420 darajasidagi audentifikatsiya bilan ish ko‗rdik. Ikki qurilma o‗rtasidagi aloqa
o‗rnatishda ham ko‗pincha o‗zaro audentifikatsiya jaroyoni inobatga olinadi, lekin
ancha quyi kanal darajasida. Axborotlarni audentifikatsiyalash esa bu axborotlarni
butunligini va bu axborotlar aynan e‘lon qilgan odamdan ekanligini isbotlashdan
iborat. Buning uchun elektron imzo mexanizmi ishlatiladi.
Hisoblash
tarmoqlarida
audentifikatsiyalash
amali
ko‗pincha
mualliflashtirish amalini joriy etuvchi dasturiy vositalar tomonidan bajariladi.
Ochiq yoki yashirinchi foydalanuvchilarni aniqlash uchun mo‗ljallangan
audentifikatsiyalashdan farqli, mualliflashtirish tizimi esa audentifikatsiyalash
amalidan muvaffaqiyatli o‗tgan faqat
ochiq foydalanuvchilar bilan ishlaydi.
Mualliflashtirish (authorization,
avtorizatsiya)
vositalari
alohida
foydalanuvchilarni tizim resurslariga ega bo‗lishlarini nazorat qiladilar, yaʻni
ulardan xar biriga ma‘mur tomonidan aynan unga berilgan huquqni havola qilish
orqali. Foydalanuvchilarga kataloglarga, fayllarga va printerlarga ega bo‗lish
huquqini havola qilishdan tashqari, mualliflashtirish tizimi foydalanuvchi
tomonidan bajarilishi mumkin bo‗lgan turli tizimli vazifalarni nazorat qilishi
mumkin, masalan serverga alohida kirishni, tizim vaqtini o‗rnatishni, axborotlarni
zahira nusxalarini yaratishni, serverni yoqishni va hokazolarni.
Mualliflashtirish amali dasturiy vositalar tomonidan bajariladi, ular
operatsion tizimga yoki ilovaga joylashtirilishi ham mumkin, shuningdek alohida
dasturiy maxsulot sifatida ham yetkazib beriladi.
Audit (auditing) – bu himoyalanayotgan tizim resurslariga ega bo‗lish bilan
bog‗liq voqealarni tizim jurnaliga qayd qilish. Zamonaviy operatsion tizimlarning
audit tizimostilarida qulay grafik interfeys yordamida ma‘murni qiziqtirgan
voqealar ro‗yxatini jamlangan holda berish imkoniyati mavjud. Hisobga olish va
kuzatish vositalari xavfsizlik bilan bog‗liq bo‗lgan yoki muhim voqealarni yoki
tizim resurslarini yo‗q qilishga, ega bo‗lishga va yangisini yaratishga bo‗lgan har
qanday urinishni topadi va qayd qilish imkoniyatini ta‘minlaydi. Audit hatto