9
I BO‗LIM
KOMPYUTERNING
TIZIMLARINING
ARXITEKTURASI
1.1§ Kompyuter tizimlari fanining tarixi va rivojlanish
tendensiyalari
Hozirgi davrda fan va texnikada ko‗p qo‗llaniladigan
tushunchalardan biri
tizimdir. Tizim-yunoncha so‗z bo‗lib, tashkil etuvchilardan iborat bir butunlik
degan ma‘noni anglatadi. Tizimlarni ularning turli belgilariga
qarab turkumlash
mumkin. Umuman olganda, tizimlar moddiy yoki mavhum bo‗lishi
mumkin
(mavhum–inson ongi mahsuli).
Moddiy tizimlar, asosan moddiy obyektlar to‗plamidan tashkil topadi. O‗z
navbatida moddiy tizim anorganik (mexanik, ximik) va organik (biologik) tizimga
yoki aralash tizimga ajratiladi. Moddiy tizimlardan asosiy o‗rinni
ijtimoiy tizim
egallaydi. Bunday tizimning xususiyatlaridan biri insonlar o‗rtasidagi
munosabatlarni aks ettirishdir.
Mavhum tizimlar inson ongining mahsuli bo‗lib, har xil nazariyalar,
bilimlar, gipotezalardan iborat. Yangi axborot texnologiyasi
ham moddiy tizim
unsurlarini (matematik modellar, inson bilimlari va hokazo) o‗z ichiga oladi. Shu
orada axborot texnologiyasiga ta‘rif berib o‗tish maqsadga muvofiqdir.
Axborot tizimini ishlab chiqarishdan maqsad tashkiliy loyihalashtirish,
texnologik va hokazo jihatlarini hisobga olgan
holda tizim faoliyatining
samaradorligini oshirishdir.
O‗rganilayotgan fan sohasini aks ettiruvchi ham umumiy,
ham ayrim
xususiyatlarga ega bo‗lgan tizimning ko‗plab tushuncha va ta‘riflari mavjud.
Umumiy holatda tizim deganda elemenlari orasidagi va ularning
xususiyatlari o‗rtasidagi aloqalar majmuiga ega bo‗lgan, ya‘ni
bir-biriga