56
qurilmasi, u konstruktiv jihatdan bitta katta integral sxemada (
KIS
) yoki juda katta
katta integral sxema ko‗rinishida (
JKIS
) bajarilgan bo‗ladi.
Mikroprotsessor quyidagi vazifalarni bajaradi:
buyruq va operandalar manzilini hisoblash;
asosiy xotiradan buyruqlarni tanlash va deshifrlash;
OX dan, MPX registrlaridan va tashqi qurilma adapterlarining registridan
axborotlarni tanlash;
so‗rov va buyruqlarni adapterlardan TQ da xizmat ko‗rsatishga qabul qilish
va ishlov berish;
axborotlarga ishlov berish va ularni operativ xotiraga, mikroprotsessor
xotirasining registrlariga va TQ adapter registrlariga yozish;
ShK bloklariga va barcha boshqa qurilma qismlariga boshqarish signalini
ishlab chiqarish;
keyingi buyruqqa o‗tish.
Mikroprotsessorning asosiy ko‗rsatkichlari quyidagilardan iborat:
razryadligi;
ishchi takt chastotasi;
kesh-xotira sig‗imi va turi;
ko‗rsatmalar tarkibi;
konstruksiya elementlari;
energiya iste‘moli;
ishchi kuchlanishi va hokazo.
Mikroprotsessor
axborotlar shinasining razryadligi
operatsiyalarni bir
vaqtda bajarishi mumkin bo‗lgan razryadlar sonini aniqlaydi; MP
manzillar
shinasining razryadligi
uning manzillar maydonini belgilaydi.
Manzillar maydoni
–bu asosiy xotira yacheykalarining maksimal soni,
mikroprotsessor tomonidan ularga bevosita manzillanishi mumkin.
57
MP ning
ishchi takt chastotasi
uning ichki tezligini aniqlab beradi, chunki
har bir buyruq ma‘lum sonli taktlar davomida bajariladi. ShK tezligi (unumdorligi)
ham shuningdek MP ishlovchi tizimli plata shinasining takt chastotasiga bog‗liq.
MP platasiga o‗rnatiladigan
kesh-xotira
ikki bosqichga ega:
L1–1-bosqich xotirasi, MP (yadrosida) asosiy mikrosxema ichida
joylashgan va har doim MP ning to‗liq chastotasida ishlaydi (birinchi martta L1
kesh i486 va i386SLC mikroprotsessorlarida qo‗llanilgan).
L2–2-bosqich xotirasi, MP platasiga joylashtirilgan kristall va yadro bilan
ichki mikroprotsessor shinasi orqali bog‗langandir (birinchi marta Pentium Pro
mikroprotsessorida ishlatilgan). L2 xotirasi MP ning to‗liq yoki yarim chastotasida
ishlashi mumkin. Bu kesh-xotiraning samaradorligi mikroprotsessor shinasining
o‗tkazish xususiyatiga bog‗liqdir.
Ko„rsatmalar tarkibi
–MP tomonidan avtomatik ravishda bajariladigan
ro‗yxat, buyruqlar ko‗rinishi va turi. Buyruqlar turi MPning qaysi guruhga tegishli
bo‗lishiga bog‗liq (CISC, RISC, VLIW). Buyruqlarning ro‗yxati va turi MP da
axborotlar ustida bevosita bajarilishi mumkin bo‗lgan amallarni va bu amallar
tatbiq etilishi mumkin bo‗lgan axborotlar toifasini belgilab beradi. Ko‗pgina MP
ga uncha ko‗p bo‗lmagan qo‗shimcha ko‗rsatmalar kiritilgan (286, 486, Pentium
Pro va boshqalar), ammo ko‗rsatmalar tarkibidagi jiddiy o‗zgarishlar i386
mikroprotsessoridan boshlandi (bu tarkib keyinchalik asos sifatida qabul qilindi),
Pentium MMX, Pentium III, Pentium 4, Pentium D, Core Dum.
Konstruksiya elemenlari
–MP o‗rnatishda ishlatiladigan jismoniy razyomli
ulanishlarni aniqlab beradi va ular tizimli plataga mikroprotsessorni o‗rnatish
uchun layoqatliligini aniqlaydi. Razyomlar turli konstruksiyaga ega (Slot–tirqishli
razyom, Socket–uyali razyom), kontaktlar soni turlicha, ularga turli signallar va
ishchi kuchlanishlar beriladi.
Ishchi kuchlanishi
ham shuningdek tizimli platani MP ni o‗rnatishga
layoqatlilik omili bo‗lib xizmat qiladi.
|