo oqimlari kirib tursa ham, siklon foliyati susayib, yozgi qurg’oqchilik boshlanadi, chunki O’rta Osiyoda ham Eronda ham cho’llarda harakat taxminan bir xil bo’ladi. Natijada front yo’qoladi va yog’inlar deyarli bo’lmaydi. SHuning uchun tekisliklarda issiq va quruq turon tropik havoci hosil bo’lib, termik depressiya vujudga keladi. Bunga sabab hududning quyi geografik kengliklarda joylashganligidir Yozda iyun oyning 2-chi yarimida quyosh gorizontdan 760 C ga ko’tariladi, qishda dekabirning ikknchi yarimida ham tush vaqtida 280 C dan pastga tushmaydi. Quyosh yoritadigan davr juda uzoq bo’lib o’rta hisobda 2500-3000 soatga yetadi. Termizda 3059 soatga qishda quyosh yoritadigan davr kunning kaltaligi va havoning bulitli bo’lganiga bog’liq yil davomida quyosh yoritadigan davr Toshkentda har kvadrat sm ga 136000 kalloriya issiqlik to`g’ri keladi. Iyul oyning o’zida 20000 kalloriya issiqlik oladi.
Quyosh shimoliy-g’arbiy shamollar tarzida O’rta Osiyoga azor maksimumining bir tarmog’i kirib keladi. Azor maksimumi Atlantika okeanida vujudga kelib Yevropa orqali O’rta Osiyo hududiga kirib keladi. Yil fasillarga qarab arktika va tropik havo massalari almashnib turshi orqasida Qish fasli Yozdan kiskin farq qiladi. Geogafik o’rniga nisbatan qish iliq bo’lishi lozim ammo haqiqatda sovuq bo’ladi. Ammo sovuq doimo bo’lmaydi, ba`zan g’arbiy siklonlar havoni ilitib turadi yozda esa doimo issiq, nihoyatda quruq, uzoq va havo ochiq bo’ladi. O’rta Osiyo iqlimining o`ziga hos xususiyatlaridan yana bir yil fasllarning bir meyorda bo’lmasligi va birdaniga o’zgarishidir.
Teksliklarda yog’in juda kam yog’adi qishda shimoli-sharqdan va shimoldan, yozda asosan, shimoli-g’arbdan esuvchi shamollar deyarli yog’in keltirmaydi O’rta dengiz Kavkaz va Mesopotamiya tomonidan esadigan g’arbiy va janubiy g’arbiy shamollarigina bu yerga yog’in keltiradi.Hududni okeandan uzoqligi va nam havo massalarining yo’l yo’lakay tutilib namini yo’qotib kelishi sababli yog`inlar kam bo’ladi.Hind okeani tomonidan ham baland tog’lar bilan to`silganligidan yog’inlar kam yog’adi. SHu sabaabli O’rta Osiyoda jazirama issiq bo’lganligidan cho’l va chala cho’llar vujudga kelgan.
Tog’ tizmalari yo`nalishi va balandligidan o’ziga hos iqlimni vujudga keltirgan tog’ga chiqqan sari havo bosimi kamayadi va harorat pasayadi. Qor ma’lum bir balandlikgacha yog’adi, qor bosib yotish davri uzayadi, qor yer yuzasini yoppasiga qoplab oladi, havo namligi ortadi shamol kuchayadi havo tozalanib va tiniqlashb, quyosh nurining ta`siri ortadi. Tog’ relyefi shu joydagi tog’ iqlimini, tog’ vodiy havo sirkulyatsiyasini vujudga keltiradi. Yil fasllarning boshlanish vaqti suriladi va yoz qisqa qish uzoq bo’ladi.Baland tog’larda qish ba`zan 9 oygacha davom etadi, yoz esa qisqa va salqin bo`ladi.
Tog’larning balandligi yon bag’irlarining quyoshga qaragan – qaramaganligi tog’ vodiylari va botiqlarining chuqurligi katta kichikligi ularning bir –biriga nisbatan qanday joylashishi va yana relyefini ko`pgina boshqa xususiyatlari o`lkada iqlimning vujudga kelishi uchun butunlay o’ziga xos sharoit yaratadi.
Tekisliklarning shimoliy chekka qismlari chala cho’l iqlimiga qolgan qismlari cho’l iqlimiga ega. CHala cho’lning iqlimi quruq va kontenintal iqlim bo’lib yillik va sutkalik amplitudasi farqlari katta: yozda juda issiq qishda qattiq sovuq bo’ladi. Yog’in juda oz yog’adi yillik o’rtacha yog’in miqtori 300mm ga yetadi. Sababi bu yerda ko’p vaqt Sibir antisikloni va Arktika havo massasi ta`sirida turadi. G’arbdan kelgan shamollar namini yo’qotgan xolda namlik kam olib keladi. CHala cho’l yanvarning o’rtacha harorati janubda -110 dan shimolda -170 gacha absolyut minimal harorat -420 va sharqda -500ga yetadi. Maksimal harorat yozda 400ga boradi qish qattiq va qor yupqa (20-30sm) bo`lganligi uchun tuproq bir oz chuqurlikgacha muzlaydi havo birdan ilib keyin sovib ketishidan Yut hodisasi bo`ladi yani bunday chorva mollari katta zarar ko’radi.
O’rta Osiyo cho’llari materik ichidagi tipik berk ulka bo`lib nihoyatda kontenintal iqlimga ega. Yozi juda issiq va qish g’oyatda sovuq bo’ladi, yillik va sutkalik harorat o’zaro keskin farq qiladi, yil fasllarida yog’inlar notekis yog’adi va oz bo’ladi havo quruq ochiq va quyoshli bo`ladi. Cho’lning shimoliy Afrika yoki Mesopotamiyaning shimoliy qismi bilan taqqoslash mumkin. Cho’lning shimolida iyulning o`rtacha harorati 260C o`rtasida 280C va janubda 300C yetadi. Iyulning o`rtacha harorati 31-320C atrofida bu yerda havoning maksimal harorati 500C ga yetadi O’rta Osiyo tekisliklarida 42-440C ga yetadi. Repetek stansiyasida 1944 yil 49,90C kuzatilgan. Qizilqumda maksimal harorat 44-460C tuproq va qumda 75-800gacha qiziydi. Cho’llarda sutkaning o`rtacha harorati 200Cdan yuqori bo`lgan kunlar shimolda 120 janubda 150 kunga yetadi. Cho’llar tropik havo tarkib topadi. O’rta Osiyoda sutkalik amplituda 250dan hatto 350ga yetadi.
Qish qisqa, qor kam bo`ladi ba`zida sovuqlar bo`lib turadi. Cho’llarning shimolida va Qoraqumda qattiq sovuqlar bo`lib turadi. Yanvar oyining o’rtacha harorati Orol dengizining shimoliy sohillarida 120C Amudaryo deltasida -60C . eng janubiy rayonida 00C dan yuqori bo`ladi cho’llarning qish nihoyatda sovuq bo’lganligidan Orol dengizining shimoliy qismi 4-5 oy muzlab turadi, absolyt minimal harorat shimolda -330 C janubda 25-260C.
Artika sovuq havo massasi haroratni pasaytirib yuboradi absoluyt aplituda 750C dan oshib ketadi, ko’pincha sharqdan sovuq shamollar esib turganligi uchun qish birdan sovuq bo’ladi.janubiy Erondan issiq havo kelib turushi sababli qish biroz iliqroq bo`ladi. Bazida yozdagidek issiq kunlar bo`lib turadi masalan repitikda qishda havo harorati 200C bo`lganligi qayt qilingan. Cho’lning janubida qish 2oy davom etadi.
O’rta Osiyoda sovuq bo`lmaydigan kunlar kup o`rtacha shimolda 172 kun. Janubda 215 kun. Vegitatsiya davri shimolda 204 kun, janubda 28 kun. Cho’llarning havosi juda quruq bo`lib, yillik o’rtacha nisbiy namlik shimolda 67% janubda 49%dir. Yozda ayniqsa kamayib, janubda 27-30%ni, chullarda esa bundan ham kam bo’ladi. Masalan, iyul oyida Toshkentda 44%, Samarqandda 49%.
Havoni bunday quruqligi va jazirama issiq yog’inlarning nihoyatda kamligi bulutsiz ayoz kunlarning kupligi va quruq shamollarning esib turushi yer yuzasidan suv yuzasidan va o`simliklardan suvning juda kup bug’lanishiga sabab bo`ladi. Ehtimoliy bug’lanish yillik yog’in miqdoriga qaraganda bir necha marta kup. Hisoblab chiqilgan malumotlarga qaraganda yer yuzasidan chiqqan bug’ Gazalida 1443mm Amudaryo deltasida 1798 mm Termizda va Qoraqumda 2000 mm dir. Ehtimoliy bug’lanish vohalarda kam. Masalan Yettisuvda 1000 mm, Toshkent va Farg’onada 1200mm Kopettog’ etaklarida 1500 mm.
Yillik o’rtacha yog’in miqdori cho’llarda 70-200 mm, Markaziy Qoraqumda va Amudaryo deltasida yog’in juda kam 100 mm ga yetmaydi. Tog’ oldi zonasida yog’in kupaydi Ashqobot va Kushkada 200mm dan oshadi Samarqand, Toshkent va Beshkekda 300-400 mmga yetadi. Eng ko’p yog’in qishda va bahorda yog’adi. Qor cho’llarga juda oz yog’adi shimolda 70-100, o’rta qismida 30-50 va janubida 4-5 erimay yotadi. Bazi yillari janubiy rayonlarga qor yog’maydi.
Qish O’rta Osiyoning shimoliy chekka qismida chala cho’l zonasida qattiq bukadi minimal harorat g’arbda -420C sharqda -500C ga yetadi. Shimoliy va shimoliy- sharqdan quruq sovuq shamollar kelib turganligidan qish qattiq davom etadi qor kam tushadi, shimolda 60sm, janubda 20sm, qor yer yuzasini 120 kun qoplab yotadi.
Cho’llarning janubiy qismidagi yerlarda qish qattiq bo`ladi. Ob-havo tez o’zgarib, antisiklonlar va siklon bilan almashadi janubga Erondan issiq oqim kelib kunlarni isitada.
Bahorda havo birdaniga isib ketadi va qisqa bo`ladi qorlar tez eriydi. Bahorda cho’llar yog’in ko’p bo`ladi, yillik yog’inning 30-50%ga to’g’ri keladi. Tuproq yaxshi namlanadi. Janubiy o’lkada yog’in kamaya boshlanganda g’arbiy siklonlar kuchayadi va ob - havo o’zgaradi.
Janubiy cho’llarda bahor martda boshlanadi bazida april oyida harorat 00C dan tushub ketadi. Mayning ikkinchi yarmidan haqiqiy may boshlanadi.
Yoz chala cho’da quruq va issiq keladi, uzoq davom etadi. Absolyut maksumal harorat 500C ga yetadi. Yoz jazirama issiq va qurg’oqchil bo`ladi. Kuzda harorat asta sekin pasayib boradi. Siklon faoliyati kuchaya boradi. Yog’in yog’a boshlaydi. Kuz qisqa bo`ladi.
Quyi geografik kengliklarda , okeanlarda va materik ichki qismida va tog’ning ichki qismida joylashgaligidan tog’ ulkalarning iqlimi kontenintal iqlimdir. Tekisliklardagi kabi tog’larda ham kontenintallik. Yillik va sutkalik harorat amplitidasi va qattiqligi, havoning quruqligi, quyosh nurining o’tkirligi kabi iqlim hususiyatlari bor. Bu hususiyatlar tekisliklarnikidan farq qiladi, sababi joining balandligi va relefining xilma- xilligidir. Tog’ iqlimining o’ziga xis hususiyatlardan bulutli kunlarning kupligi, haroratning pastligi va boshqalari. Tog’li relef, yani tizmalarning past bo`lganligi va katta- kichikligi. Quyoshga nisbatan qanday turushi havo oqimlariga nisbatan joylashishi tog’ orollarda, botiq, vodiy va platformalarning bo’lishi, turli iqlimlarning paydo bo’lishiga tasir etadi. Tog’larda harorat envirsiyasi, tog’ vodiylari fin kabi hodisalar kuzatiladi 1500-200m dan baland tog’lar Atlantika okeani va O’rta dengiz tomonidan kekadigan nam shamollarni tusib yog’inga sabab bo’ladi. Qishda tez-tez kelib turadigan siklonlar muttasil sovuq qishni ilitib haroratni keskin o’zgartiradi, butunlay paydo bulishiga va tog’larni janubiy- g’arbiy va g’arbiy yon bag’riga ko’proq yog’inlar yog’ishiga sabab bo’ladi.
Tyanshan, Sibir antisikloni tasirida bo’lganligidan qish sovuq va quruq bo’ladi. Baland tog’lar bilin o’ralgan sharqiy Pomir ancha svub ketadi. Pomir va Tyanshan sovuq bo’lmaydigan kunlari 50-150 kun, 350-400 m balandda 50 kunga yetadi. Tyanshan observatoriyasida (3672m) yanvarning o’rtacha harorati -21,50C , absolyut minimal -480C , Pomir Murg’ob vodiysida (3650m) yanvarning o’rtacha harorati -17,70C .
Tog’lar bilan o’ralgan botiqlarda harorat tez-tez o’zgarib turadi. Botiqlar nisbatan tez isiydi. Vodiy va botiqlarda qishda atrofidagi baland tog’lardan sovuq zich havo massasi tushub turadi. SHu sababli qishda va yozda kechalari harorat tog’ yon bag’rilarida vodiylardagidan iliqroq bo’ladi. Bu hodisa harorat envirsiyasi dsyiladi. SHarqiy Pomirdagi baland tog’ orasidagi botiqda harorat -46,70Cgacha tushadi. Lekin sovuq doim bo`lmaydi kechalari qattiq sovuq bo`lsa kunduzi 00C dan yuqori bulishi mumkin. Kundalang tog’lar shimoli sovuq shamollari yulini tusib turadi Panj, Vaxsh , Kofirinhon va Surxondaryo vodiylarni quyi qismida bazida tusaddan bo`ladigan sovuq qishni hisobga olmaganda iliq bo’ladi. Yanvarning o’rtacha harorati 00C dan pastga tushmaydi. Tog’larda haroratning o’zgarishi balandlikka qarab bo’ladi. Yuqoriga ko’tarilgan sari havo sovub boradi. 100m ko`tarilganda 0,5-0,60C ga pasayadi.
Yillik o’tacha harorat 3200mdan yuqorida manfiy, 5000-5200m dan yuqoruda iyul oyida ham qattiq sovuq bo`lib turadi. Tog’larda yoz juda salqin va qisqa bo`ladi. Baland tog’larda iyulning o’rtacha harorati 4-100C, maksimal harorat Tyanshan observatoriysida 190C dan pastga tushib ketadi. Natijada suvlar muzlaydi. Harorat rejimining o’zgarishi tog’ tizmalarining yunalishiga, yon bag’irning quyoshga nisbatan turishiga vodiy, botiq va platformalarga hamda boshqa hususiyatlarga bog’liq bo’ladi. Issiq ko’l o’z sohillari iqlimigina tasir kursatadi issiqlikda qishdq harorat 100C gacha ko`tariladi. Iyul o’tacha harorati 16-180C dan oshmaydi.
Tog’larda sovuq bo’lmaydigan kunlar kuda oz: Xujantda 200-213 kun. Toshkentda 204 kun, Talsda 170 kun, Markaziy Tyanshanda 143 kun, SHaxriston tomonda (3200m) 101 kun, Pomirda (3650m) 56 kun davom etadi.
Tig’lar g’arbidan kelayotgan nam havoni tusganligi uchun yog’in tekislikka nisbatan ko’roq bo`ladi. Yog’in g’arbiy yonbag’irlarga kup tushadi. Toshkent, Samarqand, Dushanbe, Beshkek va O’shda 350-550mm, 1500m dan baland tog’larda janubiy- g’arbiy va g’arbiy yonbag’irlarda 1500mm yog’in tushadi. SHarqi yonbag’irlarda nisbatan kam yog’in yog’adi.
Ko’ndalang turgan Fanlar Akademiyasi va Oqshiroq kabi tog’larda ham yog’in ko’p yog’adi bu yerda doim qor bosib yotgan yerlar va muzlar katta-katta maydonlarni egallaydi. Bu tizmalarning sharqida 300-400m balandlikka qaramay (Tyanshan va Pomir) qurg’oqchiliq iqlimi mavjud. Markaziy Tyanshanning ichki qismida yillik miqdori 200-300mm dan oshmaydi. SHarqiy Pomirda taxminan esa 60mmga yetadi.
Yuqoriga chiqqan sari yog’in miqdori ortib boradi. Tog’ni 500-700m bakandlikdagi quyi zonasida yillik yog’in miqdori 300-400 mm bo`lsa, 1000m dan yuqorida 1000mmga yetadi. Tog’lar g’arbiy tomoniga qaragan bo`lib, ham havo massalari yetib keladigan bo`lsa yog’in 2000mm ga yaqinlashadi. O’rta Osiyodagi tog’li o’lkalarda eng ko’p yog’in 1500-3000m balandlikda gi mintaqalarga va yillik miqdori 1000mm dan oshadi. Qishda harorat juda pasayadi 1500m balandlikda yog’in yog’adi. Yozda harorat yuqori bo’lganligidan suv bug’lari 3000m balandlikka ko`tarilganda yog’in beradi. SHunday qilib, taxminan 1500m gacha balandlikdagi yerlari yozgi yog’inlar mintaqasi deb atash mumkin.
Tog’larda yog’in barcha fasllarda bir tekisda yog’adi lekin baland tog’larga yozning eng ko’p yog’in yog’adi, yog’in qor tarzida tushadi. Tog’ oldi zonasida martda o’rtacha balandlikdagi aorilda yog’in ko’p bo’ladi. Doimiy qor chegarasi iqlimini qurg’oqchil bo’lishiga, joining geografik kengliklarga, tog’ yon bag’rining quyoshga va shamolga ro’para yoki teskari joylashganligiga qarab turlicha bo’ladi.
Iqlim resurslariga issiqlik resursi, gelio resursi, shamol energiyasi va davolanishdagi axamiyati kiradi. Qishloq xujaligi uchun zarur bo’lgan eng muhim omillardan biri bu issiqlik va gelio resurslari. CHunki qishloq xujalik ekinlarning pishib yetishi mevalarning shirin bo’lishi malum darajada issiqlik talab etadi. O’rta Osiyoda issiqlik resurslriga ega. O’rta Osiyoning barcha tekislik qismida o’ratacha hisobda 2500-3000 soat quyosh yoritadigan davr hisoblanadi. Janubda esa undan ham ortadi bunday sharoitda issiqsevar paxta, jut, kanop, sholi va turli xildagi mevalar yetishtiriladi, bazi ekinlarda ikki marta hosil olinadi. Suxon-SHerobot vodiysida subtropik ekinlarni yetishtirish mumkin. Gelio resursdan foydalanish uchun parniklar va issiqxonalar isitoshda komunal xujalikda jumladan suvlarni isitishdan va boshqa maqsadlarda energiya olishda foydalanish mumkin ayniqsa O’zbekiston FA-sining << Quyosh ishlab chiqarish birlashmasining>> Parkentdagi tajriba maydonida quyosh energiyasi foydalanishda katta ishlar olib borilmoqda maxsus labaratoriyada quyosh enirgiyasini, mexanik energiyaga aylantirib juda katta miqdordagi haroratini (4mln0) vujudga keltirmoqda.
Cho’l yaylovlarni suv bilan taminlashda kichik maydonlarda ekinlarni shamol enirgiyasi asosida ishlovchi nasoslar yordamida yer osti suvlardan foydalanish mumkin. Ferma va chorvalar, honadonlarning geologik ilmiy tadqiqot ishlarni olib boruvchi hodisalarni elektr energiyasi bilan taminlashda, sho’r suvlarni chuchuklashtirishda shamol kuchi bilan ishlovchi qurilmalardan foydalanish mumkin. SHamollarning o’rtacha yillik tezligi sekundiga 2, 5-3-5 m bo’lganida 10-12 klv quvvatga ega bo`lgan shamol elektr agregati bemalol ishlaydi va yiliga 26-35ming klv soatenergiya ishlab beradi. O’rta Osiyoning issiq , quruq va serquyosh iqlimi buyrak shamoli kabi kasalliklarni davolashda foydalanish mumkin Buxoroda , Bayramalida buyrak kasalligini davolash sanatoriyalari mavjud.



Yüklə 46,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin