277
rasm). Haqiqatda esa baribir halqaga birlashtirilgan bo‗ladilar, ya‘ni ulardan har
biri axborotni bir tarafdagi qo‗shnisidan olib, ikkinchi tarafidagi qo‗shnisiga
uzatadilar.
4.9 – rasm. Token-Ring tarmog„ining yulduzsimon aylana topologiyasi
Konsentrator (MAU) halqaga abonentlar ulanishini markazlashtirish,
buzilgan kompyuterni o‗chirib qo‗yish, tarmoqni ishini nazorat qilish kabi ishlarni
amalga oshirish imkonini beradi (4.10 - rasm). Kabelni konsentratorga ulash uchun
maxsus razyomlar ishlatiladi, ular abonent tarmoqdan uzilgan holatda ham doimiy
ulangan halqa hosil qilish imkoniyatini beradi. Tarmoqda konsentrator bitta
bo‗lishi mumkin, bu holda halqaga faqat konsentratorga ulangan abonentlargina
ulanadi.
Adapterni konsentratorga ulaydigan har bir kabel (adapter cable,
adapterniye kabeli) tarkibida ikkita turli tarafga yo‗naltirilgan aloqa yo‗li mavjud.
Xuddi shunday ikki tarafga yo‗naltirilgan aloqa yo‗li magistral kabel tarkibiga
kiruvchi (nath kable, magistralniy kabel) aloqa vositasi bilan konsentratorlar o‗zaro
ulanib, halqa tashkil qiladi (4.11 - rasm), vaholanki bitta bir tomonga yo‗naltirilgan
kabel yordamida ham halqani tashkil qilish mumkin (4.12 - rasm).
MA
U
MA
U
MA
U
MA
U
278
4.10 – rasm. Token-Ring tarmoq abonentlarini konsentrator (MAU)
yordamida halqaga ulash.
Konsentrator tuzilish jihatidan alohida blok tariqasida jihozlangan bo‗lib, u
sakkizta razyomlardan iborat, kompyuterlarni adapter kabeli yordamida ulash
uchun va ikki chetida ikkita razyom orqali magistral kabellar yordamida boshqa
konsentratorlar bilan ulanish uchun qulay qilib jihozlangan ko‗rinishda ishlab
chiqariladi. (16.5 - rasm). Devorga o‗rnatiladigan va stol ustiga joylashtirishga
mo‗ljallangan variantlari ham mavjud.
Bir necha konsentratorlarni konstruktiv jihatdan guruhga birlashtirish
mumkin, klaster (cluster), uning ichida abonentlar ham bir halqaga birlashadilar.
Klasterlardan foydalanish bir markazga ulangan abonentlar sonini oshirish
imkoniyatini yaratadi (masalan, klaster tarkibida ikkita konsentrator bo‗lgan holda,
abonentlar sonini 16 tagacha yetkazish mumkin).
Boshqa
MAU ga
Boshqa
MAU ga
Ulangan
abonentlar
Uzilgan
abonent
|