3 HISOBIY QISM................................................................................................................ a. FDDI tarmog'i va uning samaradorligini hisoblash tartibi……….. b. NDKI B blokini tahlil qilish va FDDI tarmog'ini hisoblash tartibi asosida kompyuter tarmoqlarini loyihalash…………………………… XULOSA...................................................................................................................... FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI.................................................. ILOVALAR.................................................................................................................. O`ZG. varaq Hujjat №. Imzo Sana varo q 43 6 KURS ISHI5311000.0001 T.YO .
437 KIRISH Kompyuterlar orasida ma'lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda yechish uchun komyuterlarni bir-biri bilan bog‘lash ehtiyoji paydo bo'ladi. Kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lashda ikki xil usuldan foydalaniladi: 1. Kabel yordamida bog‘lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, o'ralgan juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata yordamida bog‘lanadi. 2. Simsiz bog‘lanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar yordamida, ya'ni radio to'lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnologiyalari yordamida bog‘lanadi. Bir-biri bilan bog‘langan kompyuterlarning bunday majmuasi kompyuter tarmog‘ini tashkil etadi. Tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma'lumot almashishni ta'minlaydigan aloqa kanallari bilan o'zaro bog‘langan majmuasi. Kompyuterlararo ma'lumotlarni almashishni ta'minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi. Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin, masalan: Lokal tarmoq - bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi kompyuterlarni o'zaro bog‘lagan tarmoq.