409 Shifrlashning zamonaviy algoritmlarida
sirli kalit ko‗rsatkichining
mavjudligi inobatga olingan. Kriptografiyada Kerkxoff qoidasi qabul qilingan:
―Shifrning chidamliligi faqat kalitning sirliligi bilan aniqlanadi‖. Shifrlashning
barcha standart algoritmlari (masalan, DES, PGP) keng tarqalgan, ularning
topilishi oson hujjatlarda batafsil bayoni mavjut, lekin shunga qaramay ularning
samarasi pasaymaydi. Buzg‗unchiga shifrlash algoritmi haqida hammasi ma‘lum
bo‗lishi mumkin, sirli kalitdan tashqari (qayd qilib o‗tish kerakki yana anchagina
firmalarning algoritmlari mavjud, lekin ularning bayoni nashr qilinmaydi).
Shifrlash algoritmi
ochilgan hisoblanadi, qachonki aniq vaqt oralig‗ida
kalitni tanlashga imkon beruvchi amal topilgan bo‗lsa. Ochish algoritmining
murakkabligi kriptotizimning muhim ko‗rsatkichlaridan biri hisoblanadi va uni
kriptochidamlilik deb ataladi.
Kriptotizimning ikki sinfi mavjud – simmetrik va asimmetrik. Shifrlashning
simmetrik sxemasida (anaʻnaviy kriptografiya) shifrlashning sirli kaliti shifrdan
chiqarishning sirli kaliti bilan mos (bir xil) keladi. Shifrlashning asimmetrik
sxemasida (ochiq kalitli kriptografiya) shifrlashning ochiq kaliti shifrdan
chiqarishning sirli kalitiga mos kelmaydi.
6.4-rasmda
simmetrik kriptotizimning ananaviy modeli keltirilgan. Ushbu
modelda uchta qatnashchi: jo‗natuvchi, qabul qiluvchi, buzg‗unchi.
Jo‗natuvchining masalasi ochiq axborot kanali bo‗yicha himoyalangan ko‗rinishda
qandaydir xabarni jo‗natishdan iborat. Buning uchun u k kalitda X ochiq matnni
shifrlaydi va shifrlangan Y matnni uzatadi. Qabul qiluvchining masalasi esa Y
matnni shifrdan chiqarish va X xabarni o‗qishdan iborat. Tasavvur etiladiki
jo‗natuvchining o‗z kalit manbai bor deb. Qabul qiluvchiga hosil qilingan kalit
ishonchli kanal orqali oldindan jo‗natiladi. Buzg‗unchining masalasi uzatilayotgan
xabarlarni olish va o‗qishdan hamda yolg‗on xabarlarni qo‗shishdan iborat.
Model universal bo‗lib – agarda shifrlangan xabarlar kompyuterda
saqlanayotgan bo‗lsa va hech qayerga uzatilmasa, jo‗natuvchi va qabul qiluvchi bir