O’smirlarda tafakkur shakllanishining ijtimoiy psixologik
xususiyatlari
Mushtariybonu To’lkinovna Sanokulova
Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada o’smirlar psixikasida kechadigan o’zgarishlar,
ularning bilish jarayonlari hamda tafakkur tushunchasi, o’smirlik davrida
tafakkurning o’ziga xos xususiyatlari qay tarzda kechishi haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar: O’smir, pedagog, ontogenez, tafakkur, ong, psixika.
Social psychological features of mental formation in
adolescents
Mushtariybonu To’lkinovna Sanokulova
Bukhara Institute of Psychology and Foreign Languages
Abstract: In this article we will talk about the changes that occur in the psyche
of adolescents, their cognitive processes, as well as the concept of contemplation, the
features of thinking in adolescence.
Keywords: teenager, teacher, ontogenesis, contemplation, mind, psyche.
O’qituvchi va tarbiyachi uchun bolalarning o’smirlik davri psixologiyasini bilish
psixologik nuqtayi nazaridan ham, pedagogik nuqtayi nazaridan ham muhimdir. Bu
davrni biz yana o’tish davri ham deb ataymiz. O’smirlik davri asosan 11-15 yoshdagi
bolalarni o’z ichiga qamrab oladi, ya’ni bu yosh oralig’i 5-8 sinfga to’g’ri keladi.
O’smir o’quvchilarning ta’lim va tarbiya berish ishlarida uchraydigan ayrim
qiyinchiliklar bu yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishi va xususiyatlarini ba’zan
yetarli darajada bilmaslikdan yoki inkor qilishdan kelib chiqadi. Kichik va katta
yoshdagi maktab o’quvchilariga qaraganda o’smirlik yoshidagi bolalarni
tarbiyalashda juda ko’p qiyinchiliklar bo’ladi. Chunki, kichik bolaning katta odamga
aylanishi jarayoni juda qiyin kechadi. Bu jarayon o’smirlar psixologiyasining
odamlar bilan bo’lgan munosabat formalarining jiddiy ravishda o’zgarishi hamda
hayot sharoitining o’zgarishi bilan bog’liqdir. Bu davrda o’smirlarning o’z shaxsiy
fikrlari paydo bo’ladi. Ularda o’z qadr-qimmatlari haqidagi tushuncha kengayadi.
Ilmiy psixologiyaning aniqlashi bo’yicha o’smirlarning psixik taraqqiyotini
harakatga keltiruvchi kuchlar, ularning faoliyatlari bilan tug’iladigan extiyojlar bilan
bu extiyojlarni qondirish imkoniyatlari o’rtasidagi dialektik qarama-qarshiliklarni
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1045
yuzaga kelishi va bartaraf qilinishidan iboratdir. Qarama-qarshiliklar ancha yuksak
darajadagi psixik taraqqiyotini, ancha murakkab shakldagi faoliyat turlarini va
shaxsning qator yangi psixologik xususiyatlarini tarkib toptirish orqali bartaraf
qilishdan iboratdar. Shundan keyin psixik taraqqiyotning yuksakroq bosqichiga
o’tiladi. Bola boshlang’ich sinfni tugatgach, uning o’rta maktabda o’qishga o’tishi
hayotida burilish davri hisoblanadi.O’smirlarning yangi ijtimoiy jihatdan tashkil
topgan va rang-barang faoliyatni uning psixologik hamda shaxsning tarkib topishiga
asos, sharoit va vosita xizmat qiladi.
Psixologlarning fikricha yosh psixologik xususiyatlari faqatgina yolg’iz biologik
jihatidan yetilishi va taraqqiyot yetilishining natijasi bo’lmay, balki, bolaning ijtimoiy
hayot sharoitlari va faoliyatlarining o’zgarishi hamda bu jihatdan yangi ijtimoiy
omillarning paydo bo’lishi natijasida o’smirning taraqqiyotiga va unga beriladigan
maktabdagi ta’lim va tarbiya berishni aniq tashkil qilish o’smirlarning konkret hayot
sharoitlari va faoliyatning mahsuli deb qarab bo’lmaydi. Boshqacha qilib aytganda,
ijtimoiy sharoitlar rolini konkret hayot sharoitlari va faoliyatlarining roliga
almashtirib bo’lmaydi. Mana shu yuqorida aytilganlardan shunday xulosa qilish
mumkinki, o’smirning yoshi va uning xususiyatlari absolyut ahamiyatli kasb etmaydi.
Bu farqlarni konkret ijtimoiy omillarning ta’siri bilan va o’smirlarga beriladigan turli
ta’lim va tarbiya sharoitlarining ta’siri bilan tushuntirish mumkin.Taraqqiyotning
asosiy
yo’nalishi
bolaning
o’smirlik
davridagi
taraqqiyotining
asosiy
xarakteristikasini ajratish mumkin.
O’smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so’z boyligini oshishi
hisobiga bo’lsa, ikkinchi tomondan tabiat va jamiyatdagi narsa voqea va
hodisalarning mazmun mohiyatini anglashlari hisobiga bo’ladi. Bu davrda o’smir til
yordamida atrof-borliqni aks ettirilishi bilan bir qatorda inson dunyoqarashini ham
belgilab berish mumkinligini his qila boshlandi. Aynan o’smirlik davridan boshlab,
inson nutq bilish jarayonlarining rivojlanishini belgilab berishini tushuna boshlaydi.
O’smirni ko’pincha muomalada so’zlarni ishlatish qoidalari: “qanday qilib to’g’ri
yozish kerak?”, “qanday qilib yaxshiroq aytish mumkni?” kabi savollar juda
qiziqtiradi. O’smirlar maktabdagi o’qituvchilar, kattalar, ota-onalar nutqidagi
kamchiliklarga, kitob, gazeta, radio va televidenie diktorlari xatolariga tez e’tibor
beradilar. Bu holat o’smirning bir tomondan o’z nutqini nazorat qilishga o’rgatsa,
ikkinchi tomondan kattalar ham nutq qoidalari buzilishi mumkinligini bilishlariga va
o’zida mavjud xatoliklarni birmuncha barham toptirishlariga olib keladi. U endi o’z
nutqida yosh bola singari emas, balki, katta odamlardan so’zlarni tanlashga harakat
qiladi. Nutq madaniyatini egallash borasida o’smir uchun o’qituvchi, albatta, namuna
bo’lishi shartdir. Aynan maktab ta’limi o’smir bilish jarayonlarining rivojlanishi
jihatidan asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1046
Maktabdagi o’quv jarayonlarining to’g’ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi
bilan o’smir tafakkurining to’g’ri rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Tafakkurning
rivojlanishidagi ushbu harakat bu o’smirning muomala, bilish va ijodiy faoliyatga
kirilishi ehtiyoj va intilish hisoblanadi. O’smirlik davrida nazariy tafakkur yuqori
ahamiyatga ega bo’la boshlaydi. Chunki bu davrdagi o’quvchilar atrof-olamdagi
boglanishlar mazmunini yuqori darajada bilishga harakat qiladilar. Bu davrda
o’smirning bilishga bo’lgan qiziqishida progress sodir bo’ladi. Ilmiy nazariy
bilimlarning egallab olinishi tafakkurning rivojlanishiga olib keladi. Buning ta’sirida
isbot, dalilar bilan fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Unda deduktiv xulosalar chiqarishga
qobiliyat paydo bo’ladi. Maktabda o’qitiladigan fanlar o’smir uchun o’z taxminlarini
yuzaga keltirish yoki tekshirish uchun sharoit bo’lib xizmat qiladi. J.Piajening
ta’kidlashicha, “Ijtimoiy hayot uch narsaning ta’siri - til, mazmun, qoidalar asosida
shakllantiriladi”. Bu borada o’zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar o’z-o’zidan
tafakkurning yangi imkoniyatlarini yaratadi.
11-12 yoshdan boshlab o’smir endi mantiqiy fikrlab harakat qila boshlaydi.
O’smir bu yoshda xuddi kattalar singari keng qamrovli tahlil etishni o’rgana
boshlaydi. O’smir tafakkurning nazariy darajaga qanchalik tez ko’tarila olishi, o’quv
materiallarini tez va chuqur egallashi uning intellektining ham rivojlanishini belgilab
beradi. Tafakkur at-rof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita,
umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, ijtimoiy-sababiy bog‘lanish-larni
anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir.
O’smirlik davri yuqori darajadagi intellektual faollik bilan farqlanadi. Bu faollik o’ta
qiziquvchanlik hamda atrofdagilarga o’z layoqatlarini namoyish etish, shuningdek,
ularda yuqori baho olish extiyojining mavjudligi bilan belgilanadi. O’smirning
kattalarga beradigan savollari mazmunli, mulohazali va aynan o’sha masala doirasida
bo’ladi. Bu yoshdagi bolalar turli-farazlarni keltira oladilar, taxminiy fikr yuritib,
tadqiqot o’tkaza oladilar hamda ma’lum bir masala bo’yicha muqobil variantlarni
taqqoslay oladilar. O’smir tafakkur ko’pincha umumlashtirishga moyil bo’ladi.
Amaliy tafakkur tizimiga quyidagi aqliy sifatlarni kiritishimiz mumkin:
- tadbirkorlik;
- tejamkorlik;
- hisob-kitoblilik;
- yuzaga kelgan muammolarni tez yecha olishlik va boshqalar.
Ko’rsatilgan barcha sifatlar mavjud bo’lgan taqdirdagina o’smir amaliy
tafakkurini rivojlangan deb hisoblash mumkin. Bu sifatlarni 1 sinfdanoq rivojlantira
borish nihoyatda muhim. O’smirlik davrida ishbilarmonlik sifatini o’quvchilarning
o’z-o’zini boshqarishni yo’lga qo’yishi umumiy foydali tadbirkorlik ishlarida ishtirok
etishi orqali rivojlantirish mumkin. Bu borada o’smir ijrochi rolida emas, balki,
boshqaruvchi, mustaqil yo’l tanlovchi va tadbirkorlik munosabatlarida o’zi
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1047
ishtirokchi bo’lgan takdirdagi rivojlanish amalga oshishi mumkin. Bu yoshda
tadbirkorlikni rivolantirishda ko’prok mustaqillikning berilishi o’smir amaliy
tafakkurining rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, o’smir yoshdagi bolalarda tejamkorlikni
rivojlantirish aqlning boshqa sifatlariga nisbatan osonroq kechadi, buni ko’proq
ularning qiziqtiradigan narsalarga mustaqil ravishda hisob-kitob qilib borish orqali
amalga oshirish mumkin. O’smirlarda yuzaga kelgan muammolarni tez va operativ
holda yechish malakasini shakllatirish birmuncha qiyinroq kechadi. Albatta, bu
bolaning temperamentiga ham bog’liq. Barcha o’smirlarni ham tez yo’llab, tez
harakat qilishga o’rgatish mushkul, lekin ularni biror muammo yuzaga kelishi bilan
orqaga chekinmay, zudlik bilan yechishning umumiy qoidalariga o’rgatib borish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |