O’smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari
2. O’smirlarning intellektual rivojlayaishi O’smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so’z boyligining oshishi hisobiga bo’lsa, ikkinchi tomondan tabiat va jamiyatdagi narsa voqea va hodisalarning mazmun mohiyatini anglashlari xisobiga bo’ladi. Bu davrda o’smir kattalar yordamida atrof-borliqni aks etgarilishi bilan bir qatorda inson dunyoqarashini xam belgilab berish mumkinligini his qila boshlaydi, Aynan o’smirlik davridan boshlab, inson aynan nutq bilish jarayonlarining rivojlanishini belgilab berishini tushuna boshlaydi, o’smirni ko’pincha muomalada so’zlarni ishlatish qoidalari - «Qanday qilib to’g’ri yozish kerak» «Qanlay qilib yaxshiroq aytish mumkin? kabi savollar juda qiziqtiradi. O’smirlar maktabdagi o’qituvchilar, kattalar, ota-onalar nutqidagi kamchiliklariga, kitob, gazeta, radio va televidenie diktorlar xatolariga tez e’tibor beradilar. Bu holat o’smirning bir tomondan o’z nutqnni nazorat etishga o’rgatsa, ikkinchi tomondan kattalar ham nutq qoidalarini buzishlari mumkinligini bilishlariga va o’zida mavjud xatoliklarni birmuncha barham toptirishlariga olib keladi.
O’smir so’zlarning kelib chiqish tarixiga, ularning aniq mazmuni va moxiyatiga juda qiziqadi. U endi o’z nutqida yosh bola singari emas, balki katta odamlardan so’zlarni tanlashga harakat qiladi. Nutq madaniyatini egallash borasida o’smir uchun o’qituvchi, albatta, na’muna bo’lishi shart. Aynan maktab ta’limi o’smir bilish jarayonlarini rivojlanish yo’nalishini sifat jihatidan o’zgarishda asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Bilish jarayonlarining rivojlanishida nutq ham og’zaki, ham yozma mavjud bo’lishi bilan xam kuchli vosita hisoblanadi. Maktabdagi o’quv jarayonlarining to’g’ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bilan o’smir nutqining to’g’ri rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Nutqni o’zlashtirishga harakat bu o’smirning muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirilishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi.
O’smirlik davrida o’qish va yozma monologik nutq jadal rivojlanadi. 5-sinfdan boshlab to 9-sinfgata o’qish to’g’ri, tez va ifodali bo’lish darajasidan, yoddan ifodali, ta’sirli aytib bera olish darajasigacha ko’tariladi. Monologik nutq esa asardagi kichik bir parchani qayta so’zlab berishdan, mustaqil ravishda nutq va chiqishlar tayyorlash, og’zaki mulohaza yuritish, fikr bildirish va ularni asoslab berishgacha" o’zgaradi. Yozma nutq xam yaxshilangan holda o’smirlar endi ularga berilgan erkin mavzu bo’yicha mustaqil holda insho yoza oladilar. O’smirlarning nutqi to’la tafakkur bilan bog’liq holatida amalga oshiriladi. 5-6 sinlardagi o’quvchilar ogzaki va yozma matn uchun reja tuzib, unga amal qila oladalar,
O’smirlik davrida nazariy tafakkur yuqori ahamiyatga ega bo’la boshlaydi. Chunki bu davrdagi o’quvchilar atrof-olamdagi bog’lanishlar mazmunini yuqori darajada bilishga harakat qiladilar. Bu davrda o’smirning bilishga bo’lgan qiziqishida progress sodir bo’ladi. Ilmiy nazariy bilimlarning egallab olinishi tafakkurning rivojlanishiga olib keladi. Buning ta’sirida isbot, dalillar bilan fikrlash qobiliyati rivojlanadi. U’nda dedujtiv xulosalar chiqarishga qobiliyat paydo bo’ladi.
Maktabda o’qitiladigan fanlar o’smir uchun o’z taxminlarini yuzaga keltirish yoki tekshirish uchun sharoit bo’lib xizmat qiladi. J.Piajening ta’kidlashicha, ijtimoiy hayot uchun narsaning ta’siri — tufayli mazmun, qoidalar asosida shakllantiriladi». Bu borada o’zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar o’z-o’zidan tafakkurning yangi imkoniyatlarini yaratadi.
11-12 yoshdan boshlab o’smir endi mantiqiy fikrlab harakat qila boshlaydi. O’smir bu yoshda xuddi kattalar keng qamrovli taxlil etishni o’rgana boshlaydi. O’smir tafakkurning nazariy darajaga qanchalik tez ko’tarila olshii, o’quv materiallarini tez va chuqur egallashi uning intellektini xam rivojlanishini belgalab beradi. O’smirlik davri yuqori darajadagi intellektual faollik bilan farklanadi. Bu faollik o’ta qiziquvchanlik hamda atrodagilarga o’z layoqatlarini namoyish etish, shuningdek, ulardan yuqori baho olish ehtiyojining mavjudligi bilan belgilanadi. O’smirning kattalarga beradigan savollari mazmunli, mulohazali va aynan o’sha masala doirasida bo’ladi, Bu yoshdagi bolalar turli farazlarni keltira oladilar, taxminiy fikr yuritib, tadqiqot o’tkaza oladilar hamda ma’lum bir masala bo’yicha muqobtsl variantlarni taqqoslay oladilar. O’smir taakkuri ko’pincha umumlashtirishga moyil bo’ladi. Respublikamizning bozor iqtisodi sharoitiga o’tishida kishilardagi amaliy tafakkurning ahamiyati oshmoqda.