13 Aralash tizimlar ta‘biy va sun‘iy tizimlarni o‗z ichiga oladi.
Ergonamik tizimlar- bu «mashina- inson -operator» majmui.
Biotexnik tizimlar tirik organizmlar va texnik qurilmalar kiradigan
tizimlardir.
Tashkiliy tizimlar- bu zaruriy vositalar bilan jihozlangan kishilar jamoasidan
tashkil topgan tizimlar sanaladi.
Tashkiliy tizim boshqarish, shuningdek, tashkiliy tuzilma, maqsadlar,
boshqarish samaradorligi va xodimlarni rag‗batlantirish qoidalari mezonlari uchun
foydalanadigan, xodimlarning yurish-turishi va texnik vositalarning ishlatilish
tartibini belgilovchi qoidalar yig‗indisidir.
Tashkiliy tizimlar ishlab chiqarish vositalaridan foydalanuvchi kishilar
jamoasining ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish uchun mo‗ljallangan. Oxirgisi
ancha muhim holat hisoblanadi, chunki tashkiliy tizimlar texnik vositalarning
o‗ziga xosligini, xususan, boshqaruv vositalarini hisobga olishi lozim.
Tizimda boshqaruv obyekti-bu muayyan moddiy zahiralarga ega va aniq
mahsulotni olishga yo‗naltirilgan ishlab chiqarish operatsiyalarini bajaruvchi
vazirlik, idora, korxona, sex, ishlab chiqarish, uchastkalar, ijrochilar jamoasi yoki
ayrim shaxslardir. Boshqaruv obyektining faoliyati ishlab chiqarish jarayoni
chog‗idagi turli holatlardagi vazifalarni amalga oshirishga bo‗ysuntirilgan.
Boshqaruv organi obyektni boshqarish uchun tashkiliy tizimdan
foydalanuvchi shaxs yoki shaxslar guruhi sanaladi.
Tashkiliy tizimlar
avtomatlashtirilgan yoki avtomatlashtirilmagan bo‗lishi mumkin.
Tashkiliy tizimlar bir qator o‗ziga xos xususiyatlarga ega. Dastlabki o‗ziga
xosligi shuki, tizimning asosiy elementi murakkab, faol tizim bo‗lgan insondir.
Inson yurish-turishi, xulqi jihatlarining amaliy talablarini bayon etuvchi norasmiy
modellarini tuzish juda murakkab, ba‘zan esa iloji yo‗q.
Ayni
paytda inson
tashkiliy tizimlarda qaror qabul qiluvchi shaxs (QQSh) hisoblanadi.