62 deb taxmin qilingan yo‗ldan bajarilishi (speculative execution) mavjudligini
bildiradi.
Ko‗p masalalar yechiladigan dasturlarda, ayniqsa, iqtisodiy masalalarda ko‗p
sonli boshqarishni shartli uzatish mavjud. Agarda protsessor oldindan o‗tish
yo‗nalishini (shoxlanish) aytib bera olsa, hisoblash konveyerlari optimal
yuklanishining hisobiga uning ishlash unumdorligi jiddiy oshadi. Agarda
shoxlanish yo‗li noto‗g‗ri bashorat qilingan bo‗lsa, protsessor olingan natijani
tashlab (nolga o‗tkazib), konveyerni tozalab va yangidan kerakli buyruqlarni
yuklashi kerak bo‗ladi, bu esa yetarli darajada ko‗p taktni ta‘lab etadi. Pentium Pro
protsessorida to‗g‗ri bashorat qilish ehtimoli 90%, Pentium protsessorlarida esa
80%.
256–1024 Kbaytli kesh-xotira-Pentium protsessorli yuqori unumdorli
tizimlarda bo‗lishi kerak bo‗lgan sharoitdir. Biroq ularda joylashtirilgan kesh-
xotira katta bo‗lmagan sig‗imga ega, uning asosiy qismi esa protsessordan
tashqarida tizimli platada joylashgan bo‗ladi. Shuning uchun ular bilan axborotlar
almashuvi ko‗pincha MP ning ichki chastotasida bo‗lmay, 2-5 hissa kam bo‗lgan
takt generatorining chastotasida amalga oshiriladi, bu esa kompyuterning umumiy
tezligini kamaytiradi. Pentium Pro mikroprotsessorida 1-bosqich kesh-xotirasi
(buyruq va axborotlar uchun 8 Kbaytdan) va 256 yoki 512 Kbayt sig‗imli
mikroprotsessor platasida joylashgan va MP ning ichki chastotasida ishlovchi 2-
bosqich kesh-xotira kristali mavjud.
Pentium MMX va Pentium II mikroprotsessorlari . 1997-yilning yanvar
va iyun oylarida multimedia texnologiyalari bilan ishlovchi rivojlantirilgan
Pentium mikroprotsessori yaratildi, savdo belgisi etib mos ravishda Pentium MMX
(MMX–MultiMedia eXtention) va Pentium Pro tayinlangan.
Pentium MMX mikroprotsessori quyidagilardan tashkil topgan:
qo‗shimcha 57 buyruqdan SIMD (Single Instruction Multiply Data–ko‗p
protsessorli tizimlar tarkibi bilan taqqoslang), unda bir xil amal ko‗p axborotlar