276
edi. Kompyuter texnikasini Dunyo miqyosida eng ko‗p ishlab chiqaruvchi va eng
obro‗li IBM firmasi tomonidan taklif qilingan Token – Ring tarmog‗iga
etibor
qilmaslikning sira ham iloji yo‗q albatta. Muhimi shundaki, hozirgi vaqtda Token
– Ring xalqaro standart IEEE 802.5 sifatida mavjud. Bu holat Token – Ring
tarmog‗ini Ethernet tarmoq mavqei bilan bir o‗ringa qo‗yadi, albatta.
IBM firmasi o‗z tarmog‗ini keng tarqalishi uchun hamma tadbir va
choralarni amalga oshirdi: tarmoq xujjatlari batafsil tayyorlab tarqatildi,
hatto
adapterlarni prinsipial sxemasigacha bu xujjat tarkibiga kiritildi. Natijada ko‗p
firmalar, masalan 3 SOM, Novell, Western Digital, Proteon kabi formalar
adapterlarni ishlab chiqarishga kirishdilar.
Aytgancha, maxsus shu tarmoq uchun
va shuningdek, IBM PC Network boshqa tarmoqlari uchun Net BIOS konsepsiyasi
ishlab chiqilgan. Avval ishlab chiqilgan PC Network tarmog‗ida Net BIOS
dasturida adapterda joylashgan doimiy xotirada saqlangan bo‗lsa, Token – Ring
tarmog‗ida esa Net BIOS emulyatsiya dasturi qo‗llanilgan,
bunday shaklda
qo‗llanilishi alohida qurilma xususiyatlariga oson moslashuv imkonini beradi va
shu bilan birga yuqori bosqich dasturlari bilan ham moslashishni taminlab beradi.
Token – Ring qurilmalarini Ethernet qurilmalari bilan solishtirilsa Token –
Ring qurilmalari sezilarli darajada qimmat, chunki
axborot almashinuvini
boshqarishning murakkab usullari qo‗llanilgan, shuning uchun bu tarmoq nisbatan
kam tarqalgan. Lekin katta kompyuterlar bilan ulanganda axborot uzatishning katta
intensivligi zarur bo‗lgan vaqtda, tarmoqqa ega bo‗lish vaqti chegaralangan
vaziyatda Token – Ring tarmog‗idan foydalanish o‗zini oqlaydi, albatta.
Tashqi ko‗rinishidan «yulduz» topologiyasini eslatsa hamki Token – Ring
tarmog‗ida «halqa» topologiyasidan foydalanilgan. Bu alohida olingan obyektlar
(kompyuterlar) tarmoqqa to‗g‗ri ulanmay, maxsus
konsentratorlar yoki ega
bo‗lishning ko‗p stansiyali qurilmalari (MSAU yoki MAU - Multistation Access
Unit, mnogostansionniye ustroystva dostupa) yordamida ulanadilar. Shuning
uchun tarmoq jismonan yulduz - halqa topologiyasidan tashkil topgan bo‗ladi (4.9–