178
ishonchli kriptografik tizimni muvaffaqiyatli deb bo‗lmaydi.
Agar bu kitobdan
biror marta ruxsatsiz foydalanilsa, kodlarning yangi
kitobini yaratish va uni
hamma
foydalanuvchilarga tarqatish
zaruriyati
paydo bo‗ladi.
Kriptografik o‗zgartirishning ikkinchi turi shifrlash o‗z ichiga —
boshlang‗ich
matn
belgilarini anglab olish mumkin bo‗lmagan shaklga o‗zgartirish algoritmlarini
qamrab oladi. O‗zgartirishlarning bu
turi
axborot-
kommunikatsiyalar texnologiyalariga mos
keladi.
Bu yerda algoritmni himoyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Kriptografik kalitni
qo‗llab, shifrlash
algoritmining o‗zida himoyalashga bo‗lgan talablarni
kamaytirish mumkin. Endi himoyalash obyekti sifatida faqat kalit xizmat qiladi.
Agar kalitdan nusxa olingan bo‗lsa, uni
almashtirish mumkin va bu
kodlashtiruvchi kitob yoki jadvalni almashtirishdan yengildir. Shuning uchun ham
kodlashtirish emas,balki shifrlash
axborot-
kommunikatsiyalar texnologiyalarida keng
ko‗lamda qo‗llanilmoqda.
Sirli (maxfiy) aloqalar sohasi kriptologiya deb aytiladi. Ushbu so‗z yunoncha «krip
to»—sirli va «logus»—xabar ma‘nosini bildiruvchi so‗zlardan iborat. Kriptologiya
ikki
yo‗nalish,
ya‘ni
kriptografiya va kriptotahlildan iborat.
Kriptografiyaning vazifasi
xabarlarning
maxfiyligini
va
haqiqiyligini ta‘minlashdan iborat.
Kriptotahlilning vazifasi esa kriptograflar tomonidan ishlab chiqilgan himoya tizi
mini ochishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: