2.2. ANTROPOGEN OMILLAR TA’SIRIDA IQLIMNING ZAMONAVIY O’ZGARISHLARI Iqlim va biosferaning kelajakdagi umumiy o’zgarishlari alohida qiziqish uyg’otadi. Shunga muvofiq, iqlim evolutsiyasining istiqbollari va antropogen ta’sirlarning ko’lami bilan bog’liq bo’lgan ikki muhim masalaga to’xtalib o’tamiz.
1. Iqlimning tabiiy evolutsiyasi. Geologik o’tmishdagi iqlimlarning rekonstruksiyasi bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha, astronomik omillardan tashqari iqlim o’zgarishlarining asosiy sababi sayyoramizning tektonik hayoti (qit’a va okean qismlarining migratsiyasi) hisoblanadi. Havodagi uglerod angidridi miqdori vulqon faoliyatining intensivligi hamda uning dengiz va okeanlar suvlarida yutilish darajasiga bog’liq. Kaynazoy erasi davomida atmosferadagi CO2 miqdorining to’xtovsiz kamayishi yuz bergan. Atmosferadagi uglerod angidridi konsentratsiyasining kamayish jarayoni oligosen va, ayniqsa, pliosen davrida keskin tezlashgan. Pliosen davrining oxirida CO2 ning umumiy massasi butun fanerozoy davridagi eng kichik qiymatga erishgan va bu global sovishning sabablaridan biri hisoblanadi.
To’rtlamchi-oligosen vaqtida vulqon faoliyatining kuchsizlanishi natijasida CO2 ning tabiiy kamayishini e’tiborga olsak, CO2 balansiga insonning xo’jalik faoliyati ta’sir ko’rsatmasa, CO2 ning kamayish moyilligi saqlanib qoladi, deb hisoblash mumkin. Kaynozoy erasi davomida sanoatning tezkor rivojlanish davrigacha (XIX asr oxiri-XX asr boshi) uglerod angidridi konsentratsiyasining 0,029% miqdorgacha umumiy kamayish moyilligini bilgan holda, atmosferadagi CO2 miqdori 0,015% dan ortiq bo’lmaganida yuz beradigan sayyoramizning butunlay muzlash vaqtini aytib berish mumkin. CO2 miqdorining bu ikki qiymatlari orasidagi farq kaynozoyning oxirida, to’rtlamchi muzlash davridan hozirgi zamongacha yuz bergan uglerod angidridi konsenfratsiyasining o’zgarishlariga yaqin, ya’ni taxminan 1-1,5 mln yil. Bundan inson hech qanday ta’sir o’tkazmaganida Yerning butunlay muzlashi taxminan 1 mln yildan so’ng yuz beradi, degan xulosaga kelish mumkin.
Yerning kosmik fazodagi holatining (ekssentrisitet, Yer o’qining qiyaligi) o’zgarishi kabi astronomik omillar kelajakda iqlimning o’zgarishiga oiib keluvchi ikkinchi mustaqil sabab bo’lishi mumkin. Hisoblarning ko’rsatishicha, uncha katta bo’lmagan muzlashlar har 170, 215, 269 va 335 ming yilda, kuchli muzlashlar esa har 505, 620, 665 va 715 ming yilda kuzatilishi mumkin. Hisob-kitob ma’lumotlariga qaraganda, 10-15 ming yildan keyin shimoliy yarimsharning yuqori kengliklariga Quyosh radiatsiyasi tushishining so’nggi vyurm muzlashi zamonidagi miqdorining taxminan 2/3 qismini tashkil etuvchi o’zgarishi yuz berishi mumkin. Quyosh radiatsiyasi miqdorining kamayishi muzlashning rivojlanishiga olib keladi va vyurmdagiga nisbatan kamroq intensivlikka ega boigan yangi muz davri boshlanadi.
Bundan keyin Quyosh radiatsiyasi ortishi, muz qoplami erishi mumkin va muzlashlar oralig’i davri yangidan boshlanishi kerak. Hisoblarga muvofiq, radiatsiyaning kamayishi har 50 va 90 ming yilda takrorlanadi, kamayish amplitudalari orttb boradi hamda quwati va masshtabi vyurm muzlashiga teng bo’lgan muzlashga olib keladi.
Bu ikki mustaqil omillarning ta’siri kuchayib boradi va shu bilan birga inson hech qanday ta’sir ko’rsatmaganida muzlashning rivojlanish vaqti qisqarib, bir necha yuz ming yildan so’ng sodir bo’lishi mumkin.
2. Iqlimning antropogen o’zgarishlari. Iqlimga antropogen ta’sirlarning uchta turi farqlanadi:
a) iqlimga bevosita ishlab chiqarish faoliyatining rivojlanishidagi, ko’pincha oqibatlari o’ylanmagan ta’sirlar;
b) iqlimga, hech bo’lmaganda, lokal oqibatlari u yoki bu darajada ma’lum bo’lganda va mikroiqlim nuqtai nazaridan hisobga olinadigan yoki foydalaniladigan, xo’jalik faoliyati zaruriyatlari uchun tabiatni o’zgartirish jarayonlaridagi ta’sirlar;
d) iqlim yoki mikroiqlimni o’zgartirish maqsadida tabiiy muhitga rejalashtirilgan yirik amaliy maqsadlardagi ta’sirlar.
b) va d) guruhlariga quyidagi turlardagi inson faoliyatining oqibatlarini kiritish mumkin:
-muzlashlardan himoyalanish maqsadida radiatsion va issiqlik rejimlariga ta’sir;
-muzlashlardan himoyalanish hamda tuproqning issiqiik va namiik rejimini o’zgartirish maqsadida tuproqni qoplash;
-o’rmonlarni kesish va hududlarni o’rmontashtirish, botqoqlarni quritish, sun’iy suv havzalarini barpo qilishda to’shalgan sirt xususiyatlarining o’zgarishi;
-o’rmon polosalari yordamida shamol rejimi va turbulent almashinuvga ta’sir ko’rsatish. temiryo’llarni qordan himoyalash maqsadida himoya polosalarini barpo etish, maydonlarda namlikni yig’ish maqsadida to’siqlardan foydalanish va boshqalar;
-hududlarni sug’orish va quritish;
-suv omborlarini qurish;
-shahar iqlimini urbanizatsiyalash.
a) va b) guruhlariga atmosfera tarkibining o’zgarishi (parnik gazlar, aerozol va boshqalar) bilan bog’liq oqibatlarni kiritish mumkin.
Antropogen ta’simi e’tiborga olib, iqlimning yaqin 100 yildagi o’zgarishi prognozini ko’rib chiqamiz. Bu vaqt oralig’ida iqlimga kamida uchta asosiy omil ta’sir ko’rsatadi: turli ko’rinishdagi yoqilg’i energetikasining rivojlanish tezligi; faol xo’jalik faoliyati natijasida atmosferadagi uglerod angidridi miqdorining ortishi; atmosfera aerozoli konsentratsiyasining o’zgarishi.
CO2 konsentratsiyasining o’zgarishini prognozlashda, bir tomondan, energetika ehtiyojlari uchun organik yoqilg’ini yoqishning ortishiga bog’liq bo’lgan konsentratsiya ortishini hisobga olish kerak, Boshqa tomondan, CO2 konsentratsiyasining ortishi uglerod angidridining ortishiga sekinlashtiruvchi ta’sir ko’rsatadigan biomassaning kcrpayishiga olib keladi. Bu ikki omilni e’tiborga olgan turli tadqiqotchilarning hisobiari bo’yicha, 2000-yilda 0,037-0,039% bo’lgan CO2 konsentratsiyasi 2025-yilda-0,047-0,074% ni tashkil etishi kutilmoqda. Undan keyin, barcha tadqiqotchilarning fikricha, atmosferadagi CO2 konsentratsiyasi asta-sekin kamayib boradi.
Atmosfera aerozolining roli shundaki, atmosferadagi aerozol zarralari uning albedosini orttiradi va shu bilan o’rtacha global haroratning pasayishiga olib keladi. Barcha mamlakatlarda atmosferaga chiqarilayotgan aralashmalarni tutib qolish va utilizatsiyalash bo’yicha katta kompleks ishlar olib borilayotganligi uchun yaqin kelajakda antropogen aerozollarning ortishi kam bo’ladi. Biroq model hisoblarida atmosferaning gaz va aerozol tarkibini sezilarli o’zgartirishi mumkin boigan yirik vulqon otilishlari imkoniyati hisobga olinmaydi. Iqlim o’zgarishining barcha prognoz modellari ham parnik effektini kuchaytirishga olib keluvchi kichik gaz tashkil etuvchilarining (freon, azot oksidlari va boshqalar) atmosferaga qo’shilishini hisobga olmaydi.
Sanab o’tilgan omillar ta:sirida prognoz qilinayotgan harorat o’zgarishlari 1975-y. ga nisbatan 2000-y. da 0,2-0,9°C, 2025-y. da-0.6-2, VC, 2050-y. da-1,2-3,9°C bo’lishi kutilmoqda. 1982-y. da 2050-y. harorat o’zgarishiga aniqlik kiritilgan bo’lib, u o’rtacha 2,5°C ga teng deb qabul qilingan.
M.I. Budiko paleoiqlimiy ma’lumotlarni haroratning hozirgi o’zgarishlari sur’atlari bilan taqqoslab, 2025-2050-yy. yanvar nol izotermasi Yevropada 1975-y. dagiga nisbatan 10-15° shimolroqqa siljiydi, deb hisoblaydi. XXI asrning dastlabki o(n yilliklarida Rossiyaning shimoli-sharqiy qismidagi harorat sharoitlari hozirda Markaziy Fransiyadagiga, G’arbiy Sibirdagi tabiiy sharoitlar esa Polshaning janubiy qismidagi sharoitlarga o’xshash bo’ladi.
Agar XXI asr o’rtalarida CO2 ning atmosferadagi miqdori piiosendagidek (tahminan 5 mln yil) bo’lsa, iqlimning giobal va regional rekonstmksiyasi asosida Rossiya hududida 50° sh.k. dan shimolroqda o’rtacha yanvar haroratlari hozirgiga nisbatan 10-15°C, o’rtacha yillik haroratlar esa 5—8°C ga yuqoriroq bo’lishini kutish mumkin. Kavkaz va O’rta Osiyo hududlarida o’rtacha yanvar haroratlari hozirgiga nisbatan 5-7°C, o’rtacha yillik haroratlar esa 2-3°C ga yuqori bo’ladi. Iqlim mintaqalarining shimolga siljishi hisobiga O’rta Osiyo hududi o’zgaruvchan namlikli subtropik mintaqaga mansub bo’ladi. Bunday isishga muvofiq Qozog’iston va O’rta Osiyoda bug’lanuvchanlik oriadi.
8. O’rta Osiyo iqlimi va uning o’zgarishi
O’rta Osiyo sovuq vaqtda o’rta kengliklar kontinental havosi ta’siri ostida bo’ladi. Shu bilan bir vaqtda uning hududida o’rta kengliklar frontining g’arbiy Osiyo qismida siklon faoliyati ham rivojlanadi. U eng katta intensivligiga janubiy va janubi-g’arbiy hududlarda mart-aprelda, Kaspiy shimolida qishda, Oltoy tog’larida esa yozda erishadi. Ba’zida O’rta Osiyoga sovuq arktik havo kirib kefadi. Bu kirib kelish hech qanday to’siqlarsiz sodir bo’ladi, chunki O’rta Osiyoning shimoliy qismida va G’arbiy Sibirda sovuq havo massalarini to’sib qolishi mumkin bo’lgan tog’ ko’rinishidagi to’siqlar mavjud emas. Sovuq havo massa-larining bunday kirib kelishida O’rta Osiyoning janubiy hududlarida ba’zi yillari qishda havo harorati-30...-35°C gacha pasayadi.
Yilning iliq vaqtida O’rta Osiyo kontinental tropik havoning shakllanish o’chog’i hisoblanadi. Bu havo juda isigan va quruq bo’tadi. Uning yoz vaqtida shakllanishi ochiq, quruq ob-havoning uzoq vaqt saqlanib qolishiga sabab boiadi. Bunday ob-havoda tuproq yuzasi ko’p miqdorda issiqlik oladi. Chunki O’rta Osiyoda tuproq namligining kamligi sababli bug’lanish uchun issiqlikning sarflanishi juda kam. Oqibatda Yer yuzasi kuchli qiziydi va havoga ko’p issiqlik beradL O’rta Osiyoda katta maydonni egallovchi qumlar ham havoning kuchli isishiga ta’sir ko’rsatadi. Bu maydonlardan hamda quruqlashgan tuproq yuzasidan havoga shamol vaqtida ko’p chang ko’tariladi. Havoga ko’tarilgan changlar egallagan umumiy maydon juda katta, shu sababli chang quyosh energiyasini katta miqdorda yiitadi. Chang zarrachalari bu energiyani issiqlik energiyasiga aylantirib, so’ngra havoga beradi. Har bir zarrachaning massasi juda kichik, shuning uchun utardan issiqlik uzatilishi tez sodir bo’ladi va natijada havo birmuncha isiydi.
O’rta Osiyo iqlimiga Orol dengizi deyarli ta’sir ko’rsatmaydi, Kaspiy dengizining ta’siri esa ko’proq. Uning ta’siri qirg’oq bo’ylab tor doirada seziladi. Bu havo namligining biroz ortishi va qish oylarida haroratning ortishiga olib keladi. Kaspiy dengizning janubiy qirg’og’i birmuncha iliqroq va ichkari qismlar iqlimiga ta’sir yaqqolroq seziladi.
O’rta Osiyoning shimoliy qismida chalacho’1 joylashgan. Chalacho’1 iqlimi dasht iqlimidan cho’l iqlitniga o’tuvchi iqlim hisoblanadt.
O’rta Osiyo chalachoi zonasi may-sentabr davrida yuqori haroratlar, kichik nisbiy namlik va kam yog’inlar bilan xarakterlanadi. Chalacho’lda yoz juda issiq. Iyulda o’rtacha harorat 24 yoki 25,5°C ni tashki! etadi. Biroq bu yerning qishlari sovuq, yanvar oyida Qozog’istonning chalacho’llaridao’rtacha harorat-12...-15°Cgachapasayadi. Qishda sharqiy yo’nalishdagi shamollar ustuvorlik qiladi. Ular Sharqiy Osiyodan sovuq havo massalarini olib keladi. Bu yerda mutlaq minimumlar-30...-35°C gacha yetadi, Qozog’istonning shimoliy hududlarida-40cC gacha yetadi. Bahor juda qisqa. Qishki sovuqlardan keyin jazirama yoz tez keladi. Sovuqsiz davr 160-180 kungacha cho’ziladi.
Chalacho’lda o’simliklar uchun namlik yetishmaydi va bu yerda ular tekis qoplam hosil qilmaydi. Chalacho’lda o’simliklar yakkam-dukkam o’sadi. ular orasida ochiq tuproqli yerlar kuzatiladi.
O’rta Osiyoning janubiy qismini egallagan cho’l zonasining iqlim sharoitl o’ta qurg’oqchilik, yozgi jazirama, bulutsiz va yog’insizlik bilan xarakterlanadi. lyulning o’rtacha harorati 26-30°C atrofida. Eng janubiy hududlarda kunduz kuni soyada maksimal harorat 45°C gacha, hattoki undan ham yuqori qiymatlarga yetishi mumkin. Yilning iliq vaqtida tunda havoning quruqligi evaziga harorat birmuncha pasayadi. Shu sababli O’rta Osiyoning dasht zonasida haroratning sutkalik amplitudalari katta. Yoz oylarida havoning nisbiy namligi kichik. Ba’zi kunlari 3% gacha tushib ketishi mumkin. Amudaryo oqiminining yuqori qismida afg’on shamoli deb nom olgan janubi-g’arbiy yo’nalishdagi kuchli va ancha changli shamollar tez-tez sodir bo’lib turadi.
Dasht zonasining shimoliy hududlarida sovuqsiz davr 180 kun uzoqlikka ega. Eng Janubiy hududlarda u 250-270 kungacha ortadi.
O’rta Osiyoning dasht zonasida qish vaqtida shimoli-sharqiy va sharqiy yo’nalishdagi shamollar bilan olib keiinadigan quruqlikning mo’tadil havosi ustuvorlik qiladi. Bu havo juda sovigan. Shu sababli bu yerning qishlari sovuq. Orol dengizi va Balxash ko’li hududlarida yanvarda o’rtacha harorat-8...-10°C atrofida. Janubga borgan sari yanvardagi o’rtacha harorat ortib boradi, Toshkentda-1,3°C, Janubiy chekkalarda 2 yoki 3°C gacha yetadi.
O’rta Osiyoda yog’inlar kam yog’adi. Ayniqsa yoz oylarida yog’inlar juda kam. Bahorda-mart va aprel oylarida O’rta Osiyoda siklonik faoliyat rivojlangan davrda yog’inlar eng ko’p yog’adi. Bu yog’inlar erigan suv bilan birga tuproqni namlaydi va bahorda o’tkinchi o’simliklarning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Bu o’simliklar jazirama va quruq yoz kelishi bilan yo’qolib ketadi. Biroq yozda cho’llardagi ba’zi joylarda o’simliklar rivojlanishi uchun sharoit mavjud bo’ladi. Bunday sharoitlar haroratning sutkalik katta tebranishi evaziga tuproqda suv bug’ining kondensatsiyasi hisobiga hosil bo’lgan namlik mavjud joylarda yuzaga keladi. Yog’inlarning yillik yig’indisi 150-250 mm atrofida. ba’zi joylarda 100 mm, hattoki, undan ham kam (To’rtko’lda 80 mm). Qor qoplami cho’Uarning shimoliy hududlarida (Orol dengizi va BaLxash ko’li hududida) ikki oy atrofida saqlanadi. Janubiy hududlarda esa 3-5 hafta atrofida saqlanadi.
O’rta Osiyoning janubi-sharqiy qismida joylashgan tog’larda yoz salqin, qishsovuq, yog’inlarningyillikyig’indisi 1000-1500 mmgacha ortadi. Atmosfera frontlarining faollashishi bunga sabab boiadi. Tog’oldi qismlarida fyonlar tez-tez yuzaga keladi. Biroq baland tog’ platolarida (yassi tog’) iqlitn cho’l iqlimi xarakteriga ega. Yog’iiUar kam yog’adi, haroratning sutkalik va yillik tebranishlari yuqori. Pomir tog’ining sharqiy qismida bir yilda 60—90 mm yog’in yog’adi. Bu yog’inlarning katta qismi cho’llardagi kabibahorda emas, balki yozda kuzatiladi. Pomirning g’arbiy qismida yog’inlarbirmuncha ko’p (1000 nim gacha). Pomirda qish vaqtida-47°C gacha sovuq kuzatilishi mumkin. Ko’p yillik muzlik katta maydonni egallaydi. Sovuqsiz davr bor-yo’g’i 55-60 kun davom etadi. Biroq tog’ vodiylarida iqlim jazirama. Hisortog’iningjanubidajoylashgan, 800-900 m balandlikda yotgan Hisor vodiysida o’rtacha harorat yanvarda-0,5"C, iyulda 29°C. Bir yilda 500 mm gacha yog’inlar yog’adi. Iqlim sharoitlari bu yerda bir yillik subtropik ekinlarni yetishtirish imkonini beradi. Dengiz sathidan 400 m balandda joylashgan Vaxsh vodiysida iqlim yanada jazirama. Bu yerda o’rtacha harorat yanvarda 3°C, iyulda 31°C, bir yilda 200-250 mm yog’inlar yog’adi (Jiliko’1). Vaxsh vodiysida sug’oriladigan yerlarda yuqori sifatli paxta o’sadi. Bu yerda ko’p yillik subtropik ekinlardan sitrus ekinlari, anor, anjir, shakarqamish va boshqalar yetishtiriladi.
Geologik oltmishdagi iqlim rekonstruksiyasi O’rta Osiyo hududida iliq-tropik iqlim tipi kuzatilgan Kembriy davridan boshlab harorat va namlanish rejimini tiklash imkonini berdi. O’rta Osiyoning janubiy chekkasida u quruq bo’lgan. o’rtacha yillik harorat 2O~25°C atrofida bo’lgan. Ordovik va silur oxirida Yer sharini qamrab o]gan global sovish o’rtacha haroratni 15-18°C gacha pasaytirgan. Biroq iqlim tipining tropikligi saqlanib qolgan. Keyingi geologik davrlarda (devon, boshlang’ich va o’rta karbon) shimoliy-g’arbda 20-28DC tartibdagi haroratlar va hududning g’arbida arid bo’lgan tropik iqlim tipi kuzatilgan. Karbon oxirida (300-285 million yil oldin) global sovish sodirbo’lgan. O’rta Osiyoda o’rtacha harorat 15-16°C gacha pasaygan va aridlik saqlanib qolgan. Butun Perm va Trias davrda 20-25°C haroratli tropik arid iqlim saqlangan. Tiras davri oxirida (200-190 million yil oldin) haroratning 18-20°C gacha birmuncha pasayishi sodir bo’lgan. Yura va Mel davrlari o’rtacha harorat 20-25°C bo’lgan tropik arid iqlim bilan xarakterlanadi. Faqat mel davrining oxiridagina yangi global sovish sodir bo’ldi. Bu davrda o’rla Osiyoda o’rtacha harorat 14-l6°Cgachapasaydi. Iqlim tropikaridlikxususiyatinisaqlab qolgan. Mel davri oxirida o’zgaruvchan namlanish xususiyatiga ega bo’lgan. Paieogen davrida (55-40 million yil oidin) Yersharida yana sovish kuzatilgan. Bu davrning oxirida Antarktidada birinchi dengiz muzlari paydo bo’la boshlagan.
O’rta Osiyoda harorat 10-12°C gacha pasaygan. Janubiy hududlarda tropik iqlim bilan bir qatorda uning shimoliy va shimoli-g’arbiy qismlarida subtropik iqlim xususiyatlari paydo bo’la boshladi.
Miosenda (22,5-5,5 million yii oldin) 15 va 5 million yil oldingi isishlar davrlari (S million yil oldin) sovishlar bilan almashgan. Ta’kidlash lozimki, bu vaqtda O’rta Osiyo iqlimi tobora o’zgaruvchan namlanishli subtropik bo’lib borgan. Isishlar davrida o’rtacha harorat 15-16°C dan ortmagan. Sovishlar davrida haroratlar 10-12°C gacha pasaygan.
Olrta Osiyo to’rtlamchi davrda juda kuchli sovishlarga va muzliklar davri orasida isishlariga duchor bo’lgan. Iqlim tamomila fasliy namlanishli subtropik xusustyat oldi. Muzlash va vaqtida o’rtacha harorat 8~10°C gacha pasaygan bo’lishi ehtimol.
XULOSA Xulosa qilib shuni aytganda tarixiy manbaiar oxirgi rning yilliklardagi O’rta Osiyo iqlimi haqida tasavvurga ega bo’lish imkonini beradi.
XI asrning 1034 va 1038-yillarida sovuq va qorli qishlar kuzatilgan. Janubiy subtropik hududlarda minimal harorat 16-17°C gacha pasaygan. XII asrning 1170-yilida qish qahraton kelib, ayrim joylarda Amudaryoning suvi muzlagan. Biroq bu anomal hodisa bir martagina kii7atilganga o’xshaydi. Yuqorida aytilgandan II ming yillikning boshida Ycvropaning katta qismi, Osiyo va Shimoliy Amerika iqlimi isiganligi bilan xaraklerlanadi.
XIV-XV asrlarda O’rta Osiyoda qorli va sovuq qishlar tez-tez kuzatilgan. Bular 1316, 1333, 1338-1339. 1343, 1388-1389, 1402-1404, 1496-yillar. Bu davr Yevropadagi eng kuchli sovish davri bilan mos keladi.
XVI yiiz yillik iliqroq, biroq yomg’irli bo’lgan. XVII asr sovuq qishlari, yuz yillik o’rtasi esa 1687-1688-yillardagi qnrg’oqchilik bilan shuhrat qozongan. Undan keyin sovuq va qorli qishlar davri boshlangan.
XVIII asr qishlari sovuq bo’lgan. 60-70-yillarda yetarlicha iliq ob-havo kuzatilgan va bunday ob-havo 80-yillarda sezilarli sovishlar vaqoryog’ishlaribilanalmashgan. XIX yuz yillik tez-tez takrorlanuvchi sovuq qishlar va noqulay hodisalar belgisi ostida o’tdi. XX asr boshi sovuq va ko’p qorli bo’ldi. 1909-yildan 1917-yilgacha bo’lgan davr o’zgacha sovuq qish va 1917-yil keskin qurg’oqchilik bilan xarakterlangan. Toshkentda aprel va may oylarida 1 mm ham yog’inlar yog’magan, Samarqandda esa martdan yil oxirigacha yog’inlar umuman yog’magan.
Bundan keyin keltiriladigan ob-havo ma’lumotlari endi davriy meteorologik kuzatuvlarga asoslangan. 1925-1926-yillarda qish iliq bo’lgan. 1928-1931-yillarda anomal sovuq qish kuzatilgan. 1934 va 1975-yillar yanvari sovuq bo’lgan. 1939-1941-yillar va 1965-1966-yillarning qishi iliq bo’lgan.
Umuman olganda 30-yillardan 40-yillar o’rtalarigacha bo’lgan davr anomal sovuq bo’lgan. O’rta Osiyoda isish 40-yillar oxiridan boshlangan va kichik tebramshlar bilan hozirgi vaqtgacha davom etib kelmoqda.