8
KIRISH
Respublikada chuqur bilimga hamda yuqori saviyaga ega bo‗lgan yosh kadrlarni
tayyorlash va
bu kadrlar yordamida ilm-fan, ishlab chiqarishdagi dolzarb masalalarni
yechish, yangi natijalarga erishish ishlari jadal olib borilmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi qonunining
qoidalariga muvofiq
holda bo‗lib, milliy tajribaning tahlili va ta‘lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar
asosida tayyorlangan. Albatta, kadrlarni zamon talabi darajasida tayyorlashda fanlardan
yaratilgan darslik va o‗quv qo‗llanmalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda
talabalarga har bir fandan nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etishni mukammal o‗rgata
oladigan o‗quv qo‗llanmalarning mavjudligi muhim masalalardan biridir.
Shuningdek yurtboshomoz Mirziyoyev Sh.M. ham ta‘lim sohadagi jarayonlar uchun
turli fikrlarni bildirib o‘tgan:
Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma‘naviy
salohiyatga
ega bo‗lib, dunyo miqyosida o‗z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‗sh kelmaydigan
insonlar bo‗lib kamol topishi, baxtli bo‗lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch
va imkoniyatlarini safarbar etamiz.[1]
Jamiyat rivojiga g‗ov bo‗layotgan yana bir illat – bu korrupsiya balosidir. Bunday
xatarga qarshi kurashish maqsadida yaqinda Qonunchilik palatasi
tomonidan qabul qilinib,
Senatga yuborilgan ―Korrupsiyaga qarshi kurashish to‗g‗risida‖gi qonunni tezroq amaliyotga
joriy etish chora-tadbirlarini ko‗rishimiz lozim. [2]
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish masalalariga avtomatik
boshqarishni qo‗llash texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlari yordamida
amalga oshiriladi. Ularda texnologik jarayon va texnologik
obyekt holati zamonaviy
EHMlardan foydalanilgan holda tahlil qilinadi. Shulardan ko‗rinadiki, avtomatik boshqarish
insonlar tomonidan amalga oshiriladi, boshqaruv tizimining texnik vositalari, shu jumladan,
EHMlar boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish va qo‗llashning murakkab jarayonida inson
imkoniyatlarini ko‗p marta oshiruvchi qudratli vosita sanaladi. EHMlar asosidagi zamonaviy
avtomatik boshqaruv tizimi hozirgi davr ishlab chiqarish amaliyotida keng qo‗llanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: