Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
11
Tizimlar tarkibi hamda asosiy maqsadlariga ko‗ra farqlanadi. Quyida 1.1.-
jadvalda turli elementlardan iborat bo‗lgan va turli maqsadlarga qaratilgan bir 
qancha tizimlar namuna sifatida keltirilgan. 
Tashkiliy murakkablik
tizimning asosiy xususiyati sanaladi va u 
elementlar o‗rtasidagi o‗zaro aloqalar (o‗zaro harakatlar) miqdori bilan aniqlanadi. 
Elementlar o‗rtasidagi chatishib, qo‗shilib ketgan o‗zaro aloqalar shunday 
tuzilganki, u birorta parametr aloqasining o‗zgarishiga olib keladi. 
Tashkiliy murakkablik elementlar tizimini tashkil etuvchi tavsiflar miqdori 
bo‗lmagan, yaxlit holda, faqat tizimga tegishli tavsiflarni aniqlaydi. Umuman 
olganda, tizim uni tashkil etuvchi elementlardan boshqacharoq tavsiflarga ega 
bo‗libgina qolmay, balki uning barcha qismlaridan sifat jihatidan farqlanadi. 
Shuningdek elementlar ega bo‗lmagan boshqa vazifalarni ham bajarish 
xususiyatiga ega. 
Tizim butunligining o‗ziga xosligi bilan aniqlanadigan yangi 
xususiyatlarning paydo bo‗lishi ba‘zan emerjentlik (inglizcha «emergent»-yuzaga 
keluvchi, paydo bo‗luvchi) deb ataladi. Tizimlarni qismlarga, ayniqsa o‗zi tarkib 
topadigan elementlarga bo‗lganda bunday vazifalar yoki tavsiflar o‗z-o‗zidan yo‗q 
bo‗ladi. 
Maqsadga qaratilganlik
. Tizim umumiy xususiyatga ega, ya‘ni u umumiy 
maqsadga erishishga harakat qilishga qaratilgan. Tizimning maqsadga 
yo‗naltirganligini ifodalovchi barcha elementlar uchun umumiy bo‗lgan o‗zaro 
aloqalarning maqsadli qoidalari maqsadning mavjudligini belgilaydi. 
Tizimning tarkiblashganligi-
bu tizimning alohida elementlari va ularning 
tashqi muhit bilan o‗zaro harakati o‗rtasidagi ichki aloqalarning doimiy tarkibidir. 
Tizim tarkibi uning faoliyati samaradorligini ko‗p jihatdan belgilovchi muhim 
tavsiflardan biri sanaladi. 
Tizimning bo‗linishi
-bu uning maqsadlar va vazifalarga javob beruvchi 
ma‘lum belgilar bo‗yicha ajratilgan elementlar yoki bir qator kenja tizimlardan 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin