411
Ochiq kalitli kriptosxema
modelida ham shuningdek uchta qatnashchi:
jo‗natuvchi, qabul qiluvchi, buzg‗unchi (6.5-rasm). Jo‗natuvchining masalasi ochiq
axborot kanali bo‗yicha himoyalangan ko‗rinishda qandaydir xabarni jo‗natishdan
iborat. Qabul qiluvchi o‗z tomonida ikki kalitni hosil qiladi: ochiq
YE
va yopiq
D
.
Yopiq kalit
D
(yana ko‗pincha shaxsiy kalit ham deb ataladi) ni abonent
himoyalangan
joyda saqlashi kerak, ochiq
YE
kalitni esa kim bilan ximoyalangan
munosabatlarni quvvatlamoqchi bo‗lganlarning xammaga berishi mumkun. Ochiq
kalit ma‘tinni
shifrlash uchun ishlatiladi, ammo shifrdan chiqarish uchun esa faqat
yopiq kalitdan foydalaniladi.
Shuning uchun ochiq kalit
ximoyalanmagan
ko‗rinishda jo‗natuvchiga uzatiladi. Jo‗natuvchi qabul qiluvchining ochiq kalitni
qo‗llab
X
xabarni shifrlaydi va uni qabul qiluvchiga uzatadi. Qabul qiluvchi
o‗zining
D
yopiq kaliti bilan xabarni shifrdan chiqaradi.
Ayonki, sonlar, ulardan biri matnni shifrlash uchun ishlatiladi, boshqasidan
esa shifrdan chiqarish uchun foydalaniladi, ular bir-biriga bog‗liq bo‗lmasligi
mumkin emas, demak, ochiq kalit bo‗yicha yopiq kalitni hisoblab topish
imkoniyati mavjud. Bu haqiqatda shunday, biroq hisoblashlar uchun juda ham ko‗p
vaqt talab etiladi.
Ochiq va yopiq kalitlar o‗rtasida aloqa mavjud
ekanligini quyidagi misol
orqali tushuntirishga harakat qilamiz.