139 1.5.3. Ko‗p mashinali va ko‗p prosessorli hisoblash tizimlari Hisoblash tizimi–bu bir yoki bir necha kompyuterlarni yoki protsessorlarni,
dasturiy ta‘minotni, tashqi qurilmalarni axborot-hisoblash jarayonini birgalikda
bajarish uchun mo‗ljallangan to‗plami.
Hisoblash tizimida kompyuter bitta bo‗lishi mumkin, lekin ko‗p vazifali
tashqi qurilma bilan birgalikda ulangan bo‗lishi mumkin. Tashqi qurilmaning narxi
ko‗pincha kompyuter narxidan ko‗p marotaba ortiq bo‗ladi. Ko‗p tarqalgan bir
kompyuterli XT ga misol tariqasida
axborotga teleishlov berish tizimini keltirish
mumkin. Lekin hisoblash tizimining an‘anaviy varianti ko‗p kompyuterli va ko‗p
protsessorli variantlardir.
Birinchi hisoblash tizimlari tezlikni va ishlash ishonchliligini oshirish
maqsadida hisoblash operatsiyalarini parallel bajarish yo‗lini qo‗llash orqali
yaratilgan. Kompyuterning keyingi tezligini oshirishdagi ―to‗siq‖ bu elektromagnit
to‗lqinlarining tarqalishini oxirgi tezligi, yorug‗lik tezligi – 300 000 km/s. XT
elementlari orasida signallarning tarqalish vaqti elektron sxemalarning o‗tish
vaqtidan ancha oshishi mumkin. Shuning uchun operatsiyalarni qatʻiy ketma-
ketlikda bajarilishi fon Neyman tarkibli kompyuterga xarakterlidir, bu tarkib esa
XT tezligini jiddiy oshirishga imkon bermaydi.
Operatsiyalarni bajarilishining parallelligi tizim tezligini jiddiy oshiradi; u
shuningdek agarda operatsiyalar ikki martta bajarilsa va ularning natijalari
solishtirilsa, ishonchlilikni (tizimdagi bitta kompyuter buzilsa, uning vazifasini
boshqa kompyuter o‗z zimmasiga oladi) va tizim vazifasini to‗g‗ri bajarilishini
jiddiy oshirishi mumkin.
Zamonaviy XT uchun, superkompyuterlardan tashqari, ularning zarurlik
ko‗rsatkichlarini asoslashning o‗zi ham boshqacha–foydalanuvchiga axborot
xizmatlarini ko‗rsatishning o‗zi va bu xizmatning sifati hamda servisi muhim.
Superkompyuterlar va ko‗p protsessorli XT uchun muhim ko‗rsatkich ularning
unumdorligi va ishonchliligidir.