137 1. Korxonaning
ilmiy-texnikaviy tayyorlash tizim ostisi
korxonaning
ilmiy-
tadqiqot (shu jumladan marketing ishlarini), konstruktorlik va texnologik
tayyorligiga javobgar.
2.
Biznes-rejalashtirish tizim ostisi ishlab chiqarishni texnik-iqtisodiy va
operativ-kalendar rejalashtirish, biznes-reja hosil qilishga javob beradi.
3.
Operativ boshqarish tizim ostisi, ishlab chiqarishni bevosita
boshqarishdan tashqari, shuningdek materiallar oqimi, ta‘minot va mollarning
sotilishi (logistika), korxonaga qilingan sarf-xarajatlarning hisobini (kontrolling)
bajaradi.
4.
Moliyaviy menedjment tizim ostisi moliyaviy rejani va korxona
buyurtmalar portfelini, xo‗jalik faoliyati natijalarini tahlillashga javobgar.
5.
Buxgalterlik hisob tizim ostisi, mehnatni hisobga olish va mehnat haqi,
mol-mulk narxi, asosiy vositalar, moliyaviy operatsiyalarning natijalar
hisobotlarini tuzishni ta‘minlaydi.
AHT boshqa sohalarda ishlatilsa, hal qilinadigan masalalar yo‗nalishi ham
o‗zgaradi. Marketing axborot tizimlarida asosiy diqqat bozorni tahlili va sotuv
hajmini bashoratiga qaratilsa, moliyaviy tizimlarda esa moliyaviy tahlil va
bashorat, kredit-pul siyosatini boshqarish va hokazolarga qaratiladi.
Ta‘minlash tizim ostilarining tarkibi ancha turg‗un va AXTning ishlatilish
sohalariga kam bog‗liq bo‗ladi.
1.
Axborot ta‟minoti boshqarish tizimida aylanayotgan axborotni tashkil
qilish shakli va joylashtirish, yechimlarni joriy etilgan hajmi bo‗yicha
yig‗indisidan iborat. Boshqacha so‗z bilan aytilganda, axborot ta‘minoti–bu
tizimning axborot bazasini yaratish vositalari va usullari, o‗z tarkibiga axborotni
kodlashtirish va turlarga ajratish tizimi, hujjalarni unifikatsiyalangan tizimi,
axborot oqimlarining sxemasi, axborotlar bazasini yaratish usullari va
tamoyillaridir.