18
1.1-rasm. Matematik modelni ishlab chiqish bosqichlari.
Jarayonga ta‘sir qiluvchi barcha eng muhim omillar modelda hisobga
olingan bo‗lishi va shu bilan birga, u ko‗plab kichik ikkinchi darajali omillar bilan
ketma-ket bo‗lmasligi kerak, ularni hisobga olish faqat matematik tahlilni
murakkablashtiradi va tadqiqotni o‗ta tiqilinch yoki umuman amalga oshmaydigan
qilib qo‗yadi.
Jarayonlar uchun aniq matematik tavsifi bo‗lgan
matematik modellash
usulini aniq matematik jarayonlar xususiyatlarini o‗rganishda qo‗llashadi.
Matematik tavsif mukammallik darajasiga bog‗liqligiga qarab, ikkita chegaraviy
hodisani ajratishimiz mumkin:
a)
modellashtirilayotgan
jarayonning
barcha
asosiy
tomonlarini
tavsiflaydigan tenglamalar to‗la tizimi va bu tenglamalarning barcha soniy
qiymatlari ma‘lum;
b) jarayonning to‗la matematik tavsifi yo‗q.
Bu ikkinchi hodisa obyekt haqida to‗la bo‗lmagan
axborotning borligida,
jarayonlarni boshqarish ishi bo‗lganda va g‗alayonlar ta‘sir etganda masalalarni
yechish uchun tipikdir. Tadqiq qilinayotgan hodisalar haqida yetarli axborot
yo‗qligida ularni o‗rganish
eng oddiy modellar qurishdan, lekin tadqiq
qilinayotgan jarayonning asosiy(sifatli) spetsifikasini buzmasdan boshlanadi.
Shunday qilib, model bilan o‗tkazilgan tajribalar natijalari bo‗yicha biz ish
sharoitidagi originalning xulqini miqdoriy bashorat qilishimiz kerak.
Ishlab chiqarishdagi modellash obyektlari deganda
quyidagilarni tushunish
kerak:
1.
Texnologik tizimlar (TT)-bu texnologik jihozlarning bo‗laklari,
avtomatik liniyalar, moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari (MIChT).
2.
Texnologik jarayonlar (TJ).
3.
Texnologik uskunalar ishlayotganda yuz beradigan fizikaviy va
kimyoviy jarayonlar(FKJ).