68 protsessorni hosil qiladi, ular ma‘lum darajada mustaqil va parallel ishlovchidir
(i386 mikroprotsessoridan boshlab keyingi protsessor modellarida mavjud). Ko‗p
masalali muhitlarda va ko‗p oqimli bajarilishga imkon beruvchi dasturlar
ishlatilganda unumdorlikni (30% gacha) oshirishni Hyper Treading (NT)
ta‘minlaydi.
NT texnologiya Intel firmasi tomonidan Xeon server protsessorlari uchun
serverli tizimlarning unumdorligini oshirish maqsadida yaratilgan edi, u an‘anaviy
ko‗p protsessorlikni, ish jarayonida qo‗shimcha parallellikni ta‘minlab to‗ldiradi.
Arxitektura
nuqtayi
nazaridan
NT
texnologiyasini
quvvatlovchi
mikroprotsessorlar qo‗shimcha ikki hissa ko‗p registrlar va mantiqiy sxemalar
guruhiga ega bo‗lib, ular oqim va APIC (Advanced Programmable Interrupt
Controller) vositalariga resurslarni aniqlovchi, turli mantiqiy protsessorlarga
buyruqlar oqimiga ishlov berish uchun uzilishlarni tashkillashtiruvchidir. Undan
tashqari Hyper Treading quvvatlash uchun tizimli plata mos BIOS li va Intel 845
PE GE, Intel 865, 915, 925 va hokazo chipsetli, shuningdek ko‗p masalali
operatsion tizimlar Windows XP, Linux (Windows 9x va ME to‗g‗ri kelmaydi,
Windows 2000 qo‗shimcha sozlashdan so‗ng ishlatish mumkin).
2000-2006-yillari Intel kompaniyasi mikroprotsessorlarning to‗rtta turini
havola qildi: kichik kompyuterlar uchun Pentium M, stol usti kompyuterlari uchun
Pentium 4E, Pentium D, Celeron.
Pentium 4E mikroprotsessorlari . 7-avlod protsessorlar oilasi, 0,09 mkm
texnologiyasi bo‗yicha tayyorlangan Pentium 4E mikroprotsessorining yadrosi
Prescott protsessor razyomi Socket LGA775 ga mo‗ljallangan; Pentium 4E takt
chastotasi 2,8; 3; 3,2; 3,4 va 3,6 GGs ga ega. Ularning barchasida 2-bosqich 1024
Kbaytli kesh-xotiraga ega. MP ning ikkita modeli ishlab chiqarilganю Pentium
4EYE-Extreme Edition ( shuningdek ularni quyidagicha belgilaydilar Pentium
4XE–eXtreme Tdition–3,2 va 3,4 GGs, 2-bosqich kesh-xotirasi 2048 Kbayt
sig‗imga ega bo‗lgan) 0,09 mkm texnologiyasi bo‗yicha tayyorlangan barcha