O’smirlarda stressli vaziyatlarda psixologik himoya namoyon bo’lishining ijtimoiy psixologik xususiyatlari



Yüklə 255,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix08.08.2023
ölçüsü255,54 Kb.
#138953
  1   2
3205-Article Text-6483-1-10-20220430



O’smirlarda stressli vaziyatlarda psixologik himoya namoyon 
bo’lishining ijtimoiy psixologik xususiyatlari 
Mohinur Sevindikovna Shukurova 
olimovlaziz82@gmail.com
Buxoro davlat universiteti
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada ekstremal vaziyatlarda o‘smirlarda himoya 
mexanizmlari sohasida olib borilgan izlanishlar asosida to‘plangan ma’lumotlarga 
tayangan holda ilmiy mushohada yuritilgan bo‘lib, asosan xorij psixolog olimlarining 
bu boradagi psixologik qarashlari o‘rtasidagi aloqadorlik tahlil qilinadi, muammoni 
o‘rganishga oid tadqiqot metodi asosida olingan natijalar bo‘yicha xulosa beriladi.
Kalit so‘zlar: 
stress, distress,
 
koping xulq-atvor, koping strategiya, yenga olish, 
himoya mexanizmi, mafkuraviy muhofaza
 
Socio-psychological characteristics of the psychological 
protection of adolescents in stressful situations
 
Mohinur Sevindikovna Shukurova 
olimovlaziz82@gmail.com
Bukhara State University
Abstract: 
This article is based on scientific observations on the mechanisms of 
protection in adolescents in extreme situations, the manifestations of coping behavior, 
and mainly the psychological views of foreign psychologists in this regard. The 
relationship between the two is analyzed, the conclusion is made based on the results 
obtained through the research method of studying the problem.
Keywords: 
stress, distress,
 
coping behavior, coping strategy, coping, defense 
mechanism, coping strategy, sensory psychological protection, perceptual 
psychological protection, 
Ekstremal vaziyatlarda shaxs psixologik himoya qilish muammosi hamisha 
insoniyat oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelgan. Zero, insonning 
har jihatdan ijtimoiy taraqqiyoti, shaxs sifatidagi faolligi va o‘zini o‘zi rivojlantira 
borishi ko‘p jihatdan ushbu jarayonga bog‘liqdir.
Alohida ta’kidlash joizki, shaxslar o‘zlarining ma’lum doiradagi psixologik 
imkoniyatlari, yutuqlari, kamchiliklari haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘lsalar, bu 
ularning hayotda uchraydigan har qanday muvaffaqiyatsizliklarni osonlik bilan 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1771


bartaraf etishga, o‘z imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalana olishga, bir so‘z bilan 
aytganda, o‘zlari haqida yanada teran, ijobiy va o‘ziga xos ijtimoiy qiymatga ega 
bo‘lgan tasavvurlarning shakllanishiga keng imkoniyatlar yaratadi. 
Zero, bu jarayonda eng avvalo ta’lim-tarbiya tizimi, uning mazmun-mohiyati, 
ta’lim tizimini takomillashtirishga xizmat qiluvchi ekstremal vaziyatlarda shaxs 
psixologik himoyasi tamoyillar muhim ahamiyat kasb etadi.
Prezidentimizning har bir nutqi, asarlari o‘sib kelayotgan yosh avlod 
muammolariga bag‘ishlanishi shaxsni shakllantirish, shaxs tuzilmasida ma’naviy 
komponentning o‘rni qanchalik ahamiyatga ega ekanligini isbotlaydi. Zero, jamiyatda 
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ma’naviy tanazzulning oldini olish, yuzaga kelish 
ehtimolini pasaytirishda sog‘lom e’tiqod, munosabat, dunyoqarashiga ega bo‘lgan 
barkamol inson shaxsini shakllantirish muhim vazifalar sirasiga kiradi. 
Respublikamizda o‘ziga xos izchillik bilan amalga oshirilayotgan barcha 
islohotlarning tub markazida shaxs va uning ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlashga 
qaratilgan qator chora-tadbirlar yotadiki, bu jarayonda psixologik yondashuvlar muhim 
ahamiyat kasb etadi. Zero, har bir shaxs tezkor vaziyat muhit bilan bog‘liq o‘ziga xos 
psixologik imkoniyatlariga yetarlicha baho bermay turib shaxsning taraqqiyotiga 
hozirgi zamon talablariga mos natija ko‘rsatish juda mushkuldir. Tabiiyki, bu holat 
psixologlar, favqulotda vaziziyat, yong‘in xavfsizligi xodimlari zimmasiga yanada 
ko‘proq mas’uliyat yuklatiladi. Azal-azaldan mehribon mehmon do‘st va insonparvar 
hisoblangan o‘zbek xalqi uchun inson hayoti hamma narsadan ustundir. Shuning uchun 
ham ekstremal vaziyatlarda shaxslarga psixologik yordam ko‘rsatish va favqulotda 
vaziyatlarda psixologik himoya qilish hozirgi kunda dolzarb muammo hisoblanadi. 
Bugungi psixologiya fani taraqqiyoti an’analari bilan bog‘liq insonning amaliy 
psixologiyasini, uning jamiyatdagi ijtimoiy faolligi va ijtimoiy tabiatidan ajratib 
bo‘lmaydi. Shu nuqtai nazardan, inson omillarini va uning jamiyatdagi ijtimoiy 
jarayonlarini to‘g‘ri va samarali boshqarish jarayoni jamiyatga va jamiyat a’zolariga 
psixologik xizmat ko‘rsatish muqararligini talab qiladi. Vaholanki, iqtisod, huquq, 
etika, etnografiya, tarix, sotsiologiya va shu kabi barcha fanlarning o‘zaro mustahkam 
hamkorligi natijasida inson psixologiyasining amaliy muammolari hal etilishi lozim. 
Yuqoridagilarga asoslanib aytish mumkinki, umuman ekstremal vaziyatlarda 
psixologik himoya jarayoni shaxs tabiati uchun xarakterli bo‘lgan boshqa xil himoyalar 
orasida ham alohida ajralib turadi. Jumladan, biologik himoyada shaxsning individ 
yoxud biologik mavjudot sifatidagi ehtiyojlarining qondirilishi bilan bog‘liq harakatlar 
tushunilsa, ijtimoiy himoyada esa shaxsning davlat va jamiyat tomonidan ma’lum 
me’yoriy hujjatlar asosida himoya qilinishi tushuniladi. Iqtisodiy himoya jarayoni 
shaxsning moddiy ta’minlanganlik darajasini belgilashga qaratilgan tadbirlar, qonunlar 
va rasmiy hujjatlar bilan belgilanadi. Ko‘pgina adabiyotlarda ma’naviy-mafkuraviy 
muhofaza jarayoniga dahldor mulohazalar ham mavjud. Bunda asosan yoshlardagi 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1772


milliy e’tiqodni mustahkamlash ma’naviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik masalalariga 
alohida e’tibor qaratiladi. Insonning ekstremal vaziyatlarda psixologik himoyasi esa 
uning shaxs sifatidagi faoliyati hamda faolligini ta’minlashga xizmat qiluvchi o‘ziga 
xos psixologik imkoniyatlar bilan belgilanadi va baholanadi. Ilmiy adabiyotlar talqini 
psixologik himoya metodologiyasining umumiy yo‘nalishlari G‘arb ijtimoiy 
psixologiya namoyandalari tadqiqotlarini quyidagicha izohlash mumkin: V.Vundtning 
1900 yilda chop etilgan "Xalqlar psixologiyasi" nomli yirik (o‘n tomlik) asari ijtimoiy 
psixologiya yo‘nalishlarini yorqinlashtirishga xizmat qilib, inson ma’naviyati, 
madaniyati va mafkurasini o‘rganishning murakkab tomonlarini ochib berdi. Taniqli 
ingliz psixologi Vilyam Makdugallning 1908 yilda yozilgan "Ijtimoiy psixologiyaga 
kirish" asaridagi "ijtimoiy xulq-atvor instinktlari" nazariyasi freydizmga qarshi o‘laroq 
inson instinktlari va faoliyat uyg‘unligini ta’minlash muammosini yoritishga ilk bor 
asos bo‘lib xizmat qildi. Binobarin, E.Fromm, J.Saliven, V.Shuts, G.Sheparde, 
V.Bayon kabi olimlar tomonidan guruhlar psixologiyasi nazariyasini yaratishga asos 
solindi. Bunda turli xil ijtimoiy psixologik treninglar orqali guruhdagi shaxslararo 
munosabatlar bilan bog‘liq psixologik iqlimni kamol toptirish yo‘llarining ilk bor 
ko‘rsatilishi mehnat jamoalaridagi ijtimoiy psixologik xizmat vazifalarini belgilash 
uchun ma’lum darajadagi empirik ma’lumot sifatida xizmat qilishi mumkin. 
Rivojlangan mamlakatlarda yaratilganyotgan kognitivizm doirasidagi nazariyalar 
ekstremal vaziyatlarda psixologik himoya metodologiyasini asoslashga xizmat qiladi. 
Chunonchi, L.Festingerning kognitiv dissonanslar nazariyasi (insonning faoliyat 
ob’ektiga nisbatan xulq-atvori yoki munosabatini ongli ravishda o‘zgartirishga 
asoslangan), T.Nyukomning hamkorlik kommunikativ nazariyasi (o‘zgalarga va 
umumiy faoliyat ob’ektiga ijobiy munosabatlarni tarkib toptirishga asoslangan), 
Ch.Osgud va P.Tanenbaumaning "kongruentlik" (inson kognitiv tuzilishi asosidagi 
ob’ektni baholashga qaratilgan) nazariyasi, G.Olport, A.Maslou, K.Rodjers kabi 
olimlarning izlanishlari ham shular jumlasidandir.
Shaxsning psixologik himoya mexanizmlari ayrim nizolarning sub’ektiv 
sabablariga bevosita ta’sir etishi mumkin. Shaxsning shaxsiy yoki guruhiy ehtiyojlarini 
amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik va shaxsiy yoki guruhiy qiziqishlarini poymol qilish 
kabi sabablar nizoli vaziyatlarni vujudga keltiradi. Ko‘pincha jamoada qabul qilingan 
xulq-atvor formalari, ijtimoiy shakllanib borishi bilan individ reaksiyasi aniqlanadi. 
Bundan tashqari, individning nizolarga ishtiroki, uning oldiga qo‘ygan maqsadini 
amalga oshirish uchun yuzaga kelgan to‘siq qay darajada xalaqit berishi bilan 
aniqlanadi. Sub’ekt oldiga qo‘ygan maqsadi qanchalik muhim bo‘lsa va unga 
erishishni juda xohlasa, u shunchalik darajada qat’iylik bilan o‘zaro nizoli vaziyatlarga 
va unga xalaqit beruvchi shaxsga qarshilik ko‘rsatadi. Mazkur mulohazalarga 
asoslanib, Ivan Ognev tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi chizmada shaxsning 
nizolarda ishtiroki sabablarini shakllantirish tizimi tavsiya etiladi 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1773


Bugungi kunda mazkur chizmaga asoslanib Gannover Tabiiy Fanlar 
Akademiyasi, Amaliy psixologiya markazi prezidenti Ivan Ognev o‘z shogirdlari bilan 
qator ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Aytish joizki, mazkur tadqiqotlar zamirida ham 
shaxsning o‘zini o‘zi psixologik himoya qilish jarayonini tadqiq qilishga qaratilgan 
metodologik mulohazalar bayon etiladi.
B.M.Teplov, V.S.Merlin, V.D.Nebilisin, E.A.Golubeva va ularning shogirdlari 
tomonidan olib borilgan empirik tadqiqotlar mazmuni ijtimoiy psixologiya va 
ekstremal vaziyatlarda psixologik himoya uchun muhim bo‘lgan har bir shaxsning 
(individning) tabiiy va tug‘ma sifatlarini, oliy nerv faoliyatining o‘ziga xos qobiliyat 
elementlarini va unga ta’sir etuvchi ta’lim-tarbiya, tashqi muhit va faoliyatning ne 
chog‘lik tashkil etilish jarayonini mukammal o‘rganish va uni ijtimoiy maqsadlar 
asosida rivojlantirish yo‘llarini belgilash uchun katta imkoniyat yaratdi. Mazkur 
imkoniyatlar avvalambor insondagi u yoki bu faoliyatni bajarishga bo‘lgan iqtidor 
kurtaklarini o‘rganishni va shu asosda shaxs faolligini kamol toptirish uchun asos 
sifatida xizmat qilishi maqsadga muvofiq. Shunga asosan maxsus tadqiqotlar shuni 
tasdiqlayaptiki, faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil etish uchun individual xususiyatlar, 
ayniqsa, har bir shaxs temperamenti va individual uslubiga ham bog‘liq. Ayniqsa, 
mehnat va o‘quv faoliyati jarayonida ushbu holatni kuzatish, tahlil qilish va 
rivojlantirish bilan bog‘liq usullar majmuasining ishlab chiqilishi psixologik 
muhofazaning muhim vazifasi ekanligidan dalolatdir. 
Ye.Mironovning fikricha, ingliz tilidan tarjima qilinganda “stress” so‘zi “psixik 
zo‘riqish”, “bosim o‘tkazish” ma’nolarini anglatadi. Disstress so‘zi esa “qayg‘u”, 
“muhtojlik”, “charchash” ma’nolarida qo‘llaniladi. 
Hozirgi davrda stress deganda organizmning qandaydir qo‘zg‘atuvchi - stressor 
(stressni chaqiruvchi omillar) ta’siri ostida yuqori zo‘riqish holati tushuniladi. Stress 
so‘zi individning kazusli vaziyatlardagi emotsional holatini ifodalash uchun ham 
ishlatiladi. 
Stress holatlarini inson hayotining turli davrlarida turlicha namoyon bo‘lishi 
olimlar tomonidan tadqiq etilgan bo‘lib, ular ko‘pincha bu tafovutlarni ham asab, ham 
gormonal tizimdagi o‘zgarishlar bilan bog‘lab tushuntiradilar. 
Stressning shakllanish sabablari organizmning biologik butunligiga hamda 
insondagi psixologik holatga ham tahdid soladi. Ana shu asosda olimlar stress 
holatlarini ikki guruhga-fiziologik va psixologik stressga tafovutlashadilar. Fiziologik 
stressni fiziologik ta’sirlar - turli xildagi to‘siqlar, shuningdek, kuchli ovozlar, kuchli 
yorug‘lik, havoning yuqori harorati, vibratsiyalar va boshqalar keltirib chiqaradi. 
Psixologik stress vaziyatning favquloddaligi natijasida insonning yuzaga kelgan 
vaziyatga munosabati va uning murakkablikni baholashi yoki muammo oldida ojiz 
bo‘lib qolishi bilan belgilanadi. Vazifaning kutilmaganda o‘zgartirilishi, zarur 
tayyorgarlikning yo‘qligi, vaqt tig‘izligi, ishning yuqori ahamiyatga ega ekanligi, 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1774


shuningdek, topshirilgan vazifa uchun shaxsiy mas’uliyat - psixologik stressga olib 
keluvchi tipik vaziyatlar hisoblanadi. Shuningdek, psixologik stress axborot va 
emotsional stressga tafovutlanadi. 
Axborot stressi axborot yuklamalari ortib ketgan vaziyatlarda, inson o‘zi qabul 
qiladigan qarorlar oqibati uchun juda katta mas’uliyatli holat yuzaga kelganda u kerakli 
algoritmni topolmaydi, talab qilingan maromda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga 
ulgurmaydi. Axborotli stressga boshqaruvning texnik tizim operatorlarining ishi misol 
bo‘la oladi. 
Emotsional stress insonning jismoniy xavfsizligiga tahdid yuzaga kelganda 
(urushlar, jinoyat, avariya, falokat, og‘ir kasalliklar, uning iqtisodiy holati, ijtimoiy 
mavqei, shaxslararo munosabatlari xavf ostida qolganida (oilaviy muammolar
kasalliklar va h.k.)) namoyon bo‘ladi. 
Stressga munosabatning tashqi ko‘rinishdan turlicha, lekin yakuniy natijaga 
bo‘lgan munosabat jihatidan o‘xshashligiga qarab ikki turga ajratiladi: ulardan 
birinchisi - tormoz reaksiyasi - harakat faolligining sustlashuvi, yangi axborotni idrok 
qilib va esda saqlab qolishning qiyinligi, hattoki, oddiy harakatlarni ham bajarishga 
qodir bo‘lmaslikda namoyon bo‘ladi. Bunda asosiy emotsiyalar sifatida qo‘rquv, 
yordamga muhtojlik, apatiya kuzatiladi. 
Tashqi ko‘rinishdan qarama-qarshi bo‘lgan reaksiya impulsiv reaksiya nomini 
olgan. Bunday reaksiyada tashqaridan inson maksimum darajadagi faollikni namoyon 
etadi, doimiy harakatda bo‘ladi, shoshqaloq, ko‘p gapiradi, bir vaqtning o‘zida bir 
nechta har xil ishlarni bajarishga kirishadi, biroq ularning birortasini ham oxiriga 
yetkazmaydi. Fikrlash tez va ko‘pincha mayda narsalarda qotib qoladi. Kayfiyati 
nihoyatda o‘zgaruvchan bo‘lib, qo‘zg‘aluvchanlik agressiya bilan o‘rin almashib 
turadi. 
Shunday qilib, yuqoridagilarga asoslangan holda psixologik himoya 
muammosining ilmiy adabiyotlarda yoritilishining tadqiq qilish orqali mazkur 
muammoning psixologik tamoyillariga jiddiy e’tiborni qaratish zarurligi ma’lum 
bo‘ldi. Chunki ilg‘or psixologiya vakillarining har bir o‘tkazgan tadqiqoti natijalari 
ma’lum bir darajada ekstremal vaziyatlarda psixologik himoya muammosining 
ijtimoiy psixologik muammo ekanligini qayta - qayta ta’kidlashga xizmat qiladi. 
Bundan tashqari tahlillar shuni ko‘rsatadiki, aynan o‘smirlik yoshida o‘zini o‘zi 
psixologik himoya qilish haqidagi tasavvurlarni ilmiy - amaliy jihatdan o‘rganishga 
qaratilgan adabiyotlarning nihoyatda taqchilligi bugungi kunda mazkur muammoning 
aniq yo‘naltirilgan tadqiqot predmetiga aylantirish lozimligidan dalolat beradi. Buning 
uchun esa eng avvalo aynan shaxs o‘zini o‘zi ekstremal vaziyatlarda psixologik himoya 
qilish haqidagi tasavvurlarni maxsus tarzda o‘rganishning nazariy metodologik 
asoslariga murojat qilishga to‘g‘ri keladi. Zero, har qanday aniq yo‘naltirilgan tadqiqot 
yo‘nalishiga mos nazariy - metodologik ishlanmalarini ilmiy mushohada qilmasdan 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1775


turib, ishning ilmiy yangiligiga va salohiyatiga ijobiy baho berib bo‘lmaydi. Shu nuqtai 
nazardan yuqorida tadqiq qilingan ilmiy adabiyotlar tahliliga asoslanib o‘smirlarda 
o‘zini o‘zi ekstremal vaziyatlarda psixologik himoya qilish jarayoni bilan bog‘liq 
nazariy - metodologik tamoyillar talqiniga alohida e’tibor qaratishni lozim topdik. 

Yüklə 255,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin