O’smirlarda suisidal holatlar va ularni diagnostikasi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/41
tarix02.01.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#37638
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
yuridik psixologiya karakulova u

 

 


 

 

4.  O’smir  va  o’spirinlar  suitsidal  xulq-atvorining  o’ziga  xos 

xususiyatlari 

            

Ontogenetik  rivojlanishning  turli  bosqichlarida  suitsidal  xulq-atvor  o’ziga  xos 

xususiyatlarga ega. Ikkita asosiy “avj”ga bo’linadi: “yoshlikning avji” – 15 dan 23 

yoshgacha  va  “involyutsiya  avji”  –  40  yoshdan  so’ng.  Tajriba  va  ko’p  sonli 

tadqiqotlarning  ko’rsatishicha,  eng  ko’p  o’ziga  xos  xususiyat  bolalik-o’smirlik 

bosqichi va inson hayotining involyutsion davriga ajratib ko’rsatiladi.  

O’smirda suitsidal ko’rinishning tahlil natijalarini ko’rsatishicha, bu yoshda 

suitsidal xulq-atvor, garchi kattalarning xulq-atvori bilan ko’p tomonlama o’xshash 

bo’lsa-da, baribir o’z yoshiga xos xususiyatlarga ega. Bu fiziologik va psixologik 

mexanizmlar,  o’sayotgan  organizm  va  shaxsning  shakllanish  davridagi  o’ziga 

xoslik bilan bog’langan. 

Bolalar va o’smirlarda autoagressiv harakatlar o’ta xavflidir. 

O’smirlar  uchun  o’lim  ancha  oshkora  hodisa  sifatida  shakllanib  boradi. 

Lekin ular o’zlari uchun, mototsiklni juda tez haydash, xavfli narsalar bilan tajriba 

o’tkazish yoki o’ziga jalb qiluvchi, lekin tahlikali faollik bilan shug’ullanishlarini 

rad  etadilar.  Keyinchalik,  o’smir  o’zining  o’limi  haqidagi  fikrga  keladi,  lekin  bu 

vahimani engib o’tib rad etadi. Bolalar ko’pincha o’smirlar suitsid sodir etib, o’lim 

bilan  yakunlanishini  nazardan  qochiradilar.  Kattalarga  qaraganda,  ularda  haqiqiy 

suitsidal  urinish  va  namoyishkorona  shantaj  autoagressiya  (o’ziga  yo’naltirilgan 

agressiya)  o’rtasida  aniq  chegaralar  mavjud  emas.  Bu  bolalar  va  o’smirlarda 

autoagressiyaning  hamma  ko’rinishlarini  amaliyotda  turli  ko’rinishdagi  suitsidal 

xulq-atvor sifatida ko’rib chiqishga majbur qiladi.  

O’zining o’limiga atrofdagilarning guvohligi yoki “qayta tug’ilish”ga intilish 

bolalar  va  o’smirlar  suitsidenti  uchun  xosdir.  Bolalik  davrida  o’lim  haqidagi 

tasavvur  bir  necha  bosqichda  bo’ladi:  bola  ongida  o’lim  haqidagi  tasavvurlarning 

butunlay yo’qligidan, to hayotdan ketishning rasman belgilari bilan tanishish (aza, 




janoza  tushunchalari)  va  boshqalar.  Bolaning  o’limdan  xabardor  bo’lish  na  uning 

shaxsiyatiga,  na  uning  yaqinlarining  shaxsiyatiga  to’g’ri  kelmaydi,  aksincha 

shakllanmagan o’lim bu abadiy o’lim, go’yoki uzoq muddatga yo’qlik yoki tiriklik 

sifatida tushuniladi Bola ikkala tarafda bo’lish imkoniyatini tan oladi: atrofdagilar 

uchun  o’lish  va  shu  bilan  birga  ularning  qayg’urishlarini,  o’z  janozasiga  guvoh 

bo’lishni  va  uni  xafa  qilganlarning  afsuslanishlarini  kuzatishni  istaydi.  O’lim 

qo’rquvining  yo’qligi  bola  psixikasini  ajratib  turuvchi  xususiyatdir.  Bolalar  va 

o’smirlarni  namoyishkorona  harakatlardan  uzoqlashtirish  xato  hisoblanadi. 

Hayotiy  tajriba  va  tasavvurlarning  etarli  emasligi  natijasida  bironta  usul  tanlay 

olmaydi.  Natijada  rejasizlik,  o’z  joniga  qasd  qilish  usullarini  bilmaslik  yuqori 

darajada  o’lim  xavfini  tug’diradi.  Shuningdek,  xavf  yosh  xususiyatlariga  qarab 

ham  ortadi.  Lekin,  hayot  qadri  tushunchasini  anglamay  turib,  o’smirlarda  o’lim 

qo’rquvi  shakllanadi.  “Metafizik  intoksikatsiya”,  o’smirning  o’ziga  xos 

psixologiyasi,  jumladan  hayot  va  o’lim  mavzusida  fikrlashida  namoyon  bo’ladi. 

Umumiy beqarorlik, tanqidning etishmasligi, o’ziga nisbatan yuqori baho berish va 

xudbinlik  hayot  qadrini  anglashning  pasayishi  uchun  sharoit  yaratadi,  bunda 

o’smirning hissiyotlari salbiy tus oladi hamda mojaroli vaziyatlarda suitsidal xulq-

atvor uchun zamin yaratadi. 

O’z  hayotiga  nuqta  qo’yish  maqsadini  anglash  mezonlaridan  tashqari, 

kattalarda  o’z  joniga  qasd  qilish  haqiqatini  aniqlash  uchun  suitsid  va  suitsident 

xulq-atvorining o’ziga xos xususiyatlari uslublari tahlil qilinadi.  

Suitsidning  xavfli  mojaroli  vaziyatlarini  tahlil  qilish  orqali  ular  bola  yoki 

o’smir  uchun  arzimas  narsalar,  kattalarning  fikricha,  kelishmovchiliklar  sababli 

yuz  beradi.  Shuningdek,  baholashda  ayrim  maksimalizm:  o’z  qilmishlarining 

haqiqiy  oqibatlarini  ko’ra  bilmaslik  va  bo’lgan  hodisalarning  oqibatini  tashxis 

qilish,  hayotiy  tajribaning  yo’qligi  bolalikning  o’ziga  xos  davri  va  chorasizlik, 

mojaroning  hal  bo’lmasligi,  afsuslanish  va  yolg’izlik  hissini  paydo  qiladi. 

Bularning hammasi, hattoki, arzimas nizoli vaziyatlar bola uchun, ayniqsa, o’smir 

uchun  atrofidagi  kattalarning  ba’zida  xolis  baholamasliklari  suitsid  xavfini 



oshiradi.  Bularning  hammasi  pubertat  yoshda  suitsidal  xavfning  oshishiga  sabab 

bo’ladi. 

Agarda katta yoshli suitsidentlar orasida ahamiyatli darajada erkaklar (1G’3) 

ustun bo’lsa, o’smirlar orasida bu ko’rsatkich ya’ni qarama-qarshi qizlar o’rtasida, 

shu  yoshdagi  o’g’il  bolalarga  qaraganda  (3,9%  qarshi  1,6%),  o’zini  o’ldirish, 

deyarli, 2,5 marta ko’p. Bu erda, aniqlanishicha, suitsidal xulq-atvor jinsga bog’liq 

emas, balki qizlar rivojlanishda ushbu yosh diapazonida oldindaligidir. 

Suitsidal  sindromga  yosh  bosqichining  ta’siri  quyidagi  ma’lumotda  ya’ni 

o’limga  intilishning  kuchli  shakliga  duchor  bo’lganlar  1,3  %  10–11  yoshli 

o’smirlar, 1,9 % 12–13 yoshlilar, 2,7% 14–15 yoshlilar va 4,5% 16–18 yoshlilarda 

kuzatiladi. Bu fenomen bola modeli bilan atrofdagi ijtimoiy dunyoning munosabat 

umumlashmasida  ko’proq  javobgarlik  xulq-atvori  yotadi.  Qizlarga  nisbatan  o’g’il 

bolalarda avvalroq katta bo’lib, bu jarayonni o’zida chuqur his qiladi. 

O’smir yoshda suitsidal xulq-atvorni paydo bo’lishiga oilaviy munosabatlar 

omili  sezilarli  darajada  ta’sir  qiladi.  Tadqiqotlarga  ko’ra,  ota  va  ona  21  % 

“muammoli” o’smirlarga ideal hisoblanadi, normal guruhda o’g’il va qiz bolalar bu 

ko’rsatkichning  41%  (ota  uchun)  va  5%  (ona  uchun)  ni  tashkil  etadi. 

Tadqiqotlardan  ma’lum  bo’lishicha,  onalar  ko’pgina  o’smirlarning  ishonchini 

qozonishgan  (77%  hamma  so’ralgan  o’g’il  va  qiz  bolalar).  O’smirda  suitsidal 

sindrom  qanchalik  kuchli  bo’lsa,  onasiga  shunchalik  kam  ishonadi,  yanayam 

kamroq otasiga (23–29%). Ota-onalar bilan ishonchli munosabatlarning yo’qolishi 

– o’smirlarda suitsidal sindromining kuchli omillaridan biri sanaladi. O’smir ota-

onasiga qanchalik kam ishonsa, uni shunchalik ko’p o’z joniga qasd qilish haqidagi 

fikr  qiynaydi.  Bolalarning  ota-onasi  bilan  yaxshi  munosabatlari  suitsid  tahlikasini 

1%  gacha  kamaytiradi,  aksincha,  doimiy  janjallar  bu  tahlikani  18%  ga 

ko’paytiradi. Bolalar faqat ota-onalari bilan nizolarnigina emas, ularning o’zlariga 

befarqliklarini  ham  og’ir  oladilar.  17%  yosh  insonlarda  yolg’izlikning  halokatga 

olib  borishi  mumkinligi,  ularning  aytishicha,  o’z  hayotlarining  og’ir  daqiqalarida 

ham hech kimdan yordam so’rashni xohlamasliklaridir. Atrofidagi o’nlab odamlar 

orasida  birontasi  yo’qki  –  tug’ishganlari,  yaqinlari,  do’stlari  va  o’qituvchilari  – 




hech  kim,  yosh  insonlarning  katta  tashvishlarini  bo’lishsa,  ko’nglini  bo’shatsa, 

hamdardlik hissini his qilsa yoki foydali maslahat bera olganda namoyon bo’ladi. 

O’smirlik davri ontogenez bosqichining o’ziga xos xususiyati, suitsidal xulq-atvor 

motivatsiyasi  va  dinamikasidan  farqlanadi.  Bu  yoshda  yashirin  depressiya  ham 

suitsidga sabab bo’lishi  mumkin.  Ko’pgina  tadqiqotchilarning  fikricha, bolalar  va 

o’smirlardagi  depressiya  ko’pincha,  giperaktivlik,  agressiya  bilan  niqoblangani 

sababli  tashxis  qo’yish  qiyinlashadi.  O’smir  yoshi  uchun  boshqalardan  farqli 

o’smirlardan  iborat  suitsid  xavfli  guruhlar  mavjud  bo’lib,  ular  sevgi  va  jinsiy 

munosabatlar tuyg’ulari ideallashtirilgan axloqi bilan ajralib turadi. 

Bolalarda suitsidal xulq-atvorning asosiy sabablari: 

-32% – xafalik; 

-30% – norozilik; 

-38% – yolg’izlik, uyat, o’zidan qoniqmaslik. 

O’smirlarda  suitsidal  urinish  va  o’lim  o’rtasidagi  nisbat  –  50:1.  Qizlar  va 

o’g’il  bolalar  suitsidal  urinishining  nisbati  –  2,5:1.  Namoyishkorona  urinish 

orasidagi  nisbat  –  4,3:1.  19  yoshgacha  bo’lgan  suitsidentlarning  ko’proq  qismini 

qiz bolalar tashkil qiladi. Suitsidal urinishga qo’l urgan o’smirlarning holati psixik 

jihatdan  shikastlangan,  suitsiddan  keyingi  psixik  holat,  shaxsiy  xarakterga  oid 

ta’sirlanishning  o’ziga  xos  xususiyatlari,  suitsidal  urinish  va  somatik  oqibatlar 

bilan bog’liq qo’shimcha tashvishlar, oilaviy mikroiqlim va atrof muhit holati bilan 

belgilanadi. 

Ob’ektiv  qonuniyatlarga  ko’ra,  tadqiqotchilarning  oldida  o’smir  suitsidi 

muammosiga  oid,  ko’pincha,  kimlar  suitsidga  qo’l  uradi,  degan  savol  turadi. 

O’smirlardan  qaysi  biri  “tahlika  guruhi”ga  kiradi?  Xavfga  kim  duchor  bo’ladi? 

Qaysi  tipdagi  odamlar  “suitsid  xavfli”  ekanligi  ma’lum  bo’lsa  ham,  ma’lumki, 

ba’zi  o’smirlar  arzimagan  vaziyatlar  sababli  o’z  joniga  qasd  qilish  tahlikasiga 

duchor bo’ladilar. Quyidagilarda suitsidal xavf yuqori bo’ladi: 

-depressiv o’smirlar; 

-spirtli ichimlik va narkotikka ruju qo’ygan o’smirlar; 



-yo  suitsidga  uringan  yoki  oila  a’zolaridan  kimdir  suitsidga  qo’l  urganda 

guvoh bo’lgan o’smirlar; 

-iste’dodli o’smirlar; 

-maktabda yomon o’zlashtirgan o’smirlar; 

-homilador qizlar; 

-tajovuz qurboni bo’lgan o’smirlar. 

Alohida-alohida  olganda,  o’z  holicha,  o’smir  duch  kelgan  har  bir  vaziyat 

yoki  muammolar,  albatta,  uning  suitsidal  xavfning  yuqori  chegarasida  bo’lishini 

anglatmaydi.  Biroq,  bunday  muammolar,  so’zsiz  uning  hayotini  qiyinlashtiradi. 

Bunday  vaziyatlarning  birontasiga  duch  kelgan  o’smir  emotsional,  aqliy  va 

jismoniy  tomondan  noxushliklarga  qarshi  turolmaydi  va  suitsid  uning  uchun  eng 

to’g’ri yo’l, deb hisoblaydi. 

Bola  va  o’smirlik  yoshida  suitsidal  xulq-atvor  shakllanishi  ko’p  hollarda 

suitsident  shaxsining  ba’zi xususiyatlariga  bog’liq.  Bunday  shaxslarda  emotsional 

beqarorlik,  yuqori  hissiyot,  sentizivlik,  ta’sirchanlik  kuzatiladi.  Bu  sifatlar 

xarakterga 

urg’u  berish  darajasigacha  ifodalangan,  ijtimoiy-psixologik 

dezadaptatsiyasi nuqtai nazaridan shaxsning pubertat davrini tashkil etadi. 




Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin