285
Adapterning asosiy tarmoq vazifalariga quyidagilar kiradi:
kompyuter va mahalliy tarmoq kabelini galvanik ajratish (buning uchun
odatda signalni impuls transformatori orqali uzatiladi);
mantiqiy signallarni tarmoq signallariga va aksiga o‗zgartirish;
tarmoq signallarini kodlash va dekoderlash;
qabul
qilinayotgan
paketlardan
aynan
shu
abonentga
manzillashtirilgan paketlarni tanlab qabul qilish;
parallel kodni ketma-ket kodga axborot uzatilishida o‗zgartirish va
axborot qabul qilishda aksiga o‗zgartirish;
adapterning bufer xotirasiga uzatilayotgan
va qabul qilinayotgan
axborotlarni yozish;
qabul qilingan axborot almashinuvini boshqarish usulida tarmoqqa
ega bo‗lishni tashkil qilish;
axborotlarni qabul qilish va uzatishda paketlarning
nazorat bitlari
yig‗indisini hisoblash.
Odatda hamma tarmoq vazifa maxsus katta integral sxemalar yordamida
amalga oshirilganligi uchun adapter platasining o‗lchami kichik va narxi arzondir.
Agarda tarmoq adapteri bir necha turdagi kabellar bilan ishlay olsa, u holda
yana bir sozlanish lozim bo‗lgan ko‗rsatkich qo‗shiladi (kabel turini tanlash).
Masalan, adapter platasida u yoki bu turdagi
kabelga ulash uchun moslama
(peremichka) bo‗lishi mumkin.
Adapterdan boshqa hamma mahalliy tarmoq qurilmalari yordamchi
qurilmalar bo‗lib, ko‗pincha ularsiz ham ishni tashkil qilish mumkin.
Transiverlar
yoki
uzatish
va
qabul
qilish
qurilmalari
(TRANsmitter+reSEIVER, priyemoperedatchiki), ular adapter bilan tarmoq kabeli
o‗rtasidagi axborotni uzatish uchun xizmat qiladilar yoki tarmoqning ikki qismlari
(segment) o‗rtasidagi axborot uzatishni amalga oshiradilar.
Transiver signalni
kuchaytirish, signal qiymatlarini o‗zgartirish yoki signal ko‗rinishini o‗zgartirish