Biz tadqiqotimizda ta’kidlab o’tganimizdek E.E.Tunikning “Ijodiy qobiliyatlani baholash” so’rovnomasini o’tkazdik. Tadqiqotimiz sinaluvchilari sifatida 13-umumiy o’rta ta’lim maktabi 7-“G” sinf o’mir o’quvchilarini tanlab oldik. Metodika o’tkazilgan o’quvchilarning soni 20 tani tashkil etadi. Sinaluvchilarga test savollariga javob belgilashlari uchun 50 ta raqamdan iborat blankalar tarqatildi va “Ijodiy qobiliyatlarni baholash so’rovnomasi” haqida kerakli ma’lumot berib o’tildi. Metodikani o’tkazishdan avval,o’quvchilarni javob variantlari bilan tanishtirib o’tildi. Ya’ni, “Hozir sizlarga 50 ta savol o’qib eshtiriladi, sizlar savollarga hech kimdan ko’chirmasdan, savollarga samimiy yondoshgan holda “Ha” , “Yo’q” , “Ehtimol” , “Bilmayman” degan javoblarni belgilab berishingiz so’raladi. Metodikani olish jarayonida o’quvchilar tushunmagan savollarga, hayotiy misollar orqali tushuntirish berib borildi. Olingan natijalar tahlil qilindi va quyidagi suratlarda aks ettirildi.
“Metodikaga xolisona yondashmaslik bo’yicha umumiy hisob”(1-rasm)
Ko’rib turganimizdek metodikaga nisbatan xolisona yondashmaslik darajasi 16% ni tashkil etdi. Bu ko’rsatgich, metodika o’tkazilgan sinaluvchilarning o’rtacha qiymati hisoblanadi. Xolislik darajasini 100% deb olib qarasak 16% xolisona yondashmaslik xolati nisbatga qaraganda yaxshi deb qarasak bo’ladi.
Keyingi tahlil natijalari, shkalalar kesimida qanday natijaga erishlganini ko’rib chiqish hisoblandi.(2-rasm)
Rasmda ko’rib turganimizdek, o’smirlarning bilimga qiziquvchanlik darajasi umumiy qimatda 71,2% ni ya’ni eng baland ko’rsatgichni egallab turibdi. Ikkinchi o’rinda esa tasavvur 68,2% , uchinchi o’rinda tavakkalchilik va to’rtinchi o’rinda esa 48,8% bilan murakkablik o’rin egallagan. Har bir shkala uchun maksimal qiymatni 100% deb qarasak bu kelib chiqqan natijalarni qoniqarli deb baholasak bo’ladi.