guruhga kiruvchi hodisalarda shaxs atrofdagilarning diqqatini tortish, ulardan
yordam va madad olish maqsadida suitsidga qo’l uradi. “Nima uchun bunday
qildingiz?” degan savolga: “Atrofdagilar meni qanday mushkul ahvolga tushib
qolganimni tushunishlari uchun” deb javob beradi. Shuningdek, bu guruhga
namoyishkorona-shantaj urinishlari, ya’ni ma’lum bir jamoat vakillariga ta’sir
Bunday tipdagi sabablari mavjud shaxs suitsidni amalga oshirishdan avval,
har doimgidek, to’g’ridan-to’g’ri yoki orqadan o’z maqsadi haqida yoki o’zini
o’ldirmoqchiligini bildirib po’pisa qiladi. Suitsidal urinish, odatda, atrofdagilar
ishtirokida yoki suitsident shunday harakat qiladiki, yaqinlari uning qilmishidan
voqif bo’ladilar (masalan, o’zini dori preparatlari bilan zaharlagani zahoti
tanishlariga qo’ng’iroq qiladi va o’zining xatti-harakati haqida aytadi). “Yordamga
chaqiruv” tipidagi shaxs o’z xatti-harakatining oqibatini o’ylamaydi hamda
ko’proq atrofidagilar uning qilmishiga qanday munosabatda bo’lishlari qiziqtiradi.
Bu tipdagi yoshlar uchun vosvosga uchrash, jazavaga tushish va o’zini yosh
bolalarcha harakat qilish xosdir.
“Norozilik” tipidagi suitsidal reaktsiya. Bu guruhdagi hodisalarda odam
mojaroli vaziyatlarda nafrat, g’azab tuyg’ularini his qiladi va o’ziga shikast
etkazuvchi harakatlarga qo’l urib, bo’layotgan hodisalarga o’z noroziligini
bildiradi. Suitsidal harakatdan maqsad nimaligini bunday shaxslar, odatda
anglamaydilar hamda “O’zimning nafrat (alam) imni ifodalash uchun”;
“Aybdorlarni jazolash uchun”, degan javoblarni beradilar.
O’ziga shikast etkazish harakatlari, odatda, rejalashtirilmaydi, “qisqa
tutashuv” xarakteriga ega bo’lib, ko’pincha, spirtli ichimliklar yoki narkotik
ta’sirida amalga oshiriladi. Bunday tipdagi reaktsiya aksariyat ta’sirchan, kuchli
emotsional xususiyatlarga ega yoshlarga xosdir.
“Qochish” tipidagi suitsidal reaktsiya. Bu guruhga mansub hodisalar
shundayki, bunda odam biron-bir qiyin, ruhiy shikast etkazuvchi hayotiy vaziyatlar
ta’sirida chorasizlik, ojizlik, natijasizlikdan tashvishlanish ta’sirida (vaziyatdan
qochish uchun) suitsidga qo’l uradi. Xususan, bu jarayonda suitsidal urinishni sodir
etilishiga asosiy sabablarni aniqlash maqsadida “Nima uchun bunday qildingiz?”
degan savolga, odatda, “Vaziyat juda og’ir edi, men u yog’iga nima qilishni bilmay
qoldim”; “Og’ir vaziyatdan qochish, u haqdagi o’ylardan chalg’ish maqsadida va
boshqalar. Bu guruhga yana shaxsning yomon emotsional tashvishlardan qutulish
yoki ulardan chalg’ish (azoblardan qochish) maqsadidi suitsidal urinishga qo’l
urish hodisalari ham kiradi. Bunday shaxslar suitsidal harakatlardan maqsad
nimaligi so’ralganda: “Buni chidab bo’lmaydigan ruhiy og’riqlardan qutulish
uchun qildim”; “Xavotir va tushkunlikdan qutulishni istadim”, deb javob beradilar.
Dostları ilə paylaş: