55 bo‗ladigan operatsiyalarni tezlatish uchun mikroprotsessor yadrosida registrli kesh-
xotira tashkillashtiriladi (L1–birinchi bosqich kesh-xotirasi), mikroprotsessor
platasida (L2-ikkinchi bosqich kesh-xotirasi), tizimli platada (L3-uchinchi bosqich
kesh-xotirasi); diskli xotira bilan bo‗ladigan operatsiyalarni tezlatish uchun
operativ xotira yacheykasida kesh-xotira yoki disk jamlovchi ichida flesh-xotira
tashkillashtiriladi (L4-to‗rtinchi bosqich kesh-xotirasi).
E‘tiborga olish kerakki, 256 Kbayt kesh-xotiraning majudligi ShK
unumdorligini taxminan 20% oshiradi.
Boshqa kompyuter turlari bilan apparat va dasturiy moslik. Boshqa
kompyuterlar turi bilan apparat va dasturiy moslik-bu kompyuterga boshqa
kompyuterning texnik elementlari va dasturiy ta‘minotining ishlash imkoniyatini
berishi.
Ko‗p masalali ish tartibida ishlash imkoniyati. Ko‗p masalali ish tartibi bir
vaqtning o‗zida bir necha dasturlar ustida (ko‗p dasturli ish tartibi) yoki bir necha
foydalanuvchi uchun (ko‗p foydalanuvchili ish tartibi) hisoblashlarni bajarish
imkonini beradi. Mashinaning bir necha qurilmalarini vaqt bo‗yicha ustma-ust
ishlatish (bir vaqtda bir necha qurilmani) tartibida kompyuterning samarali
unumdorligini jiddiy oshirishga imkon yaratiladi.
Ishonchlilik. Ishonchlilik–bu tizimning unga qo‗yilgan vazifani to‗liq va
to‗g‗ri uzoq vaqt davomida bajarish xususiyatidir.
1.2.2. Mikroprossesorlarning arxitekturasi, turlari va ularning asosiy bloklari,vazifalari, ko‗rsatkichlari Har qanday kompyuterning eng muhim komponenti uning asosiy
ko‗rsatkichlarini belgilab beruvchi mikroprotsessorlar, tizim chipsetlari va
interfeyslaridir.
Mikroprotsessor (MP) yoki Central Processing Unit (
CUP )-bajaradigan
vazifasi bo‗yicha tugallangan dasturiy boshqariluvchi axborotlarga ishlov berish