283 4.14 – rasm. Ega bo„lishni boshqarish baytining o„lchami 4.4.2. Tarmoq qurilmalari va ularning vazifalari Tarmoq qurilmalarining birinchi uchtasi haqida yuqoridagi boblarda aytib
o‗tildi. Hozir biz qurilmalarning qolganlarining vazifalari haqida to‗xtalib o‗tamiz.
Tarmoq adapterlarini turli adabiyotlarda kontroller, karta, plata,
interfeyslar, NIC – Network Interface Card nomlar bilan ataydilar. Bu qurilmalar
mahalliy tarmoqning asosiy qismi, ularsiz tarmoq hosil qilish mumkin emas.
Tarmoq adapterlarining vazifasi – kompyuterni (yoki boshqa abonentni) tarmoq
bilan ulash, yana qabul qilingan qoidalarga rioya qilgan holda kompyuter bilan
aloqa kanali o‗rtasidagi axborot almashinuvini ta‘minlashdir. Aynan shu
qurilmalar OSI modelining quyi bosqichlari bajarishi kerak bo‗lgan vazifalarni
amalga oshiradilar. Odatda tarmoq adapterlari plata ko‗rnishida ishlab chiqariladi
va kompyuterning tizim magistrallarini kengaytirish uchun qoldirilgan razyomga
o‗rnatiladi (odatda ISA yoki PCI). Tarmoq adapter platasida ham odatda bitta yoki
bir necha tashqi razyomlar bo‗lib, ularga tarmoq kabellari ulanadi (4.15 – rasm).
Tarmoq adapterlarining hamma vazifalari ikkiga bo‗linadi: magistral va
tarmoq. Magistral vazifalari adapter bilan kompyuterning tizim shinasi o‗rtasidagi
almashinuvni amalga oshirish (ya‘ni o‗zining magistral manzilini tanish,
kompyuterga axborot uzatish va kompyuterdan ham axborot olish, kompyuter
uchun uzilish signalini hosil qilish va hokazolar) kiradi. Tarmoq vazifalari esa
adapterlarni tarmoq bilan muloqotini ta‘minlashdir.
7
6
5
4
3
2
1
0
Navbat о‗rnatish
tiplari
Zahiralash
bitlari
Marker biti
Monitor biti
Bitlar