Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
141

taqsimlangan
(kompyuterlar bir-biriga nisbatan katta masofada joylashgan, 
masalan, hisoblash tarmog‗i); 

tarkibiy jihatidan bir bosqichli
(axborotlarga ishlov berishning faqat bitta 
umumiy bosqichi mavjud); 

ko„p bosqichli
(iyerarxik, shajara) tarkib. Shajara XT kompyuterlar yoki 
protsessorlar axborotlarga ishlov berishning turli bosqichlariga taqsimlangan, ba‘zi 
kompyuterlar (protsessorlar) ba‘zi vazifalarni bajarishga maxsuslashtililishi 
mumkin. 
Va nihoyat XT, aytib o‗tilganidek, quyidagilarga bo‗linishi mumkin: 

bir mashinalik; 

ko‗p mashinalik; 

ko‗p protsessorlik. 
 


 
142
 
1.6§ Hisoblash tizimlarining unumdorligini baholash
1.6.1. Takt chastotasi bo‗yicha unumdorlikni baholash 
Avval hisoblash tizimlari unumdorligining (quvvatini) taxmniy o‗lchov 
birligi sifatida ikki muhim ko‗rsatkich ishlatilar edi: markaziy protsessorning takt 
chastotasi va operativ xotira hajmi. Ushbu yondashish ko‗p bosqichli kesh, 
konveyer, konveyerni yuklashni yaxshilovchi ajoyib usullar, superskalyarli 
protsessorlar bo‗lmagan hisoblash tizimlarida yomon ishlamagan edi. Lekin 
kompyuter arxitekturasining keyingi rivojlanishi shuni ko‗rsatdiki, kompyuterni 
quvvatini o‗lchash holati juda ham oson ish emas ekan. 
Bu e‘tirozlarni [8] adabiyotdan olingan misol orqali namoyish etamiz. 1949-
yili ishlab chiqarilgan birinchi avlodning birinchi mashinasi hisoblangan EDSAC 
takt chastotasi 0,5 MGs, unumdorligi sekundiga 100 arifmetik operatsiyadan iborat 
bo‗lgan. 2002-yili yaratilgan Hewlett-Packard Superdome hisoblash tizimining 
markaziy protsessorlari 770 MGs chastotada ishlagan, uning unumdorligi 
sekundiga 192 milliard arifmetik operatsiyani bajarishi orqali baholangan. Yaʻni 
takt chastotasi ―bor yo‗g‗i‖ 1540 marta oshgan, shu bilan birga unumdorligi deyarli 
2 milliard marta oshgan. ―Qo‗shimcha o‗sish‖ ni protsessor va boshqa markaziy 
qurilmalarning ko‗rsatkichlarini yaxshilanishi hisobiga ta‘minlangan emas, keng 
ko‗lamda parallellikni tatbiq etish va arxitekturaviy yechimlar hisobiga, matematik 
va algoritmik usullarni, shuningdek tegishli dasturiy ta‘minotning rivojlanishi 
hisobiga erishilgan albatta. 
Diqqat va e‘tibor bilan qilingan tahlil shuni ko‗rsatadiki, hisoblash 
tizimining unumdorligi ko‗pchilik omillarga bog‗liq: 

kompyuterning shinalar tizimining razryadligi va tezlik ko‗rsatkichlariga; 

tashqi xotira qurilmalarining sig‗imi va tezlik ko‗rsatkichlariga; 

hisoblash tizimining tarkibiga kirgan protsessorlar o‗rtasidagi almashuvni 
ta‘minlovchi qurilmalarga; 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin