“Ijodiy qobiliyatlarni baholash so’rovnoma” metodikamizninh eng oxirgi natijalarni hisoblash navbati, ijodiy qobiliyatlarni 100% dan necha % chiqishini aniqlash. Buning uchun biz yuqorida hisoblab o’tilgan shkalalarning ballarini qo’shib chiqish orqali amalga oshiramiz. “Ijodiy qobiliyat darajasi”(3-rasm)
O’tkazilgan metodika natijasida 48,2% ijodiy qobiliyat darajasi aniqlandi. Bu ko’rsatgich umumiy sinaluvchilarning (20ta) o’rtacha qiymati hisoblanadi. Agarda, alohida o’quvchilarning natijalarini aytib o’tadigan bo’lsak, ulardan 70% eng baland ko’rsatgichli ijodiy qobiliyatli o’smirlar, 60-50% o’rtacha qiymatga ega ijodiy qobiliyatli o’qsmirlar, shuningdek, 40-30-20% past ko’rsatgichli ijodiy qobiliyatli o’smirlarni ko’rishimiz mumkin. 100% dan 48, 2 % kelib chiqqan natijani qoniqarli deb baholasak bo’ladi va ijodiy qobiliyat darajasi o’rtacha qiymatga ega ekanligini ko’rishimiz mumkin.
Umumiy xulosa va tavsiyalar
Xulosa o’rnida shuni eslab o’tishimiz joizki, o’smirlarnig ijodkorlik qobiliyatining shakllanishiga turtki bo’ladigan asosiy xususiyat bu qiziquvchanlik hisoblanadi. Psixolog olimlarning ta’kidlab o’tishicha o’smirlik davri bu ijodiy qobiliyatlarning eng yaxshi shakllanadigan davri hisoblanadi. Shunday ekan o’smirlar turli xil soha va bilimlarga qiziqishi ortib borayotkan bir davrda, ularning qiziqishlarini qo’llab-quvvatlash, ularga tog’ri ilm yo’lllarini ko’rsatish kerak bo’ladi. O’qituvchi va ota-onalar tomonidan olib boriladigan to’g’ri samarali urinishlar o’smirning qiziqishlarini rivojlantirish va ijodiy qobiliyatlarini shakllantirilishiga turtki bo’ladi desak mubolag’a bo’lmaydi. Maktab psixologi tomonidan olib boriladigan psixologik ishlar ham o’smirlarning qiziqishlarini aynan qaysi bilim sohasiga ekanligini aniqlash mumkin. O’smirning ijodiy qobiliyati shakllanishida bilish jarayonlari ham bevosita ishtirok etadi. Mana shu bilish jarayonlari ham o’smirlarda turli xil ko’rinishda namoyon bo’ladi. Ularning ham darajalari turlicha bo’ladi shunday ekan bu o’z navbatida ijodiy qobiliyatlar darajasiga o’z ta’sirini ko’rsatmasdan qolmaydi.