193 kompyuterlar ham axborot almashinuvini amalga oshirishi mumkin, lekin negadir
bunday tashkil qilingan tarmoqni hech kim mahalliy tarmoq deb atamaydi. Ikkita
yaqin joylashgan kompyuterlarni interfeys orqali (RS232, Centronics) kabel
yordamida bog‗lash mumkin, yoki hatto kabelsiz infraqizil kanal yordamida ham
kompyuterlarni bog‗lash mumkin. Lekin bunday bog‗lanish ham mahalliy tarmoq
deb atalmaydi. Balki, mahalliy tarmoq ta‘rifi xuddi kichik tarmoq kabi bo‗lib, ko‗p
bo‗lmagan kompyuterlarni bog‗lashdir. Haqiqatdan, mahalliy tarmoq ko‗p hollarda
ikkitadan to bir necha o‗nlab kompyuterlarni o‗z tarkibiga oladi. Lekin, ba‘zi bir
mahalliy tarmoqlarning cheklangan imkoniyatlari ancha yuqori bo‗lib,
abonentlarning soni mingtagacha yetishi mumkin. Bunday tarmoqni kichik tarmoq
deb atash balki noto‗g‗ridir.
Ba‘zi mualliflar mahalliy tarmoqni «ko‗p kompyuterlarni uzviy bog‗lovchi
tizim» deb taʻriflashadi. Bu holda axborot kompyuterlardan kompyuterlarga
vositachisiz va bir turdagi uzatish muhiti orqali amalga oshiriladi deb faraz
qilinadi. Biroq hozirgi zamon mahalliy tarmoqlarida bir turdagi uzatish muhiti
haqida gap yuritib bo‗lmaydi. Misol uchun, bir tarmoq doirasida har turdagi elektr
kabellari va shuningdek, shisha tolali kabellar ham ishlatilishi mumkin. Axborot
uzatishni «vositachisiz» ta‘rifi ham juda aniq emas, chunki hozirgi zamon mahalliy
tarmoqlarida turli konsentrator, kommutator, yo‗naltirgichlar (marshrutizatori) va
ko‗priklardan (mosti) foydalaniladi. Axborotlarni uzatish jarayonida uzatilayotgan
axborotlarga murakkab ishlov beruvchi bu vositalarni vositachi deb qabul
qilinadimi yoki yo‗qmi?, unchalik tushunarli emas.
Balki, foydalanuvchilar aloqa mavjudligini his qilmaydigan tarmoqni
mahalliy tarmoq deb qabul qilinishi aniq bo‗lar. Mahalliy tarmoqqa ulangan
kompyuterlar bir virtual kompyuter kabidir, ularning resurslari hamma
foydalanuvchilar uchun bemalol bo‗lishi kerak bo‗lib, alohida olingan kompyuter
resurslaridan foydalanishdan kam qulay bo‗lmasligi lozim. Bu holda qulaylik deb
birinchi navbatda aniq yuqori tezlikda resurslarga ega bo‗lish, ilovalar orasidagi